Adabiyot 11 II qism indd



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/45
tarix11.11.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#132032
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
adabiyot 2qism 11 uzb

ga.) Siz sardorlarni keltiringiz. (Donyolbiy, Ibrohimbiy, Mir 
Vafo chiqarlar. Rahimbiy mullolarg‘a so‘ylar.
) Men Eron 
sardorlarini chaqirdim. Eron qo‘shini Buxoroda qola bersa, 
yaxshi bo‘lmaydi. Buxorodan chiqib ketishlarini taklif qi-
laman.
O x u n d. Ko‘b yaxshi qilasiz, bek. Kelgan qo‘noqning 
ketishi yo‘qmi? Buxoroda nima ishlari bor?
R a h i m b i y. Bu kecha menim so‘zimni tinglamay, yana 
Buxoroda qolmoqchi bo‘lsalar, bu to‘g‘rida erta sizlar bilan 
boshqacha kengasharmiz. Albatta, erta shul rivoyatlarni olib 
kelarsiz.
O x u n d, Q o z i N i z o m. Xo‘b bo‘libdir (Turarlar.)
R a h i m b i y. Ketasizmi emdi?
O x u n d. Ketaylik, bek.
R a h i m b i y. Xo‘b.
O x u n d bilan Q o z i N i z o m chiqadi. M i r V a f o bilan 
Eron sardorlari H u s a y n x o n, A h m a d x o n kelarlar. Salomdan 
so‘ng o‘tirmasdan so‘ylasharlar.
H u s a y n x o n. Chaqirg‘an ekansiz, keldik, bek!
R a h i m b i y. Xush keldingiz. Sizni chorlatganimning sa-
babi shul: aziz qo‘noqlarimiz bo‘lg‘an Eron qo‘shini biz 
uchun ko‘b musofirchilik chekdilar. Shukur, mana o‘lkamiz 
tinchlanib qoldi. Eshitishimizga ko‘ra, podshohimiz Nodir-
shoh shahid bo‘lg‘anlar. Endi bu aziz qo‘noqlarg‘a xizmat-
larig‘a yarasha jaldular
1
berib, yurtlarig‘a qaytarsak, bizdan 
rozi bo‘lurlarmi?
H u s a y n x o n. Bek, qarorimiz boshqacha edi. Bizga 
Abulfayzxonni omon-eson Erong‘a erishdirmak xizmati top-
shirilg‘an. Siz Abulfayzxonni bizga qachon topshirsangiz, 
biz shul daqiqada chiqib keta berarmiz. Xonni topshirmay 
ekansiz, Eron qo‘shini ham yota beradir.
R a h i m b i y. Nodirshoh o‘lmaganda, men Abulfayzxonni, 
albatta, siz bilan yuborar edim. Bu kun Nodirshoh o‘lgan. 
Eronda Abulfayzxonning hech kimga kerakligi yo‘q. Shuning 
uchun xonni sizga topshirmoqning ma’nosi qolmag‘an.
1
J a l d u – sovg‘a, in’om.


28
H u s a y n x o n. Nodirshoh o‘lgan bo‘lsa, Eron tirikdir. 
Eron podshohi «Abulfayzxonning jonini qutqaringiz» deb, 
o‘z qo‘shinig‘a buyurg‘an. Biz uning shul buyrug‘ini yeriga 
kelturarmiz.
R a h i m b i y. Mayli. Bizning xon sizga shuncha lozim 
ekan, chiqarib berar edim, biroq u kishi shu kun erta lab o‘zla-
rini o‘ldirganlar. O‘liklarini sizga chiqarib bermak unum 
sizdir.
H u s a y n x o n. Nima, Abulfayzxon o‘ldimi?
R a h i m b i y. Shu kun erta bilan o‘zlarini pichoqlab 
o‘ldirdilar. (Eron sardorlari hayrat bilan bir­birlariga qaray­
lar. Rahimbiy so‘zining ta’sirini ko‘rgach, gapira berar.) Aziz 
qo‘noqlarim! Abulfayzxon o‘ldi. Nodirshoh o‘ldi. Sizning 
bunday yot o‘lkada boshsiz, tilaksiz turishingiz foydasiz 
bir ish. Elimiz Nodirshohning o‘lganini eshitsa, sizni tinch 
qo‘ymasa kerak. Xazinadan sizlarga yigirma ming tangadan 
pul beraylik, qo‘shiningizg‘a ulashib beringiz-da, yurtingizga 
qarab keta beringiz.
A h m a d x o n. Bek! Biz bu ishdan bir narsa onglayolma-
dik. Xonni kim o‘ldirgan? O‘zimi, dushmanlarimi? Bu ochiq 
bilinmadi. Biz qo‘shinimizg‘a qaytib, kengasharmiz. Qanday 
bir qarorga kelsak, sizga bildirarmiz.
R a h i m b i y. Xo‘b, qachon bildirarsiz?
A h m a d x o n. Erta bildirsak kerak.
R a h i m b i y. Xo‘b bo‘ladir. Shunday qilingiz.
H u s a y n x o n. Xudo hofiz, bek!
R a h i m b i y. Xudo hofiz.
E r o n s a r d o r l a r i chiqib ketarlar.
(Mir Vafoga) Siz O‘rdag‘a boringiz. Abdumo‘minxonni 
ko‘ringiz. Eron sardorlari sizdan fotiha olib, yurtlarig‘a qaytar 
ekanlar, deb bu yoqqa yuboringiz. O‘zingiz keta beringiz.
M i r V a f o. Xo‘b. (Ketar.)
R a h i m b i y (yolg‘iz yurib so‘ylar). Emdi ikkinchi bosqich-
ni bosmoq kerak. Bu qo‘g‘irchoqni yo‘q etmasak, boshimizg‘a 
bir balo chiqg‘usidek ko‘rinadir. (Kissasidan bir kichkinagi 

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin