to‘xtab.) Biz Farhod otaliqqa shuncha yaxshilik qildik, bit
-
tasini ham bilmadi. Yana bizg‘a xiyonat qila boshladi. Eng
so‘ng o‘z boshini yeydi.
R a h i m q o‘ r ch i bilan I b r o h i m b i y shoshqin tinglaydilar.
Farhod otaliqni o‘rindan tushirdik. O‘z jazosini yaqinda
ko‘rar. Uning o‘rnida, Ibrohimbiy, seni otaliq qildik. Rahim
qo‘rchi, senga ham to‘qsobalik
1
berdik. Inoq, otang ham
yaqinda katta mehribonchilik ko‘rarlar.
Ikkalasi turib, qulluq qilarlar.
I b r o h i m b i y. Hazratimg‘a arzim bor.
X o n. Ayt!
I b r o h i m b i y. Otaliq o‘rni juda katta o‘rin, men bajara
olmayman.
X o n. Nega bajara olmaysan, uning nimasi bor?!
I b r o h i m b i y. Farhod otaliq kabi o‘tkir bir odamning
bajara olmag‘ani bir ishni men qanday bajararman?!
X o n. Nimasi bor, nimani bajara olmaysan?!
I b r o h i m b i y. Xoqonimizni rozi qilmoq juda qiyin bir
ish bo‘lib qolg‘an.
X o n. Nima deganing bu?!
I b r o h i m b i y. Shul Ulfat bilan Davlatni rozi qilma-
sam, siz quvonmaysiz, bu ikkisini rozi qilmoq-da mumkin
emasdir.
X o n. Devona bo‘ldingmi?!
I b r o h i m b i y. Devona emas, to‘g‘riman, to‘g‘rilikning de-
vonalikdan yomonroq natijalar berganini bilaman. Yana to‘g‘ri-
likdan ayrila olmayman, xoqonim! Shul ikki odam bo‘lmagan-
da, siz Farhod otaliqni yo‘q qilmoq fikriga tushmas edingiz.
X o n (qizg‘in.) So‘zni uzatma, qabul et!
1
T o‘ q s o b a –
aslida,
to‘qsabo, O‘rta Osiyo xonlik va amirliklarida oliy
harbiy unvon va shu mansabga ega bo‘lgan shaxs.
11
Q o z i N i z o m bilan R a h i m q o‘ r ch i ko‘zlari bilan uni
qabul etdirarga tirisharlar.
I b r o h i m b i y. Buyrug‘ingizni qaytarmoq qo‘limdan kel-
maydir, qabul etaman. Biroq bir kun menim ham o‘limimg‘a
hukm chiqararsiz, xoqonim!
X o n. Qabul etdingmi?!
I b r o h i m b i y. Qabul etdim.
X o n. Emdi chiqib, saqlovda yotingiz. Erta bilan yor-
liqlaring‘iz chiqar.
I k k a l a s i ham duo qilib, chiqib ketarlar. Bular chiqqach,
U l f a t x o‘ j a s a r o y qizil o‘rtuk
1
bilan o‘rtulgan bir taboqni
ko‘tarib kelar, xonning oldig‘a qo‘yar. O‘zi ikki odim keyinga
borib, qo‘l qovushtirib turar.
Och ustini!
U l f a t o‘rtukni olar, taboqda F a r h o d o t a l i q ning qong‘a
bo‘yalg‘an oq soqolli boshi ko‘rinar.
X o n (yovvoyi kulish bilan). Xo... xo... xo... eng so‘ng
o‘lim... o‘lim janjalimizni bitirdi. Butun janjallarni o‘lim
bitiradir.
U l f a t. Xoqoni olam eson bo‘lg‘aylar.
X o n. Buni chiqarib, «Chil duxtaron» qudug‘iga tashlat.
(Ulfat taboqni olib chiqar.) Yeganlari tuzni o‘ylamag‘anlar-
ning jazolari shuldir. (Qozi Nizom bilan Mir Vafog‘a.) Sizga
javob emdi.
Q o z i N i z o m. Tangri hazratimg‘a esonlik bergay.
I k k o v i ham duo qilib, turib ketalar.
X o n (yolg‘uz). Shul tiriklikdan-da bezdirdilar meni. (Tu
rib yuradir.) Bir dushmanimning qoni qurimayin, yana
bittasi chiqib qoladir. Bu Ibrohim ahmoq ham meni tinch
qo‘ymay turg‘andek ko‘rinadir. Qachong‘acha o‘ldiraman
bularni! Ortiq hech kimning menga ishonchi qolmadi...
Bularning o‘zi yo‘lg‘a kelib, menga dushmanlik qilmoq
ni
tashlasa, nima bo‘lur! Yo‘q... yo‘q. Bularning o‘zi yo‘lg‘a
kelmaydir. O‘ldiraman, o‘ldiraman. Dunyoda bitta dush-
manim qolmag‘ancha, qon to‘kaman. Ulfatning so‘zi to‘g‘ri!
1
O‘ r t u k – parda.
12
Podshohlik qon bilan sug‘orilaturg‘an bir og‘ochdir. (Ulfat
ning kirganini ko‘rib, jo yiga o‘tirar). Kel, Ulfat, o‘tir. Qanday
qilib o‘ldirding?!
U l f a t (o‘turar). Xoqonimizning ishlari bor, deb kel-
tirdim. Bir uyga kirgizdim. Unda yoshirinib turg‘an ikki
kishi birdan chiqib yopishdilar. Biroz talashg‘andan so‘ng,
yiqitib, boshini kesdilar.
X o n. Hech kim onglamadimi?
U l f a t. Kimsa onglag‘an emas.
X o n. Ibrohim kenagasni otaliq qilmoqchi bo‘lib, o‘ziga
so‘yladik. Uning ham tusi boshqacha-ku!
U l f a t. Nima dedi?
X o n. Ko‘b ahmoqliklar qildi. Sening uchun ham ma’no-
siz so‘zlar so‘yladi. Hakim inoqning o‘zini otaliq qilsak
bo‘lmaydirmi?
U l f a t. Xoqoni olam! Hakim inoqning Nodir
1
bilan
xabarlashib turg‘ani aniq. Shu tobda uni (ish) boshiga qo‘yib
bo‘lmaydir. Shuning o‘zi bo‘la bersin, to‘g‘rilik bilan ishlasa,
turadir. Yo‘qsa, Farhod otaliq izidan bora qoladir-da!
X o n. Ulfat, men bu ishlardan bezdim. Bu odamlarning
bittasi ham menga to‘g‘ri qaramaydir. Farhod otaliq yomon-
lik qildi. Hakim inoqning qilg‘an ishlarini ko‘rib turibsan.
Ibrohimni odam deb o‘ylasam, bu ham buzuqqa o‘xshay-
dir. Qon to‘kmakdan-da bezdim. Akamni o‘ldirdim. Ko‘b
do‘stlarimni o‘ldirdim. Meni bir ota kabi asrag‘an Farhod
otaliqni(ng) boshini oyoqlar ostida ko‘rdim. (Ko‘zlarini tutub.)
Uf... ko‘zlarim qong‘a to‘ldi. Kechalar uxlay olmayman.
Ko‘zlarimni yumg‘ach, butun o‘lg‘anlar, o‘ldirg‘anlarim meni
aylantirib olalar, siralanib, yonimdan o‘talar. Meni qo‘rqita-
lar, menga kulalar!..
U l f a t. Xoqonim, bularni o‘ylamangiz. O‘liklarni esingiz-
dan chiqaringiz. Yotoqqa kirgach, Qur’ondan bir oyat o‘qib
yotingiz. Bular hammasi o‘tg‘usidir. Yaqinda dushmanla-
ringizning hammasini bitirarmiz. Hozir emdi boshqa ishlari-
mizni ko‘raylik.
X o n. Yana nima ish?
U l f a t. Farhod otaliqning qizini keltiraylikmi?
1
N o d i r – Nodirshoh nazarda tutiladi. Ulfat Abulfayzxonning eng yaqin
odami sifatida Nodirshohga bo‘lgan nafratini ayamay uni mensimayroq Nodir
deb murojaat qilyapti.
13
X o n. Erta bilan kishi yuborursan. Men emdi charcha-
dim, biroz uxlayin. Sen ham ket, ishlaringni ko‘r. Bittasini
yubor, choponimni olsin. Tanburchilarg‘a ayt, ikki tanburni
kamoncha qilib bir «Husayniy»
1
chalsinlar.
U l f a t. Xo‘b bo‘libtur.
U l f a t chiqar. X o n salla, choponini chiqara boshlar. X i z -
m a t ch i kelib, xonning salla, choponini olib, bir chetg‘a qo‘yar,
X o n ning kecha kulohini berib, shamlarni o‘chirib chiqar. X o n
kulohini kiyib, yotoqda uzanib yotar. Tashqarida ikki kamonchi-
ning «Husayniy» cholg‘ini eshitilar. Cholg‘i sekinlanib bitganda,
x o n uxlagan bo‘lur. Biroz so‘ngra x o n ning o‘ldirilg‘an akasining
xayoli qonli kafan bilan ko‘rinadir.
X o n ( tushida). Akam... Nechun keldi... ( Bo‘g‘dirilg‘ani,
Dostları ilə paylaş: |