16.4.O„zbekistonda innovatsion rivojlanish va iqtisodiyotga o„tishning
xususiyatlari
O‗zbekiston Respublikasiing milliy innovatsion tizimi yaratilgan bo‗lib,
uning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; Innovatsion g‗oyalar,
1
WIPO (2019), PCT Yearly Review 2019: The International Patent System. Geneva: WIPO.
477
texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasini tashkil etish va o‗tkazish
bo‗yicha muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi; Iqtisodiyot Vazirligi; Fan va
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish ko‗mitasi; Fanlar Akadamiyasi;
Oliy va o‗rta mahsus ta‘lim vazirligi; Sog‗liqni saqlash vazirligi; Qishloq va suv
xo‗jaligi vazirligi; Xalq ta‘lim vazirligi.
O‗zbekiston Respublikasidagi innovatsion
faoliyat
davlat tomonidan (qonunchilik va o‗zgaruvchan soliq tizimi, davlat va
idora jamg‗armalari, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yirik dasturlar va
boshqalar orqali) tartibga solinadi. Ustuvor davlat dasturlariga oid innovatsiya
loyihalarini tadbiq etish bo‗yicha mas‘uliyat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan
va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‗mitasi zimmasiga
yuklatilgan.
Mamlakatimizda
yaratilgan
ilmiy
hajmdor
innovatsion
texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish masalalarini ko‗rib chiqishni
Iqtisodiyot vazirligi qoshida tashkil etilgan Texnologiyalar transferi agentligi,
innovatsiyalarni patent bilan himoyalash ishlarini Intellektual mulk agentligi
amalga oshiradi. Eksportga chiqariladigan innovatsiyalar, litsenziyalarni sotish va
investitsiyalarni jalb etish masalalari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va
savdo vazirligi ko‗magida amalga oshiriladi
1
.
Mamlakatimizda innovatsion rivojlanish tizimini shakllantirish va
rivojlantirish quyidagi asosiy tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda:
-ilmiy-texnikaviy
rivojlanishni
boshqarishning
ma‘muriy usullarini
bosqichma-bosqich ilmiy-texnik ijodkorlikni, kreativlikni rag‗batlantirishga
qaratilgan iqtisodiy tartibga solishning bozor usullari bilan almashtirish;
- amaldagi fan va ilmiy tadqiqot tizimini qayta tashkil etish va zamonaviy
modellar va ilg‗or tajribalarni hisobga olgan holda ilmiy-tadqiqot tizimini
shakllantirish va rivojlantirish;
-fan va ta‘lim,ishlab chiqarish va bozorning o‗zar bog‗liq harakati
mexanizmini vujudga keltirish uchun zamonaviy innovatsion rivojlanish
infratuzilmasini shakllantirish.
1
Қаранг: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиѐтга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли
луғати.-
T.:―ABU MATBUOT-KONSALT‖, 2017.- 204-205-бетлар.
478
O‗zbekistonda ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyatni tartibga solishga
qaratilgan
huquqiy-me‘yoriy
baza
yaratilgan.
Jumladan,
O‗zbekiston
Respublikasining 2002 yil 29 avgustdagi ―Ixtirolar, foydali modellar va sanoat
namunalari to‗g‗risida‖gi (yangi tahrir), 2001 yil 30 avgustdagi ‖ Tovar belgilari,
xizmat ko‗rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‗g‗risida»gi, 1996
yil 30 avgustda qabul qilingan va 2002 yil 29 avgustda yangi tahrirdagi «Seleksiya
yutuqlari to‗g‗risida»gi, 2006 yil 20 iyuldagi ―Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to‗g‗risida»gi va boshqa qonunlar qabul qilingan. Hozirgi kunda
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 14 yanvardagi R-3557-sonli
Farmoyishiga binoan №1 –sonli Ekspert guruhi tashkil etilgan va ―Innovatsiyalar
va innovatsion faoliyati haqida‖gi yangi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, keng
jamoat muhokamasiga qo‗yilgan. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi ―Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni
muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
436-son Qarori; O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi
―Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni
rag‗batlantirish borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 916-son
Qarori; O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 noyabrdagi
―Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 241-son Qarori; O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 15 oktyardagi ―Texnologiyalar
Transferi Agentligi" Davlat unitar korxonasi faoliyatini takomillashtirish
to‗g‗risida‖gi 228-son Qarori qabul qilingan. 2016 yil 29 dekabrda ―O‗zbekiston
Respublikasi
Fanlar
akademiyasining
akademiklari
faoliyatini
yanada
takomillashtirish va rag‗batlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida―gi, 2017 yil 16
fevraldagi ―Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish
to‗g‗risida‖gi farmonlari, 2017 yil 17 fevralda ―Fanlar akademiyasi faoliyati,
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi , 2017 yil 17martda ―O‗rta maxsus,
kasb-hunar ta‘limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
479
tadbirlari to‗g‗risida ―gi, 2017 yil 20 aprelda ―Oliy ta‘lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida ―gi, 2017 yil 27 iyulda ―Oliy ma‘lumotli
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida―gi, qarorlari va 2017 yil
21 noyabrda ―O‗zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil
etish to‗g‗risida ―gi Farmoni qabul qilingan.
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
―O‗zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‗g‗risida―gi farmonida
quyidagilar O‗zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining asosiy
yo‗nalishlari
etib
belgilangan:
-mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq
muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion
rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan
strategik
rejalashtirish
tizimini
yaratish;
-davlat xizmatlari ko‗rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va
soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini
oshirishni ta‘minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy
etish;
-hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‗sishi, shuningdek,
aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni
ta‘minlashga qodir bo‗lgan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning
zamonaviy
infratuzilmasini
shakllantirish;
-innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish
sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini
ta‘minlovchi
normativ-huquqiy
bazani
takomillashtirish;
-ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy
g‗oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash hamda
rag‗batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi
uchun
qulay
sharoitlar
yaratish;
-mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli
480
yutuqlarini targ‗ib qilish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu
jumladan
ilmiy-eksperimental
ixtisoslashtirilgan
laboratoriyalar,
yuqori
texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‗naltirilgan
tuzilmalarni, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va moddiy-
texnika
bazasini
mustahkamlash;
-tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni,
jumladan, muqobil energiya manbalarini, suvni tozalash va chuchuklashtirish,
undan oqilona foydalanishning zamonaviy shakllarini keng qo‗llash orqali faol
joriy
etish;
-sog‗liqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika
qilish, o‗z vaqtida va samarali davolashga imkon beruvchi ilg‗or texnologiyalarni
keng joriy etish, shuningdek, jamiyatda sog‗lom turmush tarzini shakllantirish va
sog‗lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tizimni yaratish;
-agrar sohaga innovatsion g‗oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shu
jumladan ishlab chiqarish samaradorligini va qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziq-ovqat
xavfsizligini mustahkamlashga ko‗maklashuvchi qishloq xo‗jaligi ekinlarining
yangi
seleksiya
navlarini
targ‗ib
qilish;
-iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni
ta‘minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion
texnologiyalarni
jadal
joriy
etish;
-innovatsiya faoliyati sohasida ilg‗or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu
jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni
kengaytirish
1
.
O‗zbekistonda ilmiy potensial mavjud bo‗lib, mazkur yo‗nalishlarni amalga
oshrish imkoniyatiga egadir. Quyidagi 16.4.1-jadvalda 2017-yilda mamlakatimizda
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш
вазирлигини ташкил этиш тўғрисида ―ги 29.11.2017 й.
ПФ-5264
-
сон фармони// Халқ сўзи, 2017 йил
30 ноябр.
481
to‗g‗risida ma‘lumot keltirilgan. Jadvalda ko‗rishimiz mumkinki, o‗tgan yili
mamlakatimizda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida jami 1750 ta loyihalar
amalga oshirilgan bo‗lsa, ulardan eng katta ulush, ya‘ni 39 foizi (683 ta) tabiiy
fanlarga to‗g‗ri kelsa, eng kam ulush, ya‘ni 16 foiz loyihalar qishloq xo‗jaligi
fanlariga to‗g‗ri kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |