15.5.1-jadval
Yalpi qishloq xo„jalik mahsulotida xo„jalik sub‟yektlari toifalari
ulushining o„zgarishi
1
.
№ Xo‗jalik sub‘yektlari
toifalari
YILLAR
2019
yilda
1998
yilga
nisbatan
o‗zgarish (+,-)
1998
2005
2010
2019
1. Qishloq
xo‗jaligi
faoliyatini
amalga
oshiruvchi
35,8
15,3
2,2
3,0
-32,8
1
Ўзбекистон иқтисодиѐти.Ахборот ва таҳлилий шарҳ.2005йил.-Т.:‖Ўзбекистон‖, 2006.-85-бет;
Экономика Узбекистана: информационно-аналитический бюллетень за 2012год.-Т.,ЦЭИ, 2013.-
С.56. Ўзбекистон Республикаси ижтимоий-иқтисодий ҳолати. 2019 йил январь-декабрь.-Т., ДСҚ,
2020.-127-бет маълумотлари асосида муаллифлар томонидан тузилди.
435
tashkilotlar
2. Dehqon xo‗jaliklari
60,3
60,2
63,7
70,1
+9,9
3. Fermer xo‗jaliklari
3,9
24,5
34,1
26,9
+23,0
Jami
100,0
100,0
100,0
100,0
O‗zbekiston Respublikasida 2019 yilda donning 15,3%i, kartoshkaning
qariyb 83,8%i, sabzavot mahsulotlarining 70,7%i, poliz ekinlarining 59,8%,
meva va rezavorlarning 60,0%i, uzumning 56,3%i dehqon (shaxsiy yordamchi)
xo‗jaliklarida, ya‘ni uy xo‗jaliklarida ishlab chiqarilgan. Qishloq xo‗jaligida yirik
shoxli qora mollar sonining 93,6% dan ko‗prog‗i, qo‗y va echkilarning 84,1%,
parrandalarning 58,0% dan ortig‗i uy xo‗jaligiga to‗g‗ri keladi. Dehqon (shaxsiy
yordamchi) xo‗jaliklarida go‗sht (tirik vaznda)ning 91,8%, sutning 95,1%,
tuxumning 57,1% ishlab chiqarilgan
1
. Bu ma‘lumotlar qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishida oilaviy tadbirkorlikning salmoqli ulushga ega ekanligidan dalolat
beradi.
Hunarmandchilik ham oilaviy tadbirkorlikning muhim shakllaridan biri
hisoblanadi. O‗zbekistonda hunarmandchilik hamma davrlarda saqlanib,
rivojlanib kelgan. Sobiq totaltar tuzum davrida ham turli taziyiqlarga qaramasdan
badiiy va amaliy hunarmandchilik saqlanib qolgan. Respublikamiz mustaqillikka
erishganidan keyin hunarmandchilikning rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratilib,
yo‗qolib ketayotgan hunarmandchilik turlari ham qayta tiklanmoqda. Hozirgi
davrda oilaviy sulolalar tomonidan uzoq yillar davomida shug‗ullanib
kelinayotgan
oilaviy
hunarmandchilik
kasbkorliklaridan
hisoblangan
kashtachilik,tikuvchilik,
to‗quvchilik, durodgarlik, zardo‗zlik, misgarlik,
kulolchilik, naqqoshlik, zargarlik, novvoylik, kosibchilik, o‗ymakorlik, milliy
pichoqchilik va shu kabi boshqa hunarmandchilik yo‗nalishlarida oilaviy
tadbirkorlik
jadal
rivojlanmoqda
2
.
Shuningdek,
respublikamizda
1
Ўзбекистон Республикаси ижтимоий-иқтисодий ҳолати. 2019 йил январь-декабрь.-Т., ДСҚ, 2020.-
131-141, 144-148-бетлар.
2
Абдуллаева Р.Г.Оилавий бизнес-аҳоли бандлигини таъминлаш ва турмуш фаровонлигини
юксалтиришнинг муҳим омили//Миллий иқтисодиѐтни модернизациялашнинг назарий ва амалий
436
hunarmandchilikning zamonaviy turlari, jumladan, avtomobil, elektrotexnika
mahsulotlarini, televizor va radiotexnika hamda mobil telefonlar, kompyuter
texnikalarini ta‘mirlash kabi kasbkorliklar vujudga kelib, rivojlanmoqda.
Respublikamizda uzoq yillar mobaynida oilaviy biznes va tadbirkorlik bilan
aholi asosan norasmiy ,ya‘ni rasman oilaviy korxonalar tashkil etmasdan
shug‗ullanib kelgan. Endilikda O‗zbekiston Respublikasining ―Oilaviy tadbirkorlik
to‗g‗risida‖gi qonuni qabul qilingandan keyin oilaviy korxona tashkil etish orqali
oilaviy tadbirkorlik bilan rasman shug‗ullanish imkoniyatlari tug‗ildi.
O‗zbekiston Respublikasida ham koronavirus infeksiyasi tarqalishiga
qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va
iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‗rsatishining barqarorligini ta‘minlash maqsadida
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi ―Koronavirus
pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub‘yektlarini
qo‗llab-quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PF-5978-sonli
Farmoni hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida O‗zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
―Dehqon xo‗jaliklari va aholi
tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tizimli tashkil qilish
hamda mahsulot Еtishtirish hajmlarini ko‗paytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
qarori uy xo‗jaliklarida dehqon (yordamchi) xo‗jaliklarda qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‗paytirish borasidagi ishlarni to‗g‗ri tashkil
etishda muhim hujjat bo‗lib xizmat qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 apreldagi
―Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub‘yektlarini qo‗llab-
quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoniga muvofiq
2020 yilda xodimga to‗lanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‗iga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq to‗lash eng kam
жиҳатлари(илмий мақолалар тўплами).‖Иқтисод ва молия‖ журналига илова, 4-сон.2014йил.-43-
бет.; Абдуллаев Р.Г. Ҳунармандчилик фаолиятини тадбиркорликни кенгайтириш орқали ривожлан
тиришнинг назарий асосларини такомиллаштириш. Иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) диссертацияси автореферати.-Т., 2019.-13-14-бетлар.
437
miqdorining
4,22
baravaridan
7,5-baravarigacha
oshiriladi.
O‗zbekiston
Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish vazirligi, Moliya
vazirligining pensiyalar to‗g‗ri tayinlanishi hamda to‗lanishi bo‗yicha tekshirishlar
natijasida aniqlangan, ortiqcha to‗langan pensiyalar bo‗yicha 2020 yil 20 aprel
holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasini hisobdan chiqarish belgilandi.
Farmonda 2020 yil 1 maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga
(O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan
tashqari) pensiyalar to‗lovi to‗g‗ridan-to‗g‗ri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan
tashqari Pensiya jamg‗armasi tomonidan amalga oshirish belgilandi. Shuningdek,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi ―Koronavirus
pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub‘yektlarini
qo‗llab-quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PF–5978-son
Farmonining 6-bandida nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda soliqlarni
to‗lash bo‗yicha foizsiz kechiktirish (bo‗lib-bo‗lib to‗lash) berish muddati 2020 yil
31 dekabrgacha uzaytirildi
1
.
Endilikda, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yanada mustahkamlash,
oilaviy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, uning mamlakatimizda barqaror
iqtisodiy rivojlanishni va tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlashdagi rolini oshirish
hamda uni yanada qo‗llab-quvvatlashni kuchaytirish uchun quyidagilarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi:
- iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloh etishni izchil davom ettirish
negizida barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash asosida aholi daromadlari va
turmush darajasi hamda sifatini oshirib borish;
- oila institutini mustahkamlash maqsadida yoshlarni oila qurishga
tayyorlash uchun o‗rta umumta‘lim maktablarining yuqori sinflarida hamda o‗rta
maxsus va oliy ta‘lim muassasalaridaoilaga yigit va qizlarni bosqichma-bosqich
tayyorlashga yo‗naltirilgan maxsus o‗quv va fakultativ kurslarni joriy etish;
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 27 апрелдаги ―Коронавирус пандемияси
даврида аҳоли ва тадбиркорлик субъектларини қўллаб-қувватлашга доир қўшимча чора-тадбирлар
тўғрисида‖ги фармони //Халқ сўзи, 2020 йил 28 апрель.
438
- oila iqtisodiyoti, uy xo‗jaligi, oila moliyasi va ro‗zg‗or yuritish asoslariga
bag‗ishlangan mavzularni o‗rta umumta‘lim maktablarida o‗qitiladigan iqtisodiy
bilim asoslari fanlari o‗quv rejalariga kiritish ushbu fanlar bo‗yicha darsliklarni
ular hisobiga takomilashtirish; iqtisodiyot yo‗nlashidagi oliy va o‗rta maxsus
ta‘lim muassasalarida ―Mikroiqtisodiyot‖ fani doirasida ―Oila yoki Xonadon
iqtisodiyoti‖, ―Oilaviy tadbirkorlik‖, ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
boshqarish‖ kabi maxsus o‗quv kurslarini o‗qitishni yo‗lga qo‗yish; shahar va
tumanlarda nikohdan o‗tish uchun ariza bergan yigit va qizlar uchun ―Oila –
ro‗zg‗or yuritish asoslari‖ bo‗yicha maxsus qisqa muddatli o‗quvlarni tashkil etish;
- nikoh to‗y marosimlarini ixchamlashtirish va oqilonalashtirish hisobiga
yosh oilaning dastlabki mol-mulkini va sarmoyasini yigit va qizning ota-
onalarining o‗zaro kelishuvi asosida baholi-qudrat ishtirok etishlari;
- yoshlar faoliyat qiladigan tashkilot va korxonalardagi mehnat
munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik tizimlari rivojlanib borgan sayin ularning
yosh oilalarni moddiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashdagi ishtiroklarini kengaytirib
borish;
- respublikamizda onalikni va bolalikni muhofaza qilish va ―sog‗lom ona -
bola‖ dasturlarini amalga oshirish borasida to‗plangan tajribalardan kelib chiqqan
holda ―sog‗lom va ma‘suliyatli ota-mustahkam oila va sog‗lom bola kafolati‖
tizimini ishlab chiqish hamda amaliyotga qo‗llash bugungi kunda dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda;
- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish joylarda, ayniqsa, qishloqlarda
transport yo‗llarini,elektr energiya va gaz ta‘minotini yaxshilashni,ishlab chiqarish
va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta‘minlashga qaratilgan ustuvor
vazifani amalga oshirishga bog‗liqdir;
-
oilaviy
tadbirkorlikning
iqtisodiyotdagi
tarkibiy
yangilanish
jarayonlaridagi rolini oshirish uchun ularni xizmatlar va servis sohasiga jalb
etilishini rag‗batlantirish mexanizmini takomillashtirish lozim. Bu soha katta
kapital talab qilmaydi, shu sababli unga oilaviy biznes subektlarini jalb qilish
maqsadga muvofiqdir;
439
- import o‗rnini bosuvchi va eksport mahsulotlarini ishlab chiqaradigan
oilaviy korxonalarni rag‗batlantirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish
bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish,ularning eksport va xalqaro
yarmarkalarda ishtirok etishini ta‘minlash;
- qishloq xo‗jaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan oilaviy
korxonalarni jadal rivojlantirishni rag‗batlantirish uchun qo‗shimcha imtiyozlar
berish, bu borada mahalliy xom ashyo va materiallar asosida yirik sanoat
korxonalari bilan oilaviy korxonalar o‗rtasidagi ishlab chiqarish va xizmatlar
kooperatsiyasini hamda mahalliylashtirish tizimini yanada rivojlantirishga
qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish lozim bo‗ladi. Buning uchun kasanachilik
faoliyatini
tartibga
soluvchi
O‗zbekiston Respublikasining‖Kasanachilik
to‗g‗risida‖gi qonunini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‗ladi;
- an‘anaviy va zamonaviy hunarmandchilik sohalarida oilaviy tadbirkorlikni
yanada rivojlantirish uchun O‗zbekiston Respublikasining ―Hunarmandlik
faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunini ishlab chiqish kerak;
- ilm talab qiluvchi sohalarda intellektual salohiyati yuqori bo‗lgan kishilar
tomonidan oilaviy korxonalarning tashkil etilishini qo‗llab-quvvatlash, bunday
korxonalar bilan oliy o‗quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‗rtasida o‗zaro
manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‗lga qo‗yish;
- oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirish, kreditlash va sug‗urtalash tizimini
takomillashtirish,ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish,oliy va o‗rta
maxsus o‗quv yurtlaridategishli sohalar bo‗yicha ‖Biznesni boshqarish‖
ixtisosligida kadrlar tayyorlashni davom ettirish choralarini ko‗rish;
- oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishini qo‗llab-quvvatlashda davlat
boshqaruvi organlari,tijorat banklari,sug‗urta tashkilotlari, mahalliy o‗zini o‗zi
boshqarish organlari, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar Kengashi, ―Oila‖ respublika
ilmiy-amaliy
markazi
va
boshqa
manfaatdor
nodavlatva
jamoat
tashkilotlari,siyosiy partiyalar hamda turli darajadagi xalq deputatlari kengashlari
440
ishtirokida joylarda muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlari tashkil etish maqsadga
muvofiqdir
1
.
Dostları ilə paylaş: |