Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


Innovatsiyalarning mohiyati va turlari



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

16.1.Innovatsiyalarning mohiyati va turlari.
Innovatsion iqtisodiy rivojlanish, ya‘ni innovatsion iqtisodiyot nazariyasini XX 
asr boshlarida Yozef Shumpeter yaratdi. Uning ―Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi‖
deb nomlangan monografiyasi 1911 yilda nashr etilgan va 1926 va 1934 yillarda 
qayta nashr etilgan. Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi ko‗plab taniqli olimlar 
tomonidan muntazam takomillashtirib borilgan. U birinchi bo‗lib iqtisodiy o‗sish 
va iqtisodiy rivojlanish o‗rtasidagi farqni aniqladi va innovatsiyaga ta‘rif berdi, uni 
tavsifladi: 

Yangi tovarni yoki uning yangi sifatini yaratish. Iste‘molchilarga hali tanish 
bo‗lmagan yangi tovarni yoki tovarning yangi sifatini yaratish.Sanoatning
ma‘lum tarmog‗ida haligacha sinalmagan ishlab chiqarishning yangi usulini 
yaratish. Bu usul yangi ilmiy kashfiyotga asoslangan bo‗lishi shart emas va 
tovar ayirboshlashning yangi tijorat shakllariga ega bo‗lishi mumkin. 

Yangi bozorlarni ochish. Mamlakatdagi ma‘lum sanoat tarmog‗i haligacha 
o‗z tovarlarini sotmagan yangi bozorlarni ochishi.Bu bozorlarning ilgari 
mavjud bo‗lgan yoki bo‗lmaganligidan qat‘iy nazar ma‘lum tarmoq yoki 
korxona uchun yangi bozor hisoblanadi. 

Yangi ishlab chiqarish omillari manbalarini ochish. Bu manbalar ilgari 
mavjud bo‗lgan yoki yangidan q yaratishga to‗g‗ri kelganligidan qat‘iy 
nazar tarmoq yoki korxona uchun yangi hisoblanadi. 

Tarmoqlarni yangicha tashkil etish. Bu yangi tarmoq monopoliya 
tomonidan vujudga keltirilgan yoki monopol pozitsiyasining barham topishi 
tufayli vujudga kelganligi ahamiyatli emas. 


453 
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsiya insoniyat 
taraqqiyoti va iqtisodiy o‗sishning asosiy omiliga aylanmoqda. Innovatsiya 
jarayonining doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‗zgarishiga 
jiddiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Innovatsiyalarga turlicha ta‘riflar mavjud. Jumladan, 
Y.Shumpeter: ―Innovatsiya – bu mavjud jarayonga yangicha qarash, yondashuv 
bo‗lib, zamonaviy kashfiyot va ishlanmani yoki insoniyat faoliyati bilan bog‗liq 
bo‗lgan yangi ishlab chiqarishni ma‘lum bo‗lgan qandaydir jarayonga 
qo‗llashdir‖
1
, -deya ta‘kidlagan.
Innovatsiya
 

jamiyat rivojlanishi bilan o‗zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini 
qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonining 
majmuasi. 
Innovatsiya
- yangi kiritilgan tartib – qoida, usul, rasm–rusum va 
yangilik, yangi ko‗rinishdagi buyumlarni, texnologiyani ishlab chiqarishga joriy 
etish va ommalashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyat natijasi. 
Innovatsiya
(inglizcha 
― innovationas‖- kiritilgan yangilik, ixtiro so‗zidan olingan) - fan-texnika yutuqlari 
va ilg‗or tajribaga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil 
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat 
doiralarida qo‗llanilishidir. 
Innovatsiya
 
deb yangi ko‗rinishda mahsulot (tovar, ish, 
xizmat) yaratilishini yoki takomillashtirilishini, ishlab chiqarish jarayonining yangi 
ko‗rinishi joriy qilinishini yoki ushbu jarayonning takomillashtirilishini, biznesni 
yuritishda yangi marketing yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishini, ish o‗rinlari 
tashkil etishni yoki tashqi aloqalar o‗rnatilishini o‗zida mujassamlashtirgan 
innovatsiyaviy faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi.
Keng ma‘noda 
innovatsiya
deyilganda yangi texnologiyalar, mahsulot va xizmatlar turlari 
sifatidagi yangiliklar, ishlab chiqarish, moliya, tijorat, ma‘muriy yoki boshqa 
xususiyatlarga ega tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlardan samarali 
foydalanish 
tushuniladi. 
Yangilik 
g‗oyasining tug‗ilishi, yaratilishi va 
ommalashishidan boshlab foydalanishgacha bo‗lgan vaqtni innovatsiyaning 
hayotiy sikli deb atashadi. Ana shular bilan bog‗liq ishlarni olib borish tartibi 
1
Шумпетер Й.Теория экономического развития. М.: ЭКСМО, 2007.-С.278. 


454 
hisobga olingan holda innovatsiyaning hayotiy sikliga innovatsiya jarayoni sifatida 
qaraladi. Xalqaro standartlarga ko‗ra 
innovatsiya
bozorda joriy etilgan yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda qo‗llaniladigan yangi yoki 
takomillashtirilgan texnologik jarayon yohud ijtimoiy xizmatlarga yangicha 
yondashuv ko‗rinishidagi innovatsiya faoliyatining pirovard natijasi sifatida 
baholanadi
1


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin