9 1
«TELEFONDA AYTILGAN ERTAKLAR» TURKUMIDAN
QUTBDAGI GUNAFSHA
Bir kuni ertalab Shimoliy qutbda katta ayiq uyqudan uyg‘o-
nibdi. Uyg‘onibdi-yu, havoni hidlay boshlabdi. O‘ng tomonga
qayrilib hidlabdi – hech nimaning isi kelmabdi, chap tomonga
o‘girilib hidlabdi – birdan g‘alati bir hid sezibdi.
– Hm, – deb to‘ng‘illabdi ayiq yonidagi urg‘ochi ayiqqa, –
bu tomonga biror ekspeditsiya kelib qolganga o‘xshaydimi?
Lekin shu payt ayiq bolalari sal naridan binafsharang gunaf-
sha topib olishibdi. Gunafsha juda nimjon, poyasi ham ingichka
ekan. U sovuqda dir-dir qaltirarmish, lekin sira bo‘sh kelmay
dadil hid taratarmish, chunki bu uning burchi ekan-da.
– Oyi! Dada! – deb qichqirishibdi ayiqchalar.
– Shu atrofda g‘alati bir narsa bor deb darrov aytdim-a, –
debdi oq ayiq oilasiga. – Lekin, menimcha, bu baliqqa o‘xsha-
maydi.
– Albatta, baliq emas, – debdi ona ayiq. – Qush ham emas.
– Ha, to‘g‘ri aytding, – debdi ayiq xotinining gapini chuqur
o‘ylab olgach.
Kechga borib bu yangi gap butun qutbga tarqalibdi.
Bepoyon, ko‘z ilg‘amas muz sahrosida ushoqqina binafsharang
jonivor paydo bo‘lib chor atrofga g‘alati bir xushbo‘y hid tara-
tarkan. U birgina ingichka oyoqchasida qad ko‘tarib turarmish
va o‘lmas emish.
Gunafshani tomosha qilgani kelganlarning son-sanog‘i yo‘q
emish. Sibirdan bug‘ular chopib kelishibdi. Amerikadan ho‘kiz-
simon hayvon darak topib kelibdi, morj va tyulenlar suzib ke-
lishibdi, qayoqdandir uzoq-uzoqlardan oq shimol tulkisi kelib
qolibdi, bo‘rilar yetib kelishibdi, birinchi bo‘lib albatta chaqim-
chi dengiz zag‘izg‘onlari yetib kelishibdi. Hamma bu g‘alati,
yovvoyi gulni, uning ingichka qaltiroq poyasini ko‘rib hang-u
mang bo‘libdi, uning nafis xushbo‘y hididan to‘yib-to‘yib nafas
Dostları ilə paylaş: