Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 O„zbekistonda uy xo„jaligi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

15.5. O„zbekistonda uy xo„jaligi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 
yo„llari 
 
O‗zbekistonda aholi daromadlari va turmush darajasining muttasil o‗sib, 
oilalar iqtisodiy asoslarining mustahkamlanib borishida mamlakatimizda yuqori 
va mutanosib iqtisodiy o‗sishning ta‘minlanganligi, ishbilarmonlik-biznes yuritish 
uchun amaliy qulay sharoitning yaratilganligi, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish, ijtimoiy 
sohani rivojlantitish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish 
va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘lim-tarbiya va sog‗liqni saqlash tizimini 
yanada isloh etish va takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng 
ko‗lamli chora-tadbirlar muhim omillar bo‗lib xizmat qilmoqda. 
Oilaviy tadbirkorlikning ahamiyati katta. Birinchidan, u aholi uchun zarur 
bo‗lgan mahsulot va xizmatlarni yaratadi, ikkinchidan, oiladagi ishchi kuchini 
mehnat bilan band etib, oilaga o‗z- o‗zini daromad bilan ta‘minlash imkonini 
yaratadi.Oilaviy tadbirkorlikning bir qator afzalliklari borki, bular uni 
raqobatbardosh qiladi: 
1)oilaviy tadbirkorlik kichik bo‗lgani sababli katta kapital talab qilmaydi, 
uni boshlash uchun pul topish Еngil bo‗ladi; 
2)oilaviy tadbirkorlikning oilaning ixtiyoridagi ko‗chmas mulkka tayanadi, 
oila uyida yuritilgani uchun kapital qurilish yoki joyi ijaraga olishni talab qilmaydi; 
3)oilaviy tadbirkorlikning ommaviy iste‘mol uchun emas, balki mahalliy 
bozordagi saylangan iste‘molchilar uchun ishlaydi. Uning bozori kichik bo‗lgani 
uchun raqobatga kam yo‗liqadi; 
4)oilaviy tadbirkorlik ko‗proq qo‗l mehnatini talab qiluvchi mahsulot va 
xizmatlarni arzon ishlab chiqarishga moslanadi; 
5)oilaviy tadbirkorlik oiladagi bekor turgan mehnat rezerslariga tayanadi
ya‘ni bekalar, bolalar va qariyalar ko‗magida yuritiladi, natijada ish kuchi yollash 
zaruriyati kamayadi. 


429 
O‗zbekiston mustaqilikka erishganidan keyin oilaviy biznes va tadbirkorlikni 
qayta tiklash uchun katta ishlar amalga oshirila boshlandi.Jumladan, oilaviy 
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida O‗zbekiston Respublikasining ―Dehqon 
ho‗jaligi to‗g‗risida‖gi va ―Fermer ho‗jaligi to‗g‗risida‖gi qonunlari, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvarda qabul qilgan ―Yirik sanoat 
korxonalari bilan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va 
xizmatlar o‗rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‗batlantirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11yanvardagi ―Oilaviy 
tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori, shuningdek,‖Kasanachilik to‗g‗risida Nizom‖ 
va ―Oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi 
to‗g‗risida Nizom‖ kabi me‘yoriy xujjatlar qabul qilingan. O‗zbekiston 
Respublikasining ―Oilaviy tadbirkorlik to‗g‗risida‖gi qonuni 2012 yil 26 aprelda 
qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi oilaviy tadbirkorlik sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Oilaviy tadbirkorlik to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
O‗zbekiston Respublikasining ―Oilaviy tadbirkorlik to‗g‗risida‖gi qonunining 
3-moddasida ―Oilaviy tadbirkorlik oila a‘zolari tomonidan tavakkal qilib va o‗z 
mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan 
tashabbuskorlik 
faoliyatidir.Oilaviy 
tadbirkorlik 
o‗z 
ishtirokchilarining 
ixtiyoriyligiga asoslanadi.Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki 
tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan 
holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli 
oilaviy korxonadir. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun 
hujjatlarida
 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi‖
1
-deb ta‘rif berilgan. Mazkur 
qonunning 4-moddasida oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli bo‗lgan 
oilaviy korxonaga quyidagicha ta‘rif berilgan: ‖Oilaviy korxona uning 
ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar 
1
Ўзбекистон Республикасининг ―Оилавий тадбиркорлик тўғрисида‖ги қонуни, 2012йил 26-
апрель.3-модда. 


430 
ko‗rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy 
korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‗lgan umumiy 
mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki 
negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub‘ektidir. Oilaviy korxona faoliyati 
uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona 
tadbirkorlik sub‘yektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.
Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga 
oshirishi mumkin. Oilaviy korxona o‗z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‗lishi, 
o‗z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga 
oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da‘vogar va javobgar bo‗lishi 
mumkin.
Oilaviy korxona o‗z majburiyatlari bo‗yicha qonunga muvofiq undiruv 
qaratilishi mumkin bo‗lgan o‗ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi. 
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki Еtarli bo‗lmaganda oilaviy 
korxonaning majburiyatlari bo‗yicha o‗ziga tegishli mol-mulk bilan qonun 
hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‗ladi. Oilaviy korxona qonun 
hujjatlariga muvofiq xodimlarni yollashni amalga oshirishi mumkin. Oilaviy 
korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik 
tadbirkorlik sub‘yektlari xodimlarining qonun hujjatlarida
 
belgilangan o‗rtacha 
yillik sonidan ko‗p bo‗lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona 
ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz bo‗lmasligi kerak‖
1
.
O‗zbekiston Respublikasining ―Oilaviy tadbirkorlik to‗g‗risida‖gi qonuniga 
va boshqa tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishga oid qonunlar asosida oilaviy 
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish barqaror iqtisodiy o‗sishni, iqtisodiyotni 
modernizatsiya qilish,tarkibiy o‗zgartirish va diversifikatsiyalashni ta‘minlashda 
muhim omilga aylanadi. Chunki oilaviy tadbirkorlik kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning muhim tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri sifatida quyidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy afzalliklarga ega: 
1
Ўзбекистон Республикасининг ―Оилавий тадбиркорлик тўғрисида‖ги қонуни, 2012йил 26-
апрель.4-модда. 


431 
-oilaviy biznes va tadbirkorlikning bozor konyunkturasi o‗zgarishlariga o‗ta 
moslashuvchanlik va innovatsiyalarga, innovatsion texnologiyalarni joriy etishga 
intiluvchanlik darajasi yuqori bo‗lib,yangi mahsulot va xizmatlarni tez 
o‗zlashtiradi; 
-oilaviy tadbirkorlik iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlariga kirib boradi, 
unutilib ketayotgan hunarmandchilik turlarini qayta tiklashga, yangi soha va 
tarmoqlarning vujudga kelishi asosida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini bozor 
talablariga mos ravishda tubdan o‗zgartirishga jiddiy ta‘sir etadi;
-oilaviy tadbirkorlik boshqarish tizimi oddiy bo‗lgan va sarf-xarajatlari tez 
qoplanadigan, mahalliy xom ashyo asosida ishlab chiqarishni tashkil etish va 
iste‘molchilar bilan bevosita aloqa o‗rnatish imkonini yaratadi; 
- oila a‘zolarining samarali bandligini ta‘minlash bilan bir qatorda yangi ish 
o‗rinlarini kam xarajat sarflab yaratish imkoniyatiga ega; 
-oilaviy tadbirkorlik yirik biznes uchun qiziqish uyg‗otmaydigan ishlab 
chiqarish va bozor bo‗shliqlarini to‗ldiradi, kichik va yirik biznesning o‗zaro 
kooperatsion aloqalarini kengaytiradi, o‗zi ham kapitalning konsentratsiyalashuvi 
va markazlashuvi jarayonlari tufayli yiriklashib, yirik biznes turiga aylanish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi;
-oilaviy tadbirkorlik kishining o‗z bilimi, kasb-malakasini, ichki qobiliyatlarini 
amalda sinab ko‗rish, shaxs va jamiyatning faol a‘zosi sifatida o‗zini namoyon 
qilish va qaror toptirish, nufuzga va obro‗-e‘tiborga sazovor bo‗lishga imkon 
beradi; 
-oila daromadlari va farovonligini oshirishni, oila a‘zolari jipsligini va 
ahilligini ta‘minlaydi, farzandlarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga undaydi
kishilarda amalda mulkdorlik hissini shakllantiradi. Shu boisdan, oilaviy biznes va 
tadbirkorlikning rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va 
demokratik izchil rivojlanishining kafolati bo‗lgan o‗rta sinf shakllanishining asosi 
hisoblanadi. 
Oilaviy biznes va tadbirkorlik dunyoning ko‗plab mamlakatlarida keng 
tarqalgan bo‗lib, oilaviy korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushi dunyo bo‗yicha 


432 
o‗rtacha 70%ni, shu jumladan, Hindistonda -95%, Finlyandiyada – 94%, AQSh da- 
80%, Germaniya – 36%, Fransiya -30% ni tashkil etmoqda
1
. AQShda 
iqtisodiyotda band bo‗lganlarning 62%, Germaniyada ishchilarning 66%, 
Shvetsiyada ishchilarning61% oilaviy korxonalarda ish bilan band.Italiyada 70 
foizga ish o‗rinlarining ishchilar soni 50 kishidan oshmaydigan kichik 
korxonalarda yaratiladi. Oilaviy biznes sohasida ishlaydiganlar iqtisodiyotda band 
bo‗lganlarning 40 foizini tashkil etadi
2
. London iqtisodiyot maktabi ekspertlarining 
baholashicha, agar korxonada boshqaruv to‗g‗ri tashkil etilsa, oilaviy biznesning 
samaradorligi boshqa shakldagi korxonalardagiga qaraganda o‗rtacha 10-12 
foizdan yuqori oshib borishi mumkin ekan
3
. Shuningdek, oilaviy korxona 
iqtisodiyotda yuz beradigan turli bo‗hron va beqarorliklarga juda bardoshli bo‗lib. 
Uzoq yillar davomida faoliyat yuritishi mumkin. Masalan, Fransiyada vino 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ―Shato Gulen‖ oilaviy korxonasi 1000 yildan beri 
faoliyat olib borib, Еvropaning faxriga aylangan. Yaponiyaning ―Xoshi Rayokan‖ 
nomli mehmonxona biznesi bilan shug‗ullanuvchi oilaviy korxona 14-asrdan 
buyon faoliyat olib boradi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq 
bo‗lgan. Germaniyadagi ―Berenberg‖ nomli oilaviy bank 1590-yildan buyon 
muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi davrda personal kompyuterlar 
uchun antivirus dasturlarini yaratish bilan shug‗ullanuvchi Kasperskiy 
kompaniyasi er va xotin ajrashgan bo‗lishlariga qaramasdan birgalikda o‗z 
bizneslarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdalar
4
.
O‗zbekiston Respublikasida oilaviy biznes bilan shug‗ullanish azaldan 
an‘ana tusiga kirgan bo‗lib, ayrim ma‘lumotlarga ko‗ra u bilan har to‗rtinchi oila 
shug‗ullanmoqda
5
. Respublikamizda oilaviy tadbirkorlikning holati, turlari va
1
Юлдашев Д.Т. Оилавий тадбиркорликни ривожлантиришнинг иқтисодий механизмини такомиллаштириш. 
Иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.-Т., 2019.-15-бет. 
2
http // www. creativeconomy ru./articles/11319/ 
3
Абдуллаева Р.Г.Оилавий бизнес-аҳоли бандлигини таъминлаш ва турмуш фаровонлигини 
юксалтиришнинг муҳим омили//Миллий иқтисодиѐтни модернизациялашнинг назарий ва амалий 
жиҳатлари(илмий мақолалар тўплами).‖Иқтисод ва молия‖ журналига илова, 4-сон.2014йил.-40-
41-бет.
4
Ўша ерда, 41-бет.
5
В Узбекистане семейным бизнесом занимается каждая четвертая семья. http// news I ru. net/news/ 
1390407 html 


433 
rivojlanish istiqbollarini aniqlash maqsadida ―Ijtimoiy fikr‖ jamoat fikrini 
o‗rganish markazi tomonidan 2011 yil 1-8 sentyabr kunlari o‗tkazilgan ―Oilaviy 
biznes: rivojlanishning yangi bosqichi‖ deb nomlangan so‗rov natijalariga ko‗ra, 
oilaviy biznes bilan shug‗ullanuvchi har uchunchi oila qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini Еtishtirish va ishlab chiqarish bilan shug‗ullanishi, har oltinchisi- 
savdo sohasida ishlashi, har sakkizinchisi- hunarmandchilik va kundalik iste‘mol 
mollari ishlab chiqarish bilan bandligi, 6,5% oila esa transport xizmati ko‗rsatish 
sohasida mehnat qilishi aniqlangan ( qarang:15.5.1-jadval). 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin