29
A b d u m o‘ m i n x o n. Bek bobo, meni chaqirdingizmi?
R a h i m b i y. Ha, o‘g‘lim, sizni chaqirdim. Eron sardor-
lari yurtlarig‘a qaytar ekanlar. Sizni ko‘rib, fotiha olarlar.
A b d u m o‘ m i n x o n. Qani?
R a h i m b i y. Kelarlar. Siz taxtg‘a chiqib o‘tiringiz. (
Ab
dumo‘minxon taxtga chiqib o‘tirar.) Eron sardorlari kelganda:
«Nechun ketasiz, bizning Buxoroda qolsangiz bo‘lmasmi!» –
deb qarang. Ular: «Yo‘q, ketamiz», – deylar. So‘ngra
bularga
yigirma ming tangadan pul berilsin, deb menga buyuringiz.
A b d u m o‘ m i n x o n. Xo‘b.
R a h i m b i y (
sharbat shishasiga yondoshib, shundan bir
piyola ichkan bo‘lib). Bay, ba...y, yaxshi sharbat ekan-da.
Siz tomoq yedingizmi?
A b d u m o‘ m i n x o n. Ha, yedim.
R a h i m b i y. Bir piyola ichasizmi?
A b d u m o‘ m i n x o n. Hay, ichaman. (
Rahimbiy piyolani
to‘ldirib berar. Abdumo‘minxon birdan ichar.) Biroz achchig‘mi?
R a h i m b i y. Biroz... (
Piyolani olib joyig‘a qo‘yar.) Albat-
ta, foydali dorilar soling‘andur. Erta Qozi Nizomga mirasad-
lik
1
o‘rini bersangiz bo‘lurmi?
A b d u m o‘ m i n x o n. Bo‘lur. (
Yuragini tutib.) Yuragimni
yondirib yubordi, bu nima edi?
R a h i m b i y. Menga bir narsa bo‘lmadi-ku!
A b d u m o‘ m i n x o n (
ikki qo‘li bilan ko‘kragini tutib,
buruladir). Voy, yondim. (
Yalinar.)
Bek bobojon, bu nima
edi? Yondim.
R a h i m b i y. Jim turingiz, hech narsa qilmaydir.
A b d u m o‘ m i n x o n (
chiday olmay). Voy yondim... biroz
suv beringiz! (
Abdumo‘minxonning ko‘zlari olayib, yuzi buzila
boshlar.) Yondim. Biroz suv beringiz! (
Qusmoq istaganda,
taxt
dan yumalanib, tubanga tushar. Rahimbiyning singirlari
buzilar, kuchli bir vijdon azobiga uchragan kabi devorg‘a
tayanib, ko‘zlarini Abdumo‘ming‘a tikib, qotib qolar. Qusib,
talpinib, qiynalib yotg‘on Abdumo‘minxon birdan boshini
ko‘tarar.) Jallod! (
Rahimbiy seskanar.) Meni ham o‘ldir-
dingmi?! (
Yana yiqilib, talpinatalpina jon berar.)
1
M i r a s a d – «mira» xoja, boshliq, katta ma’nolarini beradi, «sad» esa yuz
raqamini anglatadi. Bu mansab saroydagi yuzboshilikka yaqin mansablardan biri.
30
Ko‘k gumburlar, qattiq bir yel esib, shamlarni o‘chirar. Shu
tobda taxtning bir chetidan, yigirma yashar eronli aft bir X a y o l
chiqar. Sochi orqag‘a qaytarilib, bo‘yni to‘g‘risidan
kesilgan, boshi
yalang, egnida kafan, og‘ir yurib, R a h i m b i y ning qarshisig‘a
borib turar. R a h i m b i y juda qo‘rqib, qattiq titrar.
R a h i m b i y (
bo‘g‘iq). Bu kim!.. Kim bu!..
X a y o l qo‘li bilan imlagach, parda ochilib, o‘liklar turg‘an
boyagi zindon ko‘rinar.
X a y o l (
og‘ir tovush bilan shul forscha nazmni o‘qur).
Surati adli Xisravon in ast:
(
zindonni ko‘rsatur)
Zulm dar olami g‘araz din ast.
Ojizonro dihan g‘utta ba xun,
(
o‘liklarni ko‘rsatar)
To shavad xilvati havas gulgun.
Adl in rang tuxmi ra’fat kosht,
V-ey agar zulm teg‘ mebardosht
1
.
R a h i m b i y. Bu kim?..
X a y o l (
taxtga qarab). Ey qora kuch,
qurib ketgur
taxt! Hech gunohi bo‘lmag‘an bolalardan, tog‘ kabi yigit-
lardan, millionchalari sen uchun qurbon bo‘lub ketarlar.
Insonlar tomonidan yaratilg‘an minglarcha tangrining eng
buzuqboshi, eng shumi, eng qop-qora saodat – sensan.
Ostingda qolg‘anlarni ezguchi bir falokat yuki bo‘lg‘aning
kabi, ustingga chiqqanlarning borliqlarini yondirg‘uchi bir
olov tepasidirsan!
R a h i m b i y. Kim bu? (
Qo‘rqaqo‘rqa ikki odim ilgari
bosib, bir narsa so‘ramoqchi bo‘lur. Xayol so‘ylag‘ach, yana
qo‘rqib keyinga qaytar.)
X a y o l. Sen fazilatlik bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzib
tashlading. Inju tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supur-
gisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarini bo‘g‘izlading.
1
Bu tizim Bedildandir.
Xusrav (shoh)lar adlining shakli shunday:
G‘araz olamidagi (kishilarning) dini zulmdir.
Zaiflarni qonga sho‘ng‘itishadi,
Toki havas kiyimi rang-barang bo‘lsin deb.
Ey, zulm tig‘i o‘rtadan ko‘tariladigan bo‘lsa,
Adolat shu tarzda yuksaklik urug‘ini ekadi.
31
Bola xanjari bilan otalarni yiqitding. Do‘stlarni bo‘g‘ishtirding,
o‘rtoqlarni urushtirding.
Dalaning erkini, shaharning tinchini,
erlarning g‘ayratini, xotinlar
ning ismatini
1
talatding. Otamdan
qochib, o‘ziga sig‘ing‘anim holda uyalmayin, boshimni kes-
dirgan Afrosiyobingdan mana shu kimsasiz bolani og‘ulatib
yiqitqon Rahimxoningg‘acha minglarcha yirtqich xoinlarni sen
yaratding, sen yashatding.
Ey insonning dushman tangrisi,
qachong‘acha bu ongsizlar to‘dasini o‘zingga ham topindirib,
ham qurbon qilarsan?! Ey boyqushlar qafasi, bunday dev
ishtiholiq hayvonlarning
2
qo‘li bilan qachong‘acha dunyolarni
bir-biriga urib turasan?! Tinchlik saqlamoq bahonasi bilan
millionlarcha inson ko‘masini
3
chuqurdan chuqurg‘a yumalat-
mog‘ingning zamoni hanuzg‘acha bitmadimi?!
R a h i m b i y (
o‘ylar).
Afrosiyob, deydir. Otamdan qochdim
deydir. (
Birikki odim ilgari bosib, qo‘rqaqo‘rqa.) Sen kimsan?!
X a y o l. Men... Sening kabi bir zolim qo‘lida mana
shuning kabi (
Abdumo‘minning o‘ligini ko‘rsatar) hech bir
narsani bilmayin, onglamayin, bo‘g‘izlang‘an bir mazlum –
Siyovush!... Ey qora yurakli boyqush, bundan senga qolg‘an
vayronani qutlamoq uchun keldim.
Insonlik dunyosi, esi-
ni bir joyga to‘plab, o‘z ishiga o‘zi ega bo‘lg‘ancha, sen
ham, sening kabilarning ham ixtiyoringizdadir. Istaganingiz-
cha hukm sura olarsiz. (
Sekinsekin uzoqlanib, yo‘qolar.)
R a h i m b i y. Siyovush... Siyovush. (
Xayol tomonidan tor
tilg‘an kabi, uning ketidan yurib, sahnadan chiqar).
Parda tushar.
Dostları ilə paylaş: