1 0 3
Bibi Ubayda
1
bo‘ladur xolamiz,
Goh kelur erdi kichik bolamiz.
Xizr
2
otamlarga
birodar erur,
Chimlig‘ azizlar
3
menga dodar
4
erur.
Garchiki men olim-u shayxi zamon,
Qirqingiza emdi beray bir qozon.
Manki tanobingg‘a
chiqibman kelib,
Xizmatimi yaxshi qilinglar bilib.
O‘t qo‘yubon kuyduradurg‘on o‘zim,
Hokiming-u o‘lduradurg‘on o‘zim.
Xoh tanobingni du chandon qilay,
Xoh karam birla boshingni silay».
Xo‘ja so‘zini munga bermay qaror,
Mardumi sahroyi
5
bo‘lur beqaror.
Derki Hakimjoni: «Ayo oqsoqol,
Bizni topibsan magaramkim o‘sol
6
?
Hozir etib to‘rt
nafar mardikor,
To‘g‘ri qil oldimg‘a qilibon qator.
Arqonimi yeringa sudrab chiqay,
Bachchataloq qishloqilarni uray.
Bir burayin mo‘ylabimni chiqib,
Tort tanobini jazosi siqib!
1
Bibi Ubayda – avliyo ayollardan.
2
Xizr – Qur’onda nomi tilga olingan payg‘ambar.
3
Chimlig‘ azizlar – Turkiston tomonlarda o‘tgan avliyolar.
4
Dodar – ini, uka.
5
Mardumi sahroyi – qishloq odami.
6
Bizni topibsan magaramkim o‘sol? – Bizni juda bechora odamlardan deb
o‘yladingmi?
1 0 4
Yaxshilig‘ingni
fuqaro bilmagay,
Holi bular ko‘zga bizi ilmagay.
Ikki tanobini qilay o‘n tanob,
Yurtingizi kuydurub aylay xarob.
Xoh o‘ling, xoh qoling, bachchag‘ar»,
Debki, uzangiga ayog‘in tirar.
Bir-biriga qishloq eli boqishib,
Goh u yon, goh bu yon chopishib.
Jam bo‘lishib, aylayubon maslahat:
«Do‘g‘mag‘a, – der, – bir nima berib jo‘nat»
1
.
Aqcha qo‘lida iki-uch mo‘ysafid,
Derki: «Bu nazringiz-u, bizlar murid».
Zulm
bilan ellig-u yuzni olur,
Boz tanobini duchandon solur.
Tag‘i bular yaxshi-yu, bizlar yomon,
El tamizidin
2
hazar et, alamon
3
...
So‘zni, Muqimiy,
kerak etmak tamom,
Mazzasi qolmas uzun o‘lsa kalom.
1. Muqimiy hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? Gapirib bering.
2. Muqimiy adabiy merosi qaysi janrlardan iborat? Ularning hajmi
qancha misrani tashkil etadi?
3. Muqimiy ijodini tadqiq etgan olimlardan kimlarni bilasiz?
1
Dostları ilə paylaş: