462
16.2.1-rasm. Innovatsion iqtisodiyotning komponentlari
Manba:
Korchagin Yu. A. Chelovecheskiy kapital i innovatsionnaya ekonomika Rossii.
Voronej: SIRE, 2012.
S.73
Bundan
tashqari, quyidagi ko‗rsatkichlar ham innovatsion iqtisodiyotning
xususiyatlarini belgilaydi
1
:
4-6 texno-iqtisodiy paradigmalar (4-texno-iqtisodiy paradigmalar
(ishlab
chiqarish liniyasi, simli telefon aloqasi, avtomobilsozlik, samolyotsozlik,
yoqilg‗i kimyosi); 5-texno-iqtisodiy paradigmalar (mikroЕlektronika, informatika,
biotexnologiya,
genetik muhandislik, yangi energiya turlari, materiallar,
kosmik
tadqiqotlar,
yo‗ldoshli aloqa, optik-fibrli texnika, robototexnika) va
innovatsiyalarning 6 to‗lqini (nanoЕlektronika, molekulyar va nano fotonika,
biotexnologiya,
nano-biotexnologiya,
kognetiv
fanlar,
ijtimoiy-gumanitar
texnologiyalar);
Iqtisodiy erkinlikning yuqori ko‗rsatkichi.
Erkin iqtisodiyotda har bir
insonning o‗z mehnativa mol-mulkini nazorat qilishi uning asosiy huquqidir.
Iqtisodiy jihatdan erkin jamiyatda, odamlar erkin ishlaydilar,
ishlab chiqaradilar,
iste‘mol qiladilar va xohlagan uslubda sarmoyalar bilan shug‗ullanadilar
1
;
Iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi.
Aynan
raqobat
shaxsning,
iqtisodiyotning, jamiyat va inson kapitalining dvigateli bo‗lib, iqtisodiy
taraqqiyotning asosiy omili sanaladi
2
;
Kapitalni almashtirish. Inovatsion iqtisodiyotda inson kapitali jismoniy
kapitalni almashtiradi va bu milliy boylikni oshiradi
3
;
Yangi bozorni ishga tushirish. Yangi bozorlarda
iqtisodiyotning eski
tuzilmalari g‗oyalar, rivojlanish, intellektual mulk, innovatsion
mahsulotlar bilan
almashtiriladi va yangi sifatga o‗tadi;
1
Корчагин Ю.А. Современная экономика России. – Ростов-на-Дону: Феникс, 2008.
С.403
1
―Frequently Asked Questions‖. Index of Economic Freedom. 2009-01-25
2
Портер. М. Д. Конкуренция. Пер. с англ. М.: Вильямс, 2003.
3
Несторов Л., Аширова Г. Национальное богатство и человеческий капитал//Вопросы Экономики, РАН
М.:
2003,.
№2. (available at:
www.historyodeconmics.narod.ru/16.09.02-23.06.03)
463
Bozorning xilma-xilligi tamoyili (innovatsion mahsulotlar bozori,
xizmatlar, takliflar, talab, intellektual mulk, intellektual mehnat, bilim va g‗oyalar,
innovatsion ilmiy tashkilotlar, biznes farishtalar va boshqalar);
Innovatsiyalarga bo‗lgan talab va innovatsiyalarning ko‗pligi.
Shuningdek, venchur biznesga, ilmiy-texnikaviy
va texnologik biznesni
rivojlantirishga katta e‘tibor berish muhimdir. Venchur biznes ilmiy kashfiyotlar,
ixtirolar, yirik va o‗rta texnologik innovatsiyalarni amalga oshirishga yo‗naltirilgan
bo‗lib, tadbirkorlik nuqtai nazaridan yuqori foyda olishni maqsad qiladi.
Rivojlanish nuqtai nazaridan innovatsiyalar va jahonning yuqori texnologiya
bozoridagi Еtakchilik qiluvchi yangi kuchli
kompaniyalarni yaratishga
qaratilgandir.Global
innovatsion
iqtisodiyot
asosan
g‗oyalar tomonidan
boshqariladi va sanoat iqtisodiyotidan katta farq qiladi(qarang:16.2.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: