70
71
Avaz o‘zidagi uyg‘onish va fikriy o‘suvni zamondan deb ba
holaydi, ongi uyg‘onayotgan kishilarni o‘ziga o‘xshatadi.
Badiiy ijodda ba’zan shunday she’rlar dunyoga keladiki,
ular alohida shoirlarnigina emas, davr va zamon she’riyati-
ning nafasini belgilashga xizmat qiladi. Bunday she’rlar o‘qil
ganda «Shoir kim va mahoratining kuchi nimada?» degan sa
volga kishi javob topganday bo‘ladi:
Yo‘q jahon mulkida bizdek ojiz-u bechora xalq,
Zulm tig‘i birla bo‘lg‘on bag‘ri yuz ming pora xalq.
Shoirning vazifasi – ezilgan odamning dilini ezish, ahvol-
ning behad og‘irligini pisanda qilib, ruhni jonsarak etishdan
iborat emas. Balki har qanday qiynoq va nochorlikning sa
bablarini yoritish, ularga qarshi keskin norozilik uyg‘otib,
kurashga chorlashdan iborat. «Xalq» she’rida Avaz ham shu
pozitsiyada turib qalam yuritgan.
«Adabiyot o‘z oldiga qo‘ygan maqsad borasida muvaffaqiyat
qozonish uchun metaforalardan, allegoriyalardan, poetik vazn
lardan, imo-ishoralardan foydalanadi», – deydi Rabindranat
Thokur. She’riyatda tadbiq qilinadigan poetik tasvir usul va
vositalardan ham bosh muddao shu: his-tuyg‘uga asoslangan
fikrni jozibador, inson qalbiga teran va uzoq ta’sir ko‘rsata ola-
digan uslublarda tasvirlashda muvaffaqiyat qozonish. Shoir
buni mukammal darajalarda eplasa, demak u mahoratli. Uning
qalamida sir bor – o‘quvchini hayajonlantirish siri.
Avaz she’riyati g‘oya va tuyg‘ulari bilan emas, badiiy vo
sitalari, serjilo tashbihlari obrazlar olamining originalligi bi
lan ham tahsinga loyiq. Bu tomondan ham, uning o‘z so‘z lari
bilan ta’riflaganda, «Avaz nazmig‘a har abyot-u devon o‘x-
shamas»dir.
Meni holim ash’orim ichradurur,
Bayon-u, bayon-u, bayon-u bayon,
deydi Avaz. Bu – haqiqat! Avaz o‘zining sevimli qahramoni –
oshiq kechinmalari, orzu, dard va fikrlarini aks ettirganida o‘z
yurak holati va iztiroblari manzaralarini ham ularga uyg‘un
lashtiradi. Boshqacha qilib aytganda, Avaz g‘azallarini uning
shaxsiyati, shaxsiyatidagi porloq fazilatlar bezab turadi.
Avaz O‘tarning fikr hayoti, ma’naviy toleyi, qalb iztirobi va
ruhiy isyoni boshqa bir shoirnikiga o‘xshamaydi. Uning shoir-
ligida o‘zgalar tomonidan ko‘p takrorlangan g‘am-anduh va
hasratdan quvvatli hamda ko‘lamliroq bir tuyg‘u mavjud.
Avaz ham dili ezgin, «yaralari ochiq» (Asqad Muxtor) shoir-
lardan. Uning nola-yu nadomat, g‘ussa-yu hasratlarini ko‘n-
gildan o‘tkazib, ruhan idrok aylay bilgan she’rxon tasavvurida
Avaz o‘zbekning eng buyuk jafokash shoirlaridan biri sifatida
suvratlanib qolishi shubhasizdir. Xato va kamchiliklaridan
qat’i nazar o‘nlab olimlarning xizmatlari tufayli yurtimizda
avazshunoslik, degan fan tarmog‘i shakllangan. Davr va zamon
talablarini to‘la inobatga olib, bilimdonlik bilan uni rivojlanti-
rish lozim. Shunda Avaz O‘tar bizga, biz esa uning hasratkash
shaxsiyati va she’riyatiga har qalay yaqinlashgan bo‘lamiz.
Dostları ilə paylaş: