22
23
chuqurroq o‘rganish, ularning Shekspir va Navoiy yoki Abdul
la Qahhor va Jek London dunyoqarashiga ta’sirini ochib berish
darkor. Chunki har xil zamon va makonda yashab ijod etgan
adiblarning asarlarini mashhurlikdan boshqa yana nima bir
lashtirib turganini bilish uchun ko‘pgina
adabiy hodisalarni
yuzaga chiqarish lozim.
Qiyoslash obyektlarining makon-zamon ko‘rsatkichlari
munosabati bilan, tahlil qiluvchining oldida ko‘plab qiyinchi
liklar paydo bo‘ladi. Ammo qiyoslanadigan adabiy hodisalar-
ning rivojlanish jarayonida vujudga keladigan vaziyatlarning
xususiyatlari hisobga olinsa, ularni hal etish mumkin. Agar qi
yosiy tahlil olib borayotgan tadqiqotchilar farqlanuvchi, zid
diyatli hodisalarni qiyoslash metodologiyasi va metodikasiga
ega bo‘lsa, qiyoslash natijasi yaxshi samara beradi.
Nazorat savollari:
1. Tabiiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyosiy tahlil obyektlari bir- biri
dan qanday farq qiladi?
2. Qiyosiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat?
3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlarga izoh bering?
4. Qiyosiy tahlil kutilgan
natijani berishi uchun,
tadqiqotchi
qan day bosqichlarda ish olib borishi kerak?
5.
Zaruriyat – obyekt – mohiyat algoritmida
qiyosiy tahlilni
amal ga oshirish mexanizmini tushuntiring?
6. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan qanday tipik vaziyatlarni bilasiz?
7. Nima uchun har xil makon va zamon adabiy hodisalarini qi
yoslash jarayoni qiyosiy tahlil metodologiyasi va metodikasi
uchun eng murakkabi sanaladi?
Dostları ilə paylaş: