Adabiyot 11 II qism indd



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/45
tarix11.11.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#132032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
adabiyot 2qism 11 uzb

boshini ko‘tarur. Istamayin o‘rnidan turar.) Hech!
R a h i m b i y. O‘tiringiz, o‘tiringiz. (Xon o‘tirar.) Nega 
yig‘laysiz?
X o n. Hech, bolalarim esimga keldilar.


16
R a h i m b i y. Boshg‘a ish tushkach, eng ahmoq chora 
yig‘lamoqdir. Yig‘lamangiz!
X o n. Men sizga nima yomonlik qildim?!
R a h i m b i y. Hech!
X o n. Otangiz menga otaliq edi. Bobongiz, meni taxtga 
o‘tqizib, otaliq bo‘ldi. O‘zingiz Erondan kelgach, bot otaliq 
qildim. Butun hukumat ishlarini sizga topshirdum, yana No-
dirshohning o‘yinlarig‘a berilib, meni qamatdingiz! Nodirshoh 
oldida men bilan sizning nima oyirmamiz bor?! Bu kun 
meni tushirgan ekan, erta sizni ham tushirmasmi?!
R a h i m b i y. Xon hazrat! Dunyoda har kim o‘z kuchi-
ga qarabg‘ina o‘rin tutadir. Bu tirikchilikning eng o‘tkir 
buyrug‘idirkim, bunga bo‘ysunmag‘anlarning dunyodan chiqib 
ketishlari lozim bo‘ladi. Siz Buxoroni idora qilarlik kuch 
ko‘rsata olmadingiz. Davlatimizning buyuk, buyuk terakla-
rini o‘z qo‘lingiz bilan yiqita berdingiz, butun ishni menga 
emas, bir ahmoq mug‘ambil
1
bo‘lg‘an Ulfatg‘a topshirdingiz. 
Taxtdan tushkaningizning sababi shuldir. Nodirshohning esa 
bu ishdan xabari yo‘qdir. Nodirshoh sizni tushirg‘an emas.
X o n. Nodirshohning bu ishlardan xabari yo‘q, deganingiz 
yolg‘on emasmi?
R a h i m b i y (jilmayib). Yolg‘on emas.
X o n. Nega Erondan qo‘shin olib keldingiz?
R a h i m b i y. Kattaqo‘rg‘ondan chiqqan Ibodullabek fit-
nasini bosdirmoq uchun.
X o n. Emdi meni nima qilasiz, o‘ldirasizmi?
R a h i m b i y. Yo‘...q, tangri saqlasin bu ishdan.
X o n (yalinib, qo‘llarini uzatar). Otaliq, meni o‘ldirma-
ngiz. Xonlikni sizga bag‘ishladim. Ayting, meni o‘ldirmay-
sizmi? Ayting!
R a h i m b i y. Sizni o‘ldirmayman, xonlik ham menga 
kerak emas. O‘g‘lingiz Abdumo‘min xonni sizning o‘rni-
ngizda erta xon ko‘taraman.
X o n. Meni nima qilasiz?
R a h i m b i y. Siz shu hafta orasida Eronga, Nodirshoh 
oldig‘a borarsiz.
X o n. Uh... Xudoga shukur! Meni o‘ldirmangiz. Men 
hajga boraman, hajga.
1
M u g‘ a m b i l – «mug‘ambir» so‘zining buzilgan shakli.


17
R a h i m b i y (jilmayib). Undan so‘ngra qayoqqa borsa ngiz, 
bora berarsiz. Hozirda men sizdan bir narsani so‘ramoq 
uchun keldim.
X o n. So‘rangiz.
R a h i m b i y. Pullaringiz qayda?
X o n. Xazina o‘z qo‘lingizda-ku!
R a h i m b i y. Sizning o‘z xazinangiz?
X o n. Menim o‘z pullarimning hisobi Ulfatdadir. Shun-
dan so‘rangiz.
R a h i m b i y. Ulfatning qayda ekanini bilmaysizmi?
X o n. Bilmayman.
R a h i m b i y. Hay, siz o‘tiringiz. Yaqinda Erong‘a bo-
rarsiz.
X o n. Bolalarimni sog‘indim. Shularni menga yuborsa ngiz, 
ko‘rib qo‘yay.
R a h i m b i y. Xo‘b, Qurbongul bilan yuborurman. (Qur­
bongulga.) Kel, sen bilan yuboray. (Qurbongul bilan chiqib ketar.)
X o n (joyidan turub). Tong ota yozdi. Tarat qilay emdi. 
(Toshnovg‘a kelib, oftobani olib, tarat qila boshlar.) Tangridan 
boshqa kimsam qolmadi. Ko‘rasizmi, hamma iskanjalar pul 
uchun ekan.
X o n taratni bitirayozganda, A b d u m o‘ m i n to‘ra bilan ukasi 
kirib salom berarlar.
X o n (taratni bitirib turar). Ha, o‘g‘illarim, keldingizmi? 
(Yuzini artib, ularni bitta­bitta quchoqlab o‘par.) Qalaysan, 
o‘g‘lim?! (Ko‘z yoshlarini artar.)
A b d u m o‘ m i n . Shukur.
X o n. Sen qalay? (kichkina o‘g‘li bo‘ynini bukmak bilan 
javob bergan bo‘lar.) Onang qayda?!
A b d u m o‘ m i n . Uyda.
X o n. Hammangiz bir uydami?
A b d u m o‘ m i n . Ha, bir uyda.
X o n kichkina o‘g‘lini quchoqlab, manglayidan o‘par, katta 
o‘g‘lini quchoqlab, boshini uning umuzig‘a
1
qo‘yib yig‘lar.
B o l a l a r (birdan yig‘lab, xong‘a yopishib). Otajonim, 
nega yig‘laysiz? Bizni nima qilarlar emdi?
1
U m u z – aslida, o‘miz, yelkaning qo‘l bilan tutashgan qismi.


18
X o n. Hech, o‘g‘lim, hech. Ketingiz emdi, onangiz 
ning 
yonida turingiz. (Yana quchoqlab o‘par. Ikkalasini eshik 

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin