14
TO‘RTINCHI PARDA
Eski bir gilam bilan ikki-uch eski ko‘rpa to‘shalg‘an o‘rtacha
bir uy. Chetdagi bir kat uzra A b u l f a y z x o n ko‘ylakchan yotqon,
uxlaydir. Kat yonida bir kursicha uzra qo‘yilg‘an shamdonchaning
shami yonib turadir. Birozdan keyin Q u r b o n g u l
bir oftoba suv
olib kelar, oftobani toshnov
1
yonig‘a qo‘yib, o‘zi sekingina qaytib,
xonning yuziga qarar.
Q u r b o n g u l (
yolg‘uz). Uxlaydir... sho‘rim qursin. Dun-
yoning qora chiziqlarini o‘qimoq uchunmi keldim men!
Xudoning soyasi deb, podshohlarning uyiga sig‘indim. Bun-
da ko‘rganlarimni hech ko‘z ko‘rmasin. Menim shuncha
yig‘lashlarimga qaramayin, shul xon akasini o‘ldirdi,
uning
taxtig‘a chiqdi. Karmina begini bola-chaqalari bilan tutib,
keltirib qamadi. So‘ngra bitta-bitta hammasini bo‘g‘dirib,
quduqqa tashlatdi. Bu kun esa o‘zini Rahimbiy qamab
qo‘yibdir. Erta, albatta, o‘ldirar. Buning joyida o‘zi «soyayi
xudo» bo‘lur. Bir-ikki yildan keyin yana bittasi chiqar. Uni
ham sag‘anag‘a jo‘natib, «soyayi xudo»likni o‘ziga olar. Biz-
da esa bu qora kunlarning qayg‘usi qoladir. (
Biroz o‘ylab.)
To‘g‘risini aytganda, yana o‘zimiz tinch. Xudo soyasi-da
bo‘lmaymiz, o‘ldirilmaymiz-da. Och qornim, tinch qulog‘im.
(
O‘ng qo‘lining barmoqlarini uch yo‘la o‘pib, yelkasiga urar.)
Ko‘zim ko‘rmasin-ey! Uch-to‘rt yil xudo soyasi bo‘l. So‘ngra
qamal, so‘ngra o‘l... Menga nima kerak shular? (
Uzoq
dan kelgan azon tovushin tinglab.) Azonlar o‘qildi. Xonni
uyg‘otay, namozin o‘qisin. (
Yotoq oldig‘a borib, xonning oyoq
larini uqalar.) Xon bolam, arslonim... turmaysizmi?
X o n (
seskanib uyg‘onar). Hah... kimdir (
Yotoqda o‘tirib.)
Kimdir? Senmi, Qurbongul?!
Q u r b o n g u l . Men, men. Qo‘rqitdimmi sizni?
X o n (
ko‘zlarini uqalab). Yo‘q, yo‘q... Nechun kelding?
Q u r b o n g u l . Azon o‘qildi,
suv keltirdim, tarat qilmay-
sizmi?
X o n. Nima gaplar bor, Qurbongul?
Q u r b o n g u l . Tinchlik, arslonim!
X o n (
o‘ylaydi). Bular har so‘rag‘animda mana shunday
1
T o sh n o v – uyning bir burchiga suv ketadigan qilib qo‘yiladi, buni
«avraz» ham deydilar.
15
tinchlik, tinchlik deb meni dunyodan xabarsiz qoldirdi
lar.
Men qamoqda, taxtim boshqalar qo‘lida,
bola-chaqala
rim
bilmadim qayerda. Yana tinchlik ekan. Bilmam bular tinch-
sizlik deb nimani deylar. (
So‘ylar.) Qanday tinchlik? Ulfat-
dan xabaring bormi?
Q u r b o n g u l . Ulfat qochgan, uni axtarib turarlar. Davlat
to‘qsoba bilan Jiyanqulbiy, Xo‘jaqulbiy, Karimbiy, Bahrinbiy-
ni
tutib qamadilar, ertagacha o‘ldirar ekanlar.
X o n (
ko‘z yoshlarin artib). Meni nima qilar ekanlar,
ongladingmi?
Q u r b o n g u l . Nega yig‘laysiz, arslonim?! Nima bo‘lsa,
xudoning buyrug‘i bilan bo‘lar. Tunov kun podsho bibiyim
ulug‘ eshong‘a ko‘p pul yuborib, siz uchun duolar oldilar.
Albatta, shular bir ish qilar.
X o n. O‘g‘illarim qayda?!
Q u r b o n g u l . Omon-eson, tinch. Podsho bibiyim bilan
birga turalar.
X o n. Oh... o‘g‘illarim, sizni kimga topshirarman emdi?!
(
Yig‘lar.)
Q u r b o n g u l . Nega yig‘laysiz, arslonim?
Xudo ursin-
kim, bolalaringizg‘a hech bir narsa bo‘lgan yo‘q, ular tinch
o‘tiribdurlar.
X o n (
nafrat bilan). Qo‘y meni o‘z holimda. Budan
keyin shul «tinch» so‘zini menim yonimda aytma! Dunyo-
da hech bir ma’nosi bo‘lmagan bu so‘zni sen eng yomon
ma’nolarda ishlatib turasan. Men qamaldim – tinch, bolala-
rim qamoqda – tinch. Ulfatni axtaralar, Davlatni o‘ldiralar,
yana tinch! Bu qanday «tinch», bu qanday tinchlik... Oh,
bolalarim, siz nega kichiklikda baxtsizlikka uchradingiz! Bun-
ga menmi sabab bo‘ldim? (
Qattiq yig‘lar.)
Koshki dunyoga
kelmagan bo‘lsa edim.
R a h i m b i y kelar. Q u r b o n g u l bir chetda qo‘l qovushtirib
turar.
R a h i m b i y. Xon hazrat, nega yig‘laysiz?! Xon (
seskanib.
Dostları ilə paylaş: