Quruq nitragin ishlab chiqarish texnologiyasi mikrobiologik ishlab chiqarish
texnologiyasidagi asosiy xarakterli bosqichlardan iborat (5-chizma).
Har bir dukkakli о‘simlik turi uchun muvofiq tuganak bakteriya turidan о‘stirilib
quruq nitragin preparati tayyorlanadi. Agarli oziqada о‘stirilgan
dastlabki tuganak
bakteriya kulturasidan ekish materialini olish uchun uni suyuq oziqa muhitida 28-30
O
C
haroratda 24-48 soat davomida о‘stiriladi.
Suyuq oziqa muhiti tarkibi bakteriyani barcha bosqichlarda о‘stirish uchun bir
xildagi tarkibga ega bо‘ladi: melassa, makkajо‘xori ekstrakti va mineral tuzlar
(NaHCO
3
, (NH
4
)
2
SO
4
, MgSO
4
, K
2
HPO
4
, temir tuzi, molibden va h.k.).
О‘stirilgan kulturalar 1 ml da 810 mlrd. hujayra saqlaganda ularni sig‘imi 100-150 l
bо‘lgan о‘stirish inokulyatorlariga ekish mumkin. О‘stirish 30
O
C
haroratda doimiy
aralashtirish va aeratsiyada 18-24 soat davomida olib boriladi. Tayyor ekish materiali 1
ml da 2 mlrd. hujayra saqlaydi va shundan keyingina uni sanoat fermentyoriga ekish
uchun yо‘naltirish mumkin. Fermentyorda fermentatsiya jarayoni 28-30
O
C haroratda
intensiv aralashtirish va aeratsiyada 48-72 soat davomida olib boriladi. Fermentatsiya
jarayonidan keyin kultural suyuqlik 1 ml ida 10 mlrd. hujayra titri saqlaydi.
Fermentatsiya jarayoni tugallangandan sо‘ng kultural suyuqlik separatorga uzatiladi.
Biomassa 70-80% namlikdagi pasta kо‘rinishida olinadi.
Quritishdan oldin pasta,
20% melassa va 1% tiomochevina saqlovchi himoya muhiti bilan aralashtiriladi.
Biomassani sublimatsion quritish – 30-35
O
C haroratda, sekinlik bilan beriladigan
10-13 kPa bosim vakuum ostida amalga oshiriladi. Quritilgan biomassa qо‘shimchalar
(bentonint, kaolin va torf kabi) bilan shunday aralashtiriladiki, natijada 1 g. preparat 9-
10 mlrd. tuganak bakteriyalar saqlashi lozim. Quruq nitragin
preparati polietilen
qopchalarga joylanib, germetik
berkitiladi va harorati 15
O
C dan yuqori bо‘lmagan joylarda saqlanadi.
Dukkakli о‘simliklar urug‘i yerga ekilmasdan nitragin preparati bilan bevosita
ishlov beriladi. Bunday ishlov berish natijasida ildizdagi
tuganaklar va shu bilan bir
vaqtning о‘zida о‘simlikda azot miqdori oshib hosildorlikning yuqori bо‘lishini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: