1904-yildagi Rossiya-Yaponiya urushi xalq ommasining turmush darajasini yanada og‘irlashtirib yubordi.
Oxir-oqibat, bu - 1905-yilda inqilob yuz berishiga olib keldi.
Podsho 1906-yilda agrar islohot o‘tkazish va dehqonlarni ko‘chirish to‘g‘risida farmon chiqardi.
Bu islohot bosh vazir P.A. Stolipin tashabbusi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun u tarixga „Stolipin agrar islohoti“ nomi bilan kirgan.
P.A. Stolipin
Unga ko‘ra, dehqonlarning o‘z xususiy yeriga ega bo‘lishi masalasining quyidagi 3 usul orqali amalga oshirilishi mo‘ljallandi:
— yer tanqisligi kuchli bo‘lgan markaziy mintaqalardagi dehqonlarning bir qismini Sibir, Turkiston, Uzoq Sharq va imperiyaning milliy chekka o‘lkalariga ko‘chirish.
— jamoa yer egaligini bekor qilish va dehqonlarga sotib olgan jamoa yerini xususiy mulkka aylantirish hamda dehqonga o‘z yerini sotish huquqini ham berish; — dehqonlarning davlat va pomeshiklarga qarashli yerlarni sotib olishlari uchun ularga „Dehqonlar banki“ orqali yordam berish;
Stolpin agrar siyosati qishloqda kapitalizmning taraqqiy etishiga yo‘l ochdi.