Qovushtiruvchi qo‘shib briketlash
Ruda va birikmalarni briketlashda qovushtiruvchilar sifatida organik va noorganik birikmalardan foydalanish mumkin.Organik birikmalarga o‘simliklar uni, hayvonlar chiqindisi, toshko‘mir smolasi, neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilari kiradi.
Noorganik birikmalarga kaolin, Ca(OH)2va hokazolar kiradi.Qolipdan chiqqan briketlarni kuydirishda va domna pechlarida erish davomida bu qovushtiruvchi materiallar qisman yonadi. Qisman havo ta’sirida o‘z tarkibini o‘zgartiradi. Metallurgiyada ko‘pincha tabiiy qovushtiruvchi materiallar sifatida Ca(OH)2 bo‘tqasidan foydalaniladi. Briketlash 3,9–6,8 n/m kuch ostida olib borilib, shixtaning tarkibidagi namlik 10–18 %ni tashkil etadi. Bunday birikmalarning uzoq vaqt havoda saqlanib qolishi natijasida briketlarning tarkibidagi Ca(OH)2havodagi CO2bilan birikadi.
Bunda karbonizatsiya uzoq davom etuvchi bo‘lib, briketning siqishiga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchi 0,98 n/m bo‘lishi uchun tayyorlangan aralashma 5 sutka davomida havoda turishi kerak va aksincha, 100 °C haroratda esa 5–6 soat yetarli bo‘ladi. Ruda va boyitmalarni aglomeratsiyalash va briketlash bir xil usul deb qaralsada, ularning o‘ziga yarasha qo‘llanish sohalari mavjud. Jumladan, rangli metall rudalari uchun (asosan Zn li rudalar uchun) briketlashni umuman qo‘llab bo‘lmaydi. Bunga sabab uning tarkibidagi oltingugurtning ko‘pligidir.
Dostları ilə paylaş: |