«Boqchasaroy fontani» poemasi va Mirtemir ijodi 1 «Boqchasaroy fontani» poemasi A.S.Pushkinga katta shuh-
rat keltirgani ma’lum. Aslida bu asar, V.M.Jirmunskiyning yo
zishicha, J.Bayronning «Korsar» poemasi ta’sirida yozilgan
2
.
O‘zbek adabiyotida mazkur asarning ijodiy ta’siri Mirtemir-
ning «Suv qizi» poemasining yaratilishiga asos bo‘lgan.
«Boqchasaroy fontani» poemasining «Tatar qo‘shig‘i» qis
mida tutqun qiz Maryamning taqdiri hikoya qilinadi. Bu g‘amli
hikoya asarga epik mazmun baxsh etgan. Natijada qahramon
larning tuyg‘u-kechinmalari, o‘y-fikrlari yaxlit syujetni vujud
ga keltirgan. Shu jihatlar inobatga olinsa, Pushkin va Mirtemir
poe malaridagi mushtarakliklar quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
1. Har ikki poema ham
ertak ruhida yaratilgan. «Boqcha-
saroy fontani»da ertakka xos an’anaviy boshlanma yo‘q. «Suv
qizi»da esa bunday boshlanma («Qadim chog‘da, dengiz bo‘yi
da... Hayot ko‘rgan ekan bitta chol») mavjud. Biroq ikkala poe-
madagi obrazlar xam ertakmonand. Binobarin, Pushkin poe
masida podsho Taroy, Zarema, Maryam, Maryamning otasi,
og‘a; Mirtemirda sulton, chol, uning qizi Orzi, qaroqchi Ali
bobo qiyofalarida namoyon bo‘lgan. Bu esa ruhiy-ma’naviy
jihatdan o‘xshash obrazlarni yuzaga keltirgan.
1
Қувватова Д. «Боқчасарой фонтани» поэмаси ва Миртемир ижоди.
2
Жирмунский В.М. Байрон и Пушкин. – Л.: Наука, 1978. – С.116.
2. Har ikkala poemada
ham
mehribon otalar va qizlar obrazi yaratilgan.
«Boqchasaroy fontani»da Maryam tasviri: Uning yumshoq sevimli nozi, Tabiati, laziz ovozi. Yonib turgan moviy ko‘zlari. Dona-dona shirin so‘zlari Bir-biridan jozibadordi; Hammasida ajib kuch bordi 1 .