TINIM HOLATIGA О‘TISHI VA UYG‘ONISHINI BOSHQARISH Materiallar va jihozlar: kartoshka, gibbirilin, 2-xloretinfosfon etil spirti,
eritmalar tayyorlash va kartoshkani namlash uchun idishlar, termostat, qog‘oz paketlar.
Tushuntirish: О‘zbekistonning janubida kartoshkadan bir yilda ikki marta hosil
yetishtirish mumkin. Ammo, yozda havo haroratining yuqoriligi sababli yozda pishib
yetilgan kartoshka kelasi yilgacha saqlanmaydi. Yoki, kuzgi kartoshkaning yozning
о‘rtasigacha urug‘lik sifatida saqlash imkoniyati yо‘q. Shu sababli kartoshkaning
о‘sishini vaqtincha tо‘xtatuvchi fitoregulyatorlar ushbu muammoni hal etilishida muhim
ahamiyatga ega. Hozirgi paytda о‘simliklarning о‘sish jarayonini boshqarish bilan bir
qatorda о‘simliklarning fiziologik tinim holatini boshqarish imkoniyatlari ham mavjud.
Kartoshkadan bir yilda ikki marta hosil olish uchun tuganaklarning о‘sishini
tezlashtiruvchi fitogarmonlar bilan ishlov beriladi.
Ishning borishi: gibbirilin,
2-xlor-etinfosfon
kislotasining
eritmalari
tayyorlanadi. Kartoshka ana shu eritmalarga botiriladi, 10-20 minutdan sо‘ng kartoshka
olinib quritiladi (filtr qog‘ozi bilan), paketlarga solinib, variantlar termostatga
joylashtiriladi. 14 kundan sо‘ng kо‘kargan kо‘zlari hisoblanadi. Ana shu hisob-kitoblar
bо‘yicha olingan ma’lumotlar bо‘yicha qaysi konsentratsiya kartoshkani yaxshi
kо‘karishi va kо‘karishi tо‘xtashi aniqlanadi.
27- LABORATORIYA MASHG‘ULOTI MAVZU: TUGANAK BAKTERIYALARNI SOF KULTURASINI AJRATISH VA ULAR ASOSIDA PREPARATLAR TAYYORLASH Nazariy qism: Havodagi molekulyar azotning biologik usulda tuproqqa yig‘ilishi
qishloq xo‘jaligida kata ahamiyatga ega. Atmosfera havosining 70 % ni erkin azot
tashkil etadi. Atmosferadagi azot zahirasidan o‘simlik to‘liq foydalana olmaydi.
Havodagi azotni o‘zlashtirib, uni o‘simlik oziqlana oladigan holga keltira oladigan
alohida mikroblar bor. Bu mikroblar azotfiksatorlar deyiladi. Azotfiksatorlarning ikki
biologic gruppaga bo‘linadi;
1.Simbiotik azot fiksatorlar
2.Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar.
Simbiotik azotfiksatorlar tuganak bakteriyalar bo‘lib, dukkakli o‘simliklar bilan
simbioz holatda yashaydi va havodagi azotni tuproqqa yig‘ilishiga yordam beradi.