Adabiyotshunoslik



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/70
tarix26.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135699
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik

4.Epik makon mushtarakligi
. Har ikki asarda ham asosiy 
voqealar podsho harami, Dunay sohillari, Qora dengiz bo‘yla-
rida bo‘lib o‘tadi. 
Ko‘rinadiki, Mirtemir Pushkinning «Boqchasaroy fontani» 
poemasidan ijodiy ta’sirlangan. Uning o‘ziga xosligi mavzuni 
milliy ranglarda ifoda etganida ko‘rinadi. Bu adabiyotimizda 
jahon poemachiligi badiiy-estetik tajribalari turli shakllarda 
namoyon bo‘layotganini bildiradi.
She’riy talqinda ekvivalent va 
adekvat yondashuv
(«Na’matak» she’rining ruscha tarjimalari misolida)
1
She’riy tarjimada asliyatning poetik parametrlari hisoblan
­
gan shakl (qofiya, vazn, turoq, hijolar soni, ohangdorlik, mu
­
siqiylik) va mazmunga (timsoliylik, leksik resurslar va stilis
­
tik figuralar) adekvat yoki ekvivalentlik darajasida yaqinlasha 
olish muallif fikr va tuyg‘usining, maqsad va g‘oyasining qayta 
in’ikos etishini ta’minlaydi. 
Asliyat matnida mujassamlangan poetik unsurlarning bar
­
chasini birdek saqlab, tarjimaning 
muqobil
ekvivalentli yoki 
aynan
– adekvatli tarjimasini yaratish, ayniqsa, she’riy tarjimada 
o‘ta murakkab jarayondir. Bunday murakkablik asliyat matnida
­
gi she’riy san’atlar, ekspressiv unsurlar kabi funksional birliklar-
ning o‘zga til doirasida aynan muqobillik darajasida tenglasha 
olmasligida ko‘rinadi. Adabiyotshunos Sh.Sirojiddinov mono
­
grafiyasida shunday ta’rif beradi: «Tarjima vazifalaridan biri – 
tarjima matni asliyatning to‘liq kommunikativ o‘rnini egallashi 
va asliyat o‘quvchisi imkoniyatiga teng darajadagi badiiy zavq 
mazmuniy va mundarijaviy (strukturaviy) uyg‘un muvozanatni 
(muvofiqlik) tarjima o‘quvchisiga taqdim etilishidir»
2
.
She’riyat tarjimasida bunday murakkabliklardan chiqish 
maqsadida asliyatning deformatsiyalanishiga (yo‘qotishlar, 
qo‘shishlar, o‘zgartirishlar va h.) hamda definitsiyalanish 
(funksional birliklarning nomutanosibligi)ga yo‘l qo‘yila
­
di, ya’ni she’riy tarjima o‘zida yuqorida sanab o‘tilgan ka-

Салимова Д. Шеърий таржимада муаллиф бадиий нияти ва поэтик маҳоратининг 
қайта ифодаланиши (Ғафур Ғулом ва Ойбек шеърларининг таржималари мисолида). 
Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2018.

Сирожиддинов Ш., Одилова Г. Бадиий таржима асослари. – Тошкент: Мумтоз сўз, 
2011. – Б.16.


120
121
tegoriyalardan birortasining o‘zgartirilishiga ehtiyoj sezadi. 
Shularni inobatga olib, tarjimon poetik shakl va mazmunni 
qayta yaratish maqsadida erkin yondashuv yo‘lidan borishi 
mumkin. Bu holat tarjima nazariyasida erkin ijodga imkon 
beradi va o‘z o‘rnida bunday imkoniyat me’yorlariga amal 
qilish talab etiladi. Tarjima matnida mutarjim tomonidan 
poetik mazmun va shaklni qayta yaratish uchun erkin yon
­
dashuv yo‘li tanlanar ekan, asliyatning ekvivalent va adekvat 
tarjimasining amalga oshirilishi tarjimonning ikkilanishi
­
ga olib keladi, ya’ni tarjimon she’r tarjimasini qayta yaratib 
bo‘lmagan sharoitda o‘zgartirishlar va yo‘qotishlarsiz ek
­
vivalentlik va adekvatlik o‘z samarasini bera oladimi, degan 
savollar tug‘ilishi tabiiy. Holbuki, adekvatlik, adekvat asliyat 
bilan tarjimaning bir-biriga teng bo‘lgan «aynan» natijasidir. 
Adekvat tarjimada
asliyat matnining tarjima matnga teng
­
lashishi mazmunan, estetik va funksional jihatdan o‘zgarish
­
larsiz, qayta yaratilgan va maksimal tarzda tarjima qilingan 
bo‘ladi. 
Adekvatlik 
tushunchasi asliyat bilan tarjima o‘rtasiga 
tenglik ishorasining qo‘yilish natijasidir, ya’ni tarjimada ikki 
matn bir-biri bilan shaklan, mazmunan va so‘zma-so‘z yaqin
­
likni hosil qilib, matnning pragmatik, uslubiy jihatdan 
aynan 
ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bunday tarjimada ayrim erkinliklarga 
– qo‘shishlar va yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilmasligi uning aso-
siy shartlardan biridir. Tarjimashunos, lingvist, va adabiyot
­
shunos olimlar ekvivalent va adekvat tarjima tushunchala-
rining bir necha konsepsiyalarini ishlab chiqqan bo‘lishlariga 
qaramay, tarjima nazariyasining bu muhim ikki kategoriyalari 
hanuz ilmiy munozaralar doirasida qolmoqda. Taniqli rus 
tilshunosi, professor Lev Nelyubin ekvivalentlik va adekvat
­
lik atamalarini o‘zi tuzgan «Tarjimashunoslik atamalarining 
izohli lug‘ati»ga kiritarkan, olimlar tomonidan ishlangan kon
­
sepsiyalardan asosiy fikrlarni uyg‘unlashtirib, adekvat va ek
­
vivalent tushunchalarining umumiy ta’rifini bir necha variant
­
dagi izohlarda keltiradi. Ushbu ta’riflardan birida «adekvatlik 
o‘z mohiyatiga ko‘ra, uch komponentga ega» deb ko‘rsatadi: 
1) asliyat mazmunini tarjimada to‘g‘ri, aniq, to‘kis shakllan-
tirish; 2) asliyat til birliklarining to‘g‘ri yetkazilishi; 3) tarjima 
qilinayotgan tilda dastlabki matn (asliyat) tilining mufassal 
qayta yaratilishi»
1
dan iboratdir. Professor L.Nelyubin ta’kid
­
laganidek,

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin