Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Innovatsiya jarayoni
- yangilik g‗oyasini rivojlantirishdan uning pirovard 
iste‘molchi tomonidan iste‘mol qilinishigacha bo‗lgan mantiqiy izchillikda 
harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiy-texnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy 
va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish 
jarayonidir. Innovatsiya jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud - yangilikni 
yaratish, uni o‗zlashtirish, tarqatish va takomillashtirish
2
.
Jati Senguptaning innovatsiyalarga bergan ta‘rifiga to‗xtalib o‗tsak. 
―Innovatsiyalar turli shakllarda bo‗lishi mumkin, ammo har qanday shaklda u 
mahsulot tannarxini kamaytirish va/yoki bozor talabini kengaytirishga yordam 
qiladi. Innovatsiyalarning ba‘zi bir muhim turlari sifatida: 
• 
Texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar 
• 
Endogen yoki ekzogen innovatsiyalar 
• 
Sanoat rivojlanishida tanlov mexanizmi innovatsiyasi
• 
Texnologiyalar konsorsiumi orqali shakllantiriladigan innovatsiyalar‖ qabul 
qilinadi
3

―Texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar mahsulot innovatsiyasi, 
sanoatda ―ilmiy izlanish va rivojlanish‖ ko‗rinishidagi investitsiyalar va taqlid va 
takomillashtirishni o‗z ichiga olgan texnologiyalar transferini o‗zida mujassam 
etadi. Ingliz ilmiy adabiyotlarida uchraydi R&D (research and development) - 
1
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиѐтга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати.-Т.: 
―ABU MATBUOT-KONSALT‖,2017.-203-204-бетлар.
2
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиѐтга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати.-Т.: 
―ABU MATBUOT-KONSALT‖,2017.- 204-бет.
3
Jati Sengupta. Theory of innovation. A new paradigm of growth. Springer International Publishing 
Switzerland 2014. P 12 


455 
―ilmiy izlanish va rivojlanish (IIR)‖degani bo‗lib, rivojlanishga olib keluvchi, 
turtki bo‗luvchi ilmiy izlanish deganidir.
Endogen innovatsiyalar o‗z ichiga innovatsiyalarga investitsiya kiritishga 
moyillikni bozor tomonidan rag‗batlantirishni qamrab oladi. Bozor rag‗bati 
deganda monopoliyadan patentlash qonunlari orqali himoyalanish va texnologik 
musobaqada g‗olib chiqishni nazarda tutadi. 
Ekzogen innovatsiyalarni ilmiy va notijorat institutlar tomonidan olib 
borilgan ilmiy izlanishlar natijasini misol sifatida keltirish orqali yoritadigan 
bo‗lsak, innovatsiyalarning bu turi ba‘zan yangi mahsulot va yangi jarayonga 
sababchi bo‗lishi mumkinligi aniqlangan. Solounig iqtisodiy o‗sish modelida 
barcha texnologik rivojlanishlar ekzogen innovatsiya sifatida qaralgan bo‗lsada, 
pirovardida sanoatda va butun bir mamlakat uchun ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
keskin o‗zgartirdi.
Innovatsiyalarning keyingi ikki turi kamroq e‘tiborga sazovor bo‗lishi 
mumkin. Evolyutsion tanlov mexanizmi firmalarni dinamik bozor samaradorligi va 
patent tizimi orqali tanlaydi. Bu mexanizm texnologik o‗zgarishlarning ham 
kumulyativ xususiyatini, ham bozor strukturasining endogen aspektlarini hisobga 
oladi.
Patentlash tizimi texnologik tanlovning ikkinchi instrumentlar tizimidir. U 
mulkchilik huquqini aniqlashtirib texnologik innovatsiyalarni rag‗batlantiradi. 
Masalan, farmatsevtik sanoatda shunday rag‗batga erishish uchun IIRdan 
foydalanishadi. Adabiyotshunoslik texnologiyasida patentlash tizimi cheklangan 
darajada texnologiya va bilimlarni tarqalishini o‗z ichiga olgan. Bu esa o‗z o‗rnida 
texnologik izlanishda innovatsiyalarning keng ko‗lamli eksperimentlarni olib 
borilishiga turtki bo‗ladi.

Innovatsiya turlari quyidagilardan iborat:


 
1.Texnologik innovatsiyalarning 
ikkita turi mavjud: mahsulotlar bo‗yicha innovatsiyalar va jarayonlar bo‗yicha 
innovatsiyalar. 2. Marketing innovatsiyalar. 3.Tashkiliy innovatsiyalar. 
Texnologik 
innovatsiyalar
deganda yuridik shaxsning texnologik yangi mahsulotlar va 
jarayonlarni, shuningdek mahsulotlar va jarayonlarda sezilarli darajada 


456 
takomillashtirishlarni, texnologik yangi va sezilarli darajada takomillashtirilgan 
xizmatlarni, xizmatlar ishlab chiqarilishi (etkazib berilishi) bo‗yicha yangi yoki 
sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan 
bog‗liq faoliyati nazarda tutiladi. 
Marketing innovatsiyalari
 
deganda yangi yoki 
sezilarli yaxshilangan marketing uslublarini joriy etish tushuniladi. Bular o‗z 
ichiga: mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishida jiddiy o‗zgartirishlar; 
mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‗yicha, shuningdek ularni bozorlarga tanitish 
va olg‗a siljitish bo‗yicha yangi uslublardan foydalanish; yangi narx 
strategiyalarini shakllantirishni oladi. 
Tashkiliy innovatsiyalar
- bu biznesni 
yuritishda, ish o‗rinlarini yoki tashqi aloqalarni tashkil etishda yangi uslublarni 
ishlab chiqishdir. Bunday innovatsiyalar boshqaruv va transaksion xarajatlarni 
qisqartirish, tashkilot tomonidan ishchilarning ish o‗rinlari (ish vaqtlari) bilan 
ta‘minlanganlik darajasini oshirish, mehnat samaradorligini oshirish, bozorda 
mavjud bo‗lmagan aktivlarga yo‗l topish yoki Еtkazib berish narxini kamaytirish 
yo‗li bilan tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan 
bo‗ladi
1
.
Innovatsion faoliyat yo‗nalishlari o‗z ichiga texnologik, ishlab chiqarish, 
iqtisodiy, ijtimoiy, savdo-sotiq, boshqaruvdagi innovatsion faoliyatlarni oladi 
(qarang: 16.1.1-rasm). 
1
Қаранг: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиѐтга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати.-
Т.: 
T.: – ―ABU MATBUOT-KONSALT‖,2017.- 206-бет.


457 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin