469
majbur etadigan va mamlakatda esa barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydigan
omillar hisoblanadi.
Innovatsion rivojlanish o‗tishda turli strategiyalardan foydavlaniladi.
Innovatsion iqtisodiyotga o‗tishda asosan ―o‗stirish‖, ―olib kelish‖ va ―tanlov –
seleksiya‖ strategiyalaridan birini yoki bir nechasidan bir vaqtning o‗zida
foydalaniladi.
‖O‗stirish‖ strategiyasi
- mahalliy ilmiy-texnik
saloxiyatga tayangan xolda,
chet el mutaxassislarini jalb kilib, fundamental va amaliy tadkikotlar natijalari
asosida, doimiy ravishda yangi turdagi ilmiy hajmdor maxsulotlar ishlab
chikariladi, yaratilgan ilg‗or texnologiyalar sanoatda
va ijtimoiy soxalarda
o‗zlashtiriladi.
―Olib kelish‖ strategiyasi
- chet davlatlarda mavjud, iktisodiyotda samara
ko‗rsatgan texnologiyalarga litsenziya sotib olinadi
va tashki bozorda extiyoj
sezilayotgan maxsulotlar ishlab chikariladi. Kelajakda, maxalliy sharoitlarga
moslashgan, ishlab chikarish jarayonlarining barcha boskichlarini kamrab olgan,
fundamental tadkikotlardan to ishlab chikarishgacha bulgan davrni o‗z ichiga olgan
xuddi shunday texnologiya yaratiladi.
―Tanlov–seleksiya‖ strategiyasi
-
mamlakat fanini rivojlantirishning
ustuvor yo‗nalishlari aniqlanadi. Mavjud intellektaul salohiyat va iqtisodiyotning
ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy-texnika
dasturlari shallantiriladi. Davlat boshkaruvi va bozor iktisodiyoti elementlarining
uyg‗unlashuvi asosida innovatsiya jarayonlari faollashtiriladi
1
.
Mamlakatning innovatsion rivojlanishini bir necha
guruh indikatorlari orqali
baholash mumkin. Jumladan, innovatsiion rivojlanish indikatorlarini iqtisodiy,
ijtimoiy va faol investitsiya sohalari bo‗yicha guruhlash mumkin. Iqtisodiy
sohadagi innovatsion rivojlanish indikatorlari ichida
iqtisodiy erkinlik indeksi
yuqoriligi,
kapital joylashuvi va oqimining jo‗shqinligi,
samarali investitsion
siyosat, raqobat muhitining mavjudligi indikatorlari muhim ahamiyatga ega.
1
Қаранг: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиѐтга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли
луғати.-
T.: ―ABU MATBUOT-KONSALT‖,2017.- 203-бет.
470
Ijtimoiy sohada innovatsion rivojlanish indikatorlar tarkibiga inson kapitali va
uning sifatini, aholining hayot sifati va darajasini ifodalovchi, shuningdek,
ch
et el
investitsiyalarini jalb etish uchun tegishli sotsial infratuzilmaning mavjudligini
ifodalovchi indikatorlar kiradi.
Faol innovatsion faoliyat sohasida mamlakatning global innovatsion
reytingdagi o‗rni,
indeksining darajasi,
YaIM tarkibida ITTKI ga ajratilayotgan
mablag‗ning ulushi, innovatsion faoliyat sub‘yektlariga qo‗llanilayotgan keng
qamrovli turli imtiyozlar tizimining mavjudligini ifodalovchi indikatorlar
qo‗llaniladi (qarang: 16.3.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: