1 0 7
O‘zgalarga rohat-u, menga azob.
(Qarshilantirish)
Bunday tasvir vositalarini boshqa hajviy asarlarda ham ko‘p-
lab kuzatish mumkin.
Jahon
adabiyotida, jumladan, o‘zbek adabiyotida ham hajviy
asar yozma va og‘zaki adabiyotning mustaqil yo‘nalishi
sifatida
taraqqiy etib kelyapti. Mumtoz adabiyotimizning Gulxaniy,
Maxmur, Muqimiy, Zavqiy, bugungi adabiyotimizning Said
Ahmad, Ne’mat Aminov, Anvar
Obidjon kabi hajvchi adib va
shoirlari ijodi buning yorqin misolidir.
1 0 8
O‘zbek milliy nasrining zabardast vakillaridan biri yozuvchi
Abdulla Qahhor 1907-yilning 17-sentabrida Qo‘qon shahridan
uncha uzoq bo‘lmagan Asht qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning
otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shug‘ullanardi. Ustaning
oilasida garchi juda ko‘p farzand tug‘ilgan bo‘lsa-da, ular
orasidan faqat
Abdullajongina yashab qolib, boshqalari go‘-
daklik chog‘laridayoq turli sabablarga ko‘ra vafot etishadi.
Abdullajon tug‘ilgan davrini tasavvur qilar ekansiz, avvalgi
darslarda o‘tilgan G‘afur G‘ulom mavzusi, o‘sha ijodkor, ayniq-
sa, uning Shum bolasi taqdiri darrov yodingizga tushgan bo‘lsa,
ajab emas. To‘g‘ri sezdingiz –
Abdulla Qahhorning bolalik
yillari ham boshqa tengdosh yozuvchi-shoirlarniki singari juda
og‘ir kechgandi. Yana bir o‘zbek shoiri Hamid Olimjon o‘sha
yillarni eslab:
Men bir qora kunda tug‘ildim,
Tug‘ildim-u, shu on bo‘g‘ildim, –
deyishi bejiz emas edi. Zero, o‘sha yillardagi Turkiston o‘lkasi
nihoyatda og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy tanglikni
boshdan kechirardi. Abdulla
Qahhor endigina yetti yoshga
kirganida boshlangan Birinchi jahon urushi esa bu ahvolni
yanada og‘irlashtirgandi.
Dostları ilə paylaş: