Adabiyotshunoslik


I.G.Neupokoyeva (1917–1977)



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/70
tarix26.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135699
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik

I.G.Neupokoyeva (1917–1977)

 
rus komparativist oli
­
masi, adabiy aloqalar qiyosiy adabiyotshunoslikning predmeti 
ekanini o‘zining bir qancha ilmiy maqola va monografiyala-
rida isbotlab bergan. I.G.Neupokoyeva adabiy aloqalarni ta-
rixiy ehtiyoj, tajriba almashish maydoni ekanini e’tirof etib, 
adabiyot hech qachon boshqa millat adabiyotlaridan ayri hol
­
da rivojlana olmasligini ta’kidlagan. «Zamonaviy adabiyotlar-
ning o‘zaro ta’siri muammolari»(1963), «Tizimli va qiyosiy 
tahlil asoslari»(1976) kabi fundamental asarlar muallifi.
M.P.Alekseyev (1896–1981) )

 
rus va G‘arbiy Yevropa 
ada biyotini qiyosan o‘rgangan olim, akademik. O‘zining «Qi
­
yosiy adabiyotshunoslik» nomli kitobida roman nemis xalqlari 
adabiyotidagi parallellar nazariyasini yaratgan.
Shuningdek, Emil Zolya va Chernishevskiy, Gogol va To
­
mas Mur, Monteske va Kantemir kabi adiblarning qarashlarini 
qiyosan o‘rgangan.
P.M.Topper (1923–2010) – 
rus adabiyotshunos olimi, tar
­
jimon. «Chet el adabiyoti» (Иностранная литература) jurna
­
li tahririyati a’zolaridan biri. Uning ilmiy izlanishlari asosan 
urush mavzusini rus va jahon adabiyoti kontekstida o‘rga-
nishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari tarjima nazariyasi
tarjimashunoslik tanqidi bilan ham shug‘ullangan. Tarjima-
ning qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti ekanini ilmiy nazariy 
jihatdan asoslab, «Tarjima qiyosiy adabiyotshunoslik tizimi
­
da» mavzusida fundamental asar yaratgan.
Boris Reyzov
(1902–1981)
– Yevropa adabiyoti bo‘yicha 
mutaxassis. XIX asr fransuz tarixiy romanlarini jahon adabiy 
kontekstida tadqiq qilgan. «Stendal romanist»(1939) mavzusi
­
da yirik fundamental asari mavjud.
Yu.Borev
(1925)
– akademik, rus adabiyotshunos olimi. 
50 dan ortiq monografiya, 500 dan ortiq maqolalar mualli
­
fi, ilmiy asarlari dunyoning 41 ta tiliga tarjima qilingan. 
«Академические тетьради» jurnalining bosh muharriri. Ilm 
olamida mashhur bo‘lgan «Estetika» asari estetika va ijodiy 
faoliyatni qiyoslab o‘r gangan. Yozuvchi uslubini estetik kate
­
goriya sifatida ochib bergan. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin