Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/60
tarix10.03.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#123955
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Abdulla
QAHHOR
(1907–1968)


1 0 9
!
Usta Abduqahhor tirikchilik uchun pul topish ilinjida Qo‘qon
atrofidagi qishloqlarga ustaxonasini ko‘chirib borar, oila ham
uning ortidan sarson-sargardon sudralib yurardi. Bir qishloqda
yarim yil turilsa, boshqa birida ikki oyga yetar-yetmas temirchi
usta qiladigan ishlarga ehtiyoj qolmasdi. Yana ko‘ch-ko‘ronni
ko‘tarib yo‘lga chiqilar, qayerga borilsa, birovlarning uyi yoki
tashlandiq hovlisida sig‘indi bo‘lib yashashga to‘g‘ri kelardi.
Bularning bari Abdullajonning – bo‘lg‘usi yozuv-
chining ruhiyatiga, dunyoqarashi va xarakteriga ta’sir
qilmasligi mumkin emas edi, albatta. Agar Abdulla
Qahhorning «Sarob» romani (uning 1937-yildagi 1-nash-
ridan o‘rin olgan temirchining o‘g‘li Sarimsoq tarixi),
«O‘tmishdan ertaklar» (yozuvchi bolaligi to‘g‘risida
batafsil hikoya qilingan avtobiografik asar) qissasi,
o‘tmish hodisalari yoritilgan o‘nlab hikoyalariga nazar
solsak, bu ta’sirning qanchalar kuchli bo‘lganini ko‘-
ramiz.
Mazkur asarlarida yozuvchi o‘sha kunlarni quyuq bo‘yoq-
larda – xalq taqdiridagi eng og‘ir kunlar sifatida tasvirlaydi.
Abdullajonning savodi o‘sha qishloqlardagi eski maktablarda
chiqqan bo‘lsa-da, ota-onasi Qo‘qonga ko‘chib kelib, muqim
o‘rnashgandan keyingina u chinakam maktab ta’limini oladi.
Avvaliga shahardagi sobiq xotin-qizlar gimnaziyasi o‘rnida tash-
kil qilingan internatda, keyin esa (1922–1924-yillari) o‘qituv-
chilar tayyorlanadigan texnikumda o‘qiydi.
U yillari savodli, qo‘lida qalami bor yoshlarga talab niho-
yatda katta edi. Shu tufayli ham Abdulla Qahhor Turkiston
o‘lkasining markazi – Toshkentga keladi va «Qizil O‘zbekiston»
(hozirgi «O‘zbekiston ovozi») gazetasiga adabiy xodim bo‘lib
ishga joylashadi. 1926–1930-yillar oralig‘ida O‘rta Osiyo davlat
universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) ning peda-
gogika fakultetida o‘qiydi. O‘qib yurgan kezlari «Mushtum»


1 1 0
!
jurnalida, ko‘plab gazetalarda uning o‘nlab felyetonlari, hikoya
va hajviyalari ketma-ket chop etiladi. Yozuvchi bu asarlar os-
tiga Norin shilpiq, Sarimsoq singari taxalluslar qo‘yardi.
Yosh yozuvchi tez orada yirik janrlarga ham dadil qo‘l uradi.
Agar «Qishloq hukm ostida» nomli dastlabki qissasi 1932-yilda
chop etilgan bo‘lsa, 1934-yilda u «Sarob» deb atalgan yirik
romanini yozib tugatadi. 1935–1939-yillar oralig‘ida adibning
uchta «Hikoyalar» to‘plami, 1937-yilning oxirida esa «Sarob»
romani o‘quvchilarga kitob shaklida taqdim etiladi.
1939–1945-yillarda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushi Ab-
dulla Qahhor ijodida ham o‘z izini qoldirmay qo‘ymadi. O‘sha
yillari adib fashist gazandalarini la’natlagan qator felyetonlar,
urushda mardlik namunalarini ko‘rsatayotgan o‘zbek jangchila-
rini madh etgan maqolalar, urush ortida zahmatli mehnat qila-
yotgan qariyalar va ayollar to‘g‘risidagi o‘nlab hikoyalarini
bitdi.
Urushdan keyin – 1949-yilda Abdulla Qahhor qishloq xo‘ja-
ligini jamoalashtirish (kolxozlashtirish) mavzusi yoritilgan
«Qo‘shchinor» nomli romanini yozib, e’lon qiladi. Biroq mat-
buotda, Yozuvchilar uyushmasida va boshqa joylarda bildirilgan
noo‘rin tanqidiy gaplar tufayli bu asar jiddiy qayta ishlanadi va
«Qo‘shchinor chiroqlari» nomi bilan 1951-yilda boshqatdan
chop etiladi.
Abdulla Qahhor milliy teatr san’atimiz rivojiga ham katta his-
sa qo‘shgan ijodkor sanaladi. Uning «Shohi so‘zana» (1951-yil),
«Og‘riq tishlar» (1954-yil), «Tobutdan tovush» (1962-yil), «Aya-
jonlarim» (1967-yil) singari komediyalari o‘z davri tomoshabin-
larining sevimli asarlariga aylangan edi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin