Adabiyotshunoslik



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/70
tarix26.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135699
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
qiyosiy adabiyotshunoslik

Paratekst(uallik )
– epigraf, mavzu, umuman matn atrofi
­
dagi unsurlar bilan bog‘liqligi.
Metatekst
– asosiy matn yoki badiiy kitob bilan bog‘liq 
matnlar va kitob (asar)lar aloqasi. Shekspirning «Romeo va Jul-
yetta» asari boshqa shunga o‘xshash asarlar uchun metatekst 
vazifasini bajara oladi.
Gipertekst
– birinchi marta kompyuter lingvistikasida 
pay do bo‘lgan. Havolalar orqali katta matnlar yoki havolalar
­
ga o‘tish. 
Arxitekst
– matnlarning janr jihatdan bog‘liqligi. Tipologik 
o‘xshashliklari va farqlari. 
Imagologiya –
(«image» – tasvir) bir xalq adabiyotida 
o‘zga xalqning imidjini yaratish. (Rus nigohida Navoiy ijodi, 
Немсы глазами русских). Baxtin imogologiyaning asosla-
rini yaratib, Чужое – свое (O‘zganiki – o‘zimizniki) nazariya-
sini yaratgan. «Эстетика словесного творчества» kitobida 
ochib berilgan.
Vorislik
– an’analarga sodiq qolish (Navoiy ijodida antik 
an’analar, Xamsachilik).
Semiotika
– belgilar haqidagi fan. Adabiyotdagi semioti
­
ka bu adabiyotning barcha unsurlarini mayda detallarigacha 
tahlil qilish, umumiy va xos tomonlarini aniqlash. I.Steble
­
vaning «Семантика газеля Бабура» kitobi semiotik tahlil na
­
munasidir. Asoschisi Yuriy Lodman (Latviya XX asr). 
Tipologiya – 
genetik jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan, tili, 
tarixi, madaniyati tamomila farq qiladigan xalqlar adabiyotida 
mushtarak jihatlarni aniqlashga yordam beradigan kompara
­
tivistik tushuncha hisoblanadi.
Qiyoslash tipologiyasi
– umumiy xususiyatlariga ko‘ra 
(bitta til oilasiga kirishi, janr, etnik xususiyatlariga ko‘ra) u 
yoki bu adabiyot namunalarining qiyoslanishi. Tipologiya 
natijasida ayrim til va adabiyotga xos umumiy qonuniyatlar 
shakllanadi.
Motiv
– psixologiyada biron xatti-harakatga turtki beruv-
chi sabab, adabiyotda syujetning takrorlanuvchi unsuri. 
Masalan, muhabbat motivi, do‘stlik motivi. Adabiy tushuncha 
sifatida birinchi marta A.N.Veselovskiyning «Syujetlar poeti
­
kasi» (Поэтика сюжетов, 1906) asarida ilmiy jihatdan asos
­
langan. Olimning fikricha, motivlar kombinatsiyasi syujetni 
yuzaga keltiradi.
Adabiy arxetip 
– badiiy asarlarda ko‘p uchraydigan va tak
­
rorlanadigan obrazlar, syujetlar, motivlar. Masalan, detektiv 


148
149
asarlarda qotil va maqtul obrazi, xazina izlash syujeti, muhab
­
bat motivi va h.k.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin