Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


-rasm.Innovatsion faoliyat yo„nalishlari



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

16.1.1-rasm.Innovatsion faoliyat yo„nalishlari. 
 

Innovatsion iqtisodiyot (bilimlar iqtisodiyoti, intellektual iqtisodiyot)


iqtisodiyotning innovatsiyalar oqimiga, ishlab chiqarishning doimiy ravishda 
texnologik takomillashib borishiga va juda yuqori qo‗shilgan qiymatli yuqori 
texnologik mahsulot va texnologiyalar eksportiga asoslangan turidir
1
.
 
Innovatsion 
iqtisodiyot-mamlakatning ko‗plab korxona va tashkilotlari innovatsion faoliyat 
bilan shug‗ullanadigan, innovatsion mahsulot ishlab chiqaradigan va undan 
foydalanadigan, ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar hajmining jami 
mahsulotlar umumiy hajmining yarmidan ko‗pini tashkil etadigan iqtisodiyotdir. 
1
Инновационная эконономика-Википедия. 


458 
Innovatsion iqtisodiyot jamiyat uchun foydali bo‗lgan har qanday patent, 
litsenziya, nou-xau, tashqaridan keltirilgan va o‗zida ishlab chiqarilgan yangi 
texnologiyalardan samarali foydalanadigan iqtisodiyotdir
1

1
Корчагин Ю.А. Инновационная экономика и экономика знаний //http: //www .lerc.ru /?part= articles&art 
=11& page =37 


459 
16.2.Innovatsion iqtisodiyot va rivojlanish konsepsiyalari 

XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlar innovatsion sohalar 


ustuvor bo‗lgan post industrial jamiyatni yaratdilar. Bu iqtisodiyot innovatsion 
iqtisodiyot deb ataldi, chunki innovatsiyalar iqtisodiyotning barcha sohalarida va 
jabhalarida yaratildi va ishlatildi. Natijada innovatsiyalarni ommaviy ishlab 
chiqarish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy kaliti – yuqori 
malakali va ijodiy inson kapitali to‗plandi. Mashhur Amerikalik futurologist 
A.Tofflerning ta‘kidlashicha, innovatsion iqtisodiyot birinchi bo‗lib AQShda 
tashkil Еtilgan va olim uning boshlanishini 1956 yillardan deya qayd etadi 
1

Innovatsion jarayonning o‗zi bir necha bosqichlardan iborat: 
1. Fundamental va amaliy ilmiy tajribalar, muhandislik loyihalarining natijasi 
hisoblanuvchi yangilik, yangi g‗oya, yangi bilimlar; 
2. G‗oyani amaliyotga tatbiq Еtish, tijoratlashtirish; 
3. Innovatsiyalarning tarqalishi (diffuziyasi) – yangiliklarni yangi joy va 
sharoitda tarqatish va ishlatish. 
Makroiqtisodiy darajada innovatsion iqtisodiyot mamlakatning iqtisodiyoti 
sifatida e‘tirof etilgan bo‗lib, unda ko‗pchilik innovatsion faoliyat (innovatsion 
mahsulot ishlab chiqarish va ulardan foydalanish) bilan shug‗ullanadi va 
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishning yarmidan ko‗pini tashkil etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda sanoat korxonalarining qariyb 60-80 foizi va xizmat 
ko‗rsatuvchi tashkilotlarning yarmidan ko‗pi innovatsion faoliyat bilan 
shug‗ullanadi
2

Zamonaviy iqtisodchilar innovatsion iqtisodiyotga quyidagi ta‘riflarni beradi
3


Innovatsion iqtisodiyot – jamiyat uchun foydali bo‗lgan har qanday 
innovatsiyalar (patentlar, litsenziyalar, nou-xau, import qilinganyoki mahalliy 
yangi texnologiyalar va boshqalar)ni ko‗llay oladigan iqtisodiyot; 
1
Тоффлер Э. Третья волна. –М.: «АСТ», 2004. 
2
Корчагин Ю. А. Человеческий капитал и инновационная экономика России. 

Воронеж: ЦИРЭ, 2012. 

С.70 
3
Ўша манба. 


460 

Innovatsiya iqtisodiyoti – olimlarning g‗oyalarini amalga oshirishga va 
ularni innovatsion mahsulotga aylantirishga yordam beruvchi mamlakatdagi 
innovatsion tizim (infratuzilma)dir; 

Innovatsiya iqtisodiyoti – bu ijobiy, konstruktiv inson kapitalini 
shakllantirish va rivojlantirish, aqlli kapitalning salbiy, halokatli qismining 
to‗planishining oldini olish imkoniyatiga Еga bo‗lgan iqtisodiyot. 
Innovatsion iqtisodiyot ikkita asosiy tamoyilga asoslanadi: iqtisodiy 
siyosatning asosiy maqsadi yuqori samaradorlik v ainnovativlikni oshirishga 
qaratilgan bo‗lishi kerak hamda yuqori darajadagi samaradorlik va katta 
innovatsiyalarni kuchaytirishda narx signallariga asoslanuvchi bozorlar davlat-
xususiy sektor hamkorligi kabi samarali bo‗lmaydi. Innovatsion iqtisodiyot 
tarafdorlarining ta‘kidlashicha, bugungi kunda zamonaviy bilimga asoslangan 
iqtisoddagi iqtisodiy o‗sishni neoklassistlar ta‘kidlaganidek kapital jamg‗arish 
Еmas, balki innovatsiyalar ta‘minlaydi
1
. Innovatsion iqtisodiyotdagi iqtisodiy 
o‗sish tadbirkorlik va innovatsiyalar (ya‘ni, ITTKI xarajatlari, ruxsatnomalar, 
litsenziyalar) ga imkon beruvchi bilimlar, rejimlar va siyosatning, innovatsion 
muhit (klasterlar, aglomeratsiyalar, metropoliya hududlari)ni yaratuvchi hamkor 
korxonalar va innovatsion tizimlar o‗rtasidagi texnologik o‗zgarishlar va tashqi 
ta‘sirlarning yakuniy mahsulotidir 
2
,
3

Nazariy jihatdan innovatsion iqtisodit 6 asosiy komponentdan iboratdir
4

1.
Ta‘lim; 
2.
Fan; 
3.
Inson kapitali;
4.
Innovatsion iqtisodiyotning huquqiy asosi va moddiy komponentlarini 
qamrab oluchi innovatsion tizim (texnologik transfer markazlar, biznes-
1
www.theIngenesistProject./A Definition for Innovation Economics by Dan Roble on November 26, 2009
 
2
Antonelli, C. The economics of innovation, new technologies, and structural change.

London: Routledge. 2003. 

67-p.
3
Johnson B. (2008). Cities, systems of innovation and economic development//.Innovation: Management, Policy, 
and Practice.

Volume 10, № (2/3).

146-p. 
4
Корчагин Ю. А. Человеческий капитал и инновационная экономика России 

. Воронеж: ЦИРЭ, 2012. 

С.73 


461 
inkubatorlar, texnoparklar, texnologik shaharlari, innovatsion markazlar, 
klasterlar, hududlar, venchur biznes va boshqalar); 
5.
Yangiliklarni amalga oshiruvchi innovatsion sanoat; 
6.
Inson kapitali, ishchi kuchi va innovatorlarning hayot faoliyati uchun qulay 
bo‗lgan muhit. 
Innovatsion iqtisodiyotning eng muhim elementi bo‗lmish inson kapitali 
doimo iqtisodiy rivojlanish uchun muhim ahamiyatga Еga sanaladi. Bu o‗ridna esa, 
inson kapitali mamlakat aholisining barcha bilimlari, iqtidor va qobiliyatlari, 
tajribasi, aqli hamda donoligining yig‗indisi sanaladi. Iqtisodiy faoliyat turlarining 
bilim sig‗imkorligi tobora oshayotgan bir paytda yuqori malakali kadrlarga bo‗lgan 
talab ortib bormoqda. Shu sababli ham, ilm-fan, ta‘lim, ITTKI, innovatsion 
ishlanmalarga 
kiritilayotan 
investitsiyalar 
iqtisodiy 
o‗sishning kalitiga 
aylanmoqda
1

Innovatsion iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini 4 guruhga ajratish mumkin: 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin