Adabiyot 11 II qism indd



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/45
tarix11.11.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#132032
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
adabiyot 2qism 11 uzb

Ibrohimbiyni keltirar. Qo‘llari bog‘lang‘an, ko‘zi ko‘rmaydir.) 
Otaliqning qo‘llarini och! (Halig‘i kishi Ibrohimbiyning qo‘lla­
rini ochar.) Otaliq amak, o‘tiringiz, qalaysiz?


24
I b r o h i m b i y (o‘tirar). Ko‘zim ko‘rmaydir. Siz kim bo‘lasiz?
R a h i m b i y. Tanimadingizmi? Men, Rahimbiy.
I b r o h i m b i y. Ha, tanidim, tanidim. Xudog‘a shukur, 
yaxshiman.
D o n y o l b i y. Hali meni ham tanimasangiz-chi, otaliq!
I b r o h i m b i y (biroz o‘ylab). Siz Donyolbiy emasmi? 
D o n y o l b i y. Topdingiz.
I b r o h i m b i y. Qalaysiz, uka? Ko‘rishaylik-ey... (Qo‘llari­
ni uzatar, ko‘risharlar.) Eskilardan yolg‘iz siz qolibsiz. Rah-
matli akalaringiz o‘lganlar ekanlar.
D o n y o l b i y. Ha, tangri yorlaqasin, o‘ldilar.
I b r o h i m b i y. Hay, dunyo shunday ekan, bitta kelib, 
bitta ketar ekan-da.
R a h i m b i y. Otaliq amak, meni qutlamaysiz?
I b r o h i m b i y. Sizni nega qutlay ekan, jiyanim?
R a h i m b i y. Dushmaningizni o‘ldirdim. (O‘tirar.)
I b r o h i m b i y. Siz o‘ldirmaganda, o‘zi o‘lmasmi edi?
R a h i m b i y. Shunday ekan, siz nega unga yog‘iqib shun-
cha urushdingiz?!
I b r o h i m b i y. U elg‘a yomonlik qildi, yurtni taladi, hu-
kumat ishlariga qaramadi. Kecha-kunduz chog‘ir ichib yotdi. 
Men uning shul ishlarig‘a qarshi bo‘lib urushdim.
R a h i m b i y. Men nima qildim?!
I b r o h i m b i y. Siz bu ishlarni o‘zingiz uchun qilasiz-ku 
chog‘i!
R a h i m b i y. Qaydan bildingiz?!
I b r o h i m b i y. Rahmatli otangizning Nodirshoh etagiga 
yopishqonini bilar edim. Siz ham Nodirshohga bordingiz. 
Uning qo‘shinini keltirdingiz. Abulfayzxonni o‘ldirg‘andan 
so‘ngra, butun ishni o‘z qo‘lingizga olib turibsiz.
R a h i m b i y. Abdumo‘min to‘rani xon ko‘targanimizdan 
xabaringiz yo‘qmi, amak?
I b r o h i m b i y. Abdumo‘min to‘ra o‘n besh yashar bir 
bola. Uni xon ko‘tardingiz nima, ko‘tarmadingiz nima!
R a h i m b i y. Siz bo‘lg‘anda, nima qilar edingiz?!
I b r o h i m b i y. Men bo‘lg‘anda, Abulfayzxonni tushir-
g‘ach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning 
otalig‘ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim.
R a h i m b i y. Mana, el boshliqlaridan bittasi – siz. 
Eli 
ngiz kenagas! Buxoroning tubchak, buyuk bir eli. 


25
Kelingiz, bunday ma’nosiz so‘zlarni qo‘yingiz, birgala-
shib, kengashib ishlaylik, Abdumo‘minxonning hukumatini 
biriktiraylik.
I b r o h i m b i y. Men juda yaxshi bilaman: siz shu kun 
erta Abdumo‘minni ham otasining orqasiga yuborib, taxtini 
olarsiz. Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki 
ul haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik 
qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan 
ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. Hay, siz-
ku Buxoro taxtini olarsiz. Abdumo‘minni o‘ldirarsiz. Balkim, 
meni ham o‘ldirarsiz. Biroq shuni bilib qo‘yingizkim, bu taxt 
sizning bolalaringizg‘a yuqmag‘usidir.
O x u n d bilan Q o z i N i z o m salom berib kelarlar.
R a h i m b i y. Marhamat qilsinlar. (Ibrohimbiyni ko‘rsatib.
Otaliqni tanimadingizmi?
O x u n d (Ibrohimbiyga qarag‘andan so‘ng). Kenagas ota-
liqmi? Ko‘rishaylik-ey.
I k k a l a s i borib ko‘rishgach, o‘tirarlar.
Q o z i N i z o m (Ibrohimbiyga). Otaliq, xudoga shukur 
qilingiz. Bekning g‘ayratlari bilan dushmanlaringiz yo‘qol dilar. 
Emdi qolg‘an umringizni shu kishining ko‘lagasida tinchg‘ina 
o‘tkararsiz.
I b r o h i m b i y javob bermaydir.
R a h i m b i y. Bir-ikki shar’iy masala bor. Shuni so‘ramoq 
uchun sizlarni chaqirdim.
O x u n d. Marhamat qiling, taqsir!
R a h i m b i y. Shul to‘rt-besh kunlik janjalimizda Abul-
fayzxon bilan yana bir necha kishi o‘ldilar.
O x u n d. Ha, taqsir.
R a h i m b i y. Bularning o‘limiga men sabab bo‘ldim. 
Shuning shariatda hukmi nima bo‘lsa?
O x u n d. Taqsir, ho taqsir, masalan, «bolvoyi om»da
1
o‘lganlarning qotili hech kim bo‘lmaydir. Ular bolvoyi omga 
sabab bo‘ldilar, shariatning hukmi shudir, taqsir.
1
B o l v o y i o m – «bolvo», ya’ni balolar; «om» – ommaviy so‘zining qis
-
qa shakli. Ibora to‘lig‘icha «balo-qazolarning birdan yopirilib kelishi» ma’nosini 
beradi.


26
Q o z i N i z o m. Abulfayzxon hukumat ishlarini bajara 
olmadi. Shuning uchun hukumatni boshqa kishig‘a top-
shirmog‘i kerak bo‘ldi. Buni qilmag‘ach, jazosini ko‘rdi.
R a h i m b i y. Bizning oramizda bir so‘z bor: Chingizxon 
avlodidan bo‘lmag‘an kishi xon bo‘la olmaydir, deylar. Bu 
to‘g‘rida shariatning hukmi nima bo‘lsa?
O x u n d. Shariatda bunday bir narsa yo‘qdir. Kimning 
qo‘lidan ish kelsa, shul xon bo‘la beradir.
R a h i m b i y. Shul eski masala to‘g‘risida rivoyat (fatvo) 
berasizmi, taqsir?
Q o z i N i z o m. Albatta, beramiz.
R a h i m b i y. Erta shuni yozib keltiringiz!
O x u n d. Xo‘b bo‘lubdir.
I b r o h i m b i y. Rahmatli Rajabxon bilan birlashib, Abul-
fayzxonga qarshi urushg‘animizda shunday kengashgan edik-
kim, Buxorog‘a borib kirsak, butun mullolarni bir madrasag‘a 
solib, o‘t qo‘yamiz-da hammasini yondiramiz. Elimizni bu-
zib, rasvo qilg‘an shular. Bular diningizni tuzatamiz deb, 
dunyomizni murdor
1
qildilar.
Q o z i N i z o m. Nima qildik biz?!
I b r o h i m b i y. Siz Qozi Nizom emasmi?
Q o z i N i z o m. Ha, men Qozi Nizom.
I b r o h i m b i y. Tunov kun Abulfayzxonni «soyayi xudo» 
deb oyoqlarini o‘pmag‘an edingizmi? Abulfayzxon xotinlar 
bilan ichishib yotg‘an bir kechaning ertasida, uning oldig‘a 
kelib: «Bu kecha tushimda payg‘ambarni ko‘rdim, sizni so‘rab 
yubordilar», – deb, chopon kiyganingizni unut 
dingizmi? Tu-
nov kun sizga chopon bergan soyayi xudoning o‘limiga bu 
kun fatvo berasiz, hech uyalmaysizmi? Tushi 
ngizda Abul-
fayzxonni so‘rag‘an payg‘ambar, yana bir yo‘la tushingizga 
kirib, uni so‘rasalar, nima deysiz? Bular oz emish kabi, 
Chingizxonning yosog‘ini ham yo‘q qilmoqchi bo‘lasizmi?
D o n y o l b i y. Otaliq aka, shariatning hukmi shu ekan-da.
I b r o h i m b i y. Men shariat-mariatni bilmayman. Ishi-
ngizni to‘g‘rilamoqchi bo‘lsangiz, qurultoy chaqirasiz. Bular-
ning so‘zi yarim chaqag‘a arzimaydir.
M i r V a f o kelar.
M i r V a f o. Eron sardorlari keldilar.
1
M u r d o r – nopok, harom; o‘limtik.


27
R a h i m b i y (Donyolbiyga). Otaliqni siz qo‘noq qilingiz. 
Bu kishiga yaxshi qarashib, hurmat ko‘rsatingiz. (Mir Vafo­

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin