Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Xufyona iqtisodiyot va korrupsiya miqyoslarini kamaytirishda davlatning



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

2. Xufyona iqtisodiyot va korrupsiya miqyoslarini kamaytirishda davlatning 
roli mavzusiga 
AQSh Parlamenti, Germaniya Bundestagi, Rossiya Dumasi va O‗zbekiston 
Oliy Majlisi o‗rtasida farq borligi hammaga ayon. Ularni qonun ijodkorligi 
faoliyati bilan shug‗ullanishlari, mamlakatda amal qiladigan normativ-xuquqiy 
asoslarini yaratish mas‘uliyati berilganligi ular so‗zini o‗z makoni uchun ustunligi 
kafolatidir. Har bir konstitutsion tuzum ma‘muriy vakillari o‗ziga xos vakolat 
doirasiga ega va bu holat bunday vakillarning vijdonan ish yuritishlari, xalq, 
mamlakat oldida javobgarliklarini doimo eslatib turishi muqarrar.
Lekin Qadimgi Rimdan ham qadimroqqa borib taqaladigan Korrupsiya 
tushunchasi negadir oddiy fuqaro, dehqon, hunarmand uchun emas, aynan 
xukumat doirlari vakillariga, ular faoliyatiga dahldor tushuncha. 
Sizningcha nega shunday? Oddiy dehqon korrupsiya ishtirokchisi bo‗lishi 
mumkinmi? Javobingizni misollar bilan izohlab bering.
QUYIDA KЕLTIRILGAN FIKRLAR 
TO„G„RIMI YOKI NOTO„G„RIMI? 
1.
Huquqiy qoidalardan bo‗yin tovlash bilan bog‗liq xarajatlar quyidagilarni o‗z 
ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq 
to‗lash; ishlab chiqarish hajmining cheklanishi va reklama natijasida 
yo‗qotilgan foyda va boshqalar.


169 
2.
Daromadlar transferti bilan bog‗liq xarajatlar. Hatto soliqlar to‗lashdan bosh 
tortuvchi iqtisodiy sub‘yektlar ham o‗z faoliyatidan foydali samarani davlat 
bilan baham ko‗radi, biroq bunda ular buning evaziga davlatdan hech narsa 
olishmaydi.
3.
Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog‗liq 
xarajatlar. Daromad solig‗i, ijtimoiy sug‗urta fondiga va pensiya 
jamg‗armasiga majburiy to‗lovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini 
to‗lashga tejash imkonini beradi, lekin bunda mehnatning o‗rnini sarmoya bilan 
bosish va texika bilan qayta jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi.
4.
Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda ko‗plab iqtisodiy sub‘yektlar 
ishtirok etadigan uzoq 
muddatli loyihalarning 
amalga 
oshirilishini 
qiyinlashtiradi. 
5.
Shartnomani qayta ko‗rib chiqish zarurati tug‗ilgan hollarda ishtirokchilar 
bitimning tomonlarning hech biri undan manfaatdor bo‗lmagan barcha ikir-
chikirlariga e‘tibor qaratishi lozim bo‗lgan sud yoki arbitrajga murojaat eta 
olishmaydi.
6.
Xufyona bitim ko‗proq ikki tomonlama xususiyatga ega.
7.
Bitimdan manfaatdor bo‗lgan uchinchi shaxslar (masalan, stixiyali yuzaga 
keladigan bozorlar yaqinidagi mavzelar aholisi) uning ishtirokchilari 
doirasidan chiqarilgan va, demak, ularning manfaatlari bitimda hisobga olinadi. 
8.
Zararli foydalanish huquqi, odatda, xufyona huquqni tartibga solish sohasidan 
tashqarida qoladi. 
9.
Oshkora sud-huquq tizimi nizolarni hal etishning qator subinstitutlariga–
oilaviy-qarindoshchilik va mafiya mexanizmlariga ega.
10.
Sud va kuchlilik tuzilmalari funksiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga 
murojaat etish o‗ziga xos soliqni to‗lash zarurati bilan shartlangan.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin