16.4.2-jadval.
Ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni bajargan xodimlar soni (oliy ta‟lim
muassasalarining ilmiy-pedagog xodimlarini qo„shgan holda)
1
Ko‗rsatkichlar
2000y. 2005y. 2010y. 2015y. 2016y
.
2017y.
Ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlanmalar
bilan band xodimlar soni,
kishi
36837 34094 35550 36839 36984 36785
Shu jumladan, tadqiqotchi-
mutaxassislar, kishi
25083 26685 30043 31689 31966 33320
Ulardan ilmiy darajaga ega
bo‗lganlar:
Fan doktorlari
2009
2353
2526
2111
2242
2291
Fan nomzodlari
8192
8363
9218
8360
8210
7891
Ushbu jadval m‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, ilmiy darajaga ega
bo‗lganlar soni 2010-2016 yillarda kamaygan. Jumladan, fan doktorlari soni shu
davrida 11,3%ga, fan nomzodlari esa 11,1%ga kamaygan.
Ta‘kidlash lozimki, 2017 yilda fan sohalari bo‗yicha tadqiqotchilar soni
31860 kishini tashkil etgan. Ularning 24,5% (7800 kishi) tabiiy fanlar sohasida,
20,6% (6574 kishi) gumanitar fanlar sohasida, 17,4% (5526 kishi) ijtimoiy fanlar
sohasida, 37,5% (11960 kishi) texnika, meditsina, qishloq xo‗jaligi sohalarida
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarganlar
1
.
1
Ўзбекистон Республикаси йиллик статистик тўплам 2010-2016 йиллар.-Т., 2017.-91-бет;
НАУКА/stat.uz
.;Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Статистик тўплам. 2017 йил-Т., 2018.-55-
бет.
1
НАУКА/stat.uz; Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Статистик тўплам. 2017 йил-Т., 2018.-57-58-
бетлар.
484
Innovatsion taraqqiyotni ta‘minlashda oliy ta‘lim tizimining roli
beqiyosdir. 2020 yil boshiga kelib respublikada 114 ta oliy ta‘lim muassasalari,
shu jumladan, 93 tasi vatanimizniki, 21 tasi xorijiy oliy ta‘lim muassasalari va
ularning filiallari faoliyat ko‗rsatdi. Keyingi uch yilda 6 ta oliy ta‘lim muassasalari
va 17 ta filiallar, shuningdek, chet mamlakatlar oliy ta‘lim muassasalarining 14 ta
filiallari tashkil etildi. Kadrlarga buyurtmachilarning takliflariga asosan oliy ta‘lim
yo‗nalishlari va ixtisosliklari Klassifikatoriga 329 ta ta‘lim yo‗nalishlari va 582
magistratura ixtisosliklari kiritildi. 2019/2020 o‗quv yilida 59 oliy ta‘lim
muassasalarida sirtqi, 10 ta oliy ta‘lim muassasalarida kechki ta‘lim shakllari
tashkil etildi. Oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriat yo‗nalishlari bo‗yicha
talabalar soni 410 ming nafarni, magistratura ixtisosliklarida 13 ming talabalar
tahsil olishmoqda. Ularning soni keyinga uch yilda 1,7 martaga o‗sdi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‗tkazish tizimini yanada
takomillashtirish to‗g‗risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456 farmoni qabul
qilingandan so‗ng doktoraturada o‗qiyotganlar soni keskin o‗sdi. Ammo himoya
qilganlar soni ko‗paymadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16
fevraldagi ―Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish
to‗g‗risida‖gi farmoniga asosan ikki bosqichli doktorantura qayta tashkil etildi.
Texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarni
moliyalashtirishga
yo‗naltirilgan mablag‗lar hajmi 2017 yilda 2010 yilga nisbatan 15,7 barobarga,
shu jumladan tashkilotning o‗z mablag‗lari 16,04 barobarga, xorijiy kapital 16,5
barobarga, tijorat banklari kreditlari 2,9 barobarga oshdi (qarang: 16.4.3-jadval)
|