Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 23,02 Kb.
səhifə1/4
tarix01.12.2022
ölçüsü23,02 Kb.
#120291
  1   2   3   4
psd exp


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI








TASDIQLAYMAN”


O’quv ishlari bo’yicha prorektor
____________ M.Jumamuratov
___” ___________ 2021 yil



PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA
fanidan
ISHCHI O’QUV DASTURI
(3-kurslar uchun)

Bilim sohasi:

100000

-Gumanitar

Ta’lim sohasi:

110000

-Pedagogika

Ta’lim yo’nalishi:

5110900

-Pedagogika va psixologiya




Mashg’ulot turi

Soatlar

VI semestr

Ma’ruza

10

Seminar

0

Amaliy

14

Laboratoriya

14

Mustaqil ta’lim

26

Nukus – 2021
Ishchi o`quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2018-yil 18 avgustdagi 4-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan fan dasturiga asoslanib ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.
Tuzuvchi:
Nurimbetova E. – NDPI, «Psixologiya» kafedrasi v.b.doc.
Taqrizchilar:
Q.Tlewmbetova – dotsent, ps.f.n. _______
Z.Klicheva – NDPI, «Psixologiya» kafedrasi dotsenti, ps.f.n. _____
Fanning ishchi o`quv dasturi «Psixologiya» kafedrasining 2020 yil «___» ________dagi «____» son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakul`tet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: _______________ Z.Sherimbetova

Fanning ishchi o`quv dasturi «Pedagogika» fakul`tet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2020 yil «___» _____dagi ___ sonli bayonnoma).


Fakul`tet kengashi raisi: ___________ Sh. Saparov
Kelishildi:
O`quv uslubiy boshqarma boshlig`i: ___________ Abdiev A

Ishchi o’quv dasturi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ilmiy o`quv metodik kengashida ko`rib chiqilgan va tasdiqlangan.


2020 -yil “__”________dаgi ___-sоnli mаjlis bаyoni




  1. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Ushbu dastur psixodiagnostika va eksperimental psixologiya kursi bo’yicha ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar mavzularini o’z ichiga olgan bo’lib, ularda psixodiagnostik metodikalar, ularga qo’yiladigan talablar, turli me’zonlar, eksperiment kategoriyasining psixologik mazmuni, eksperimental psixologiyaning muammolari, eksperimental psixologik muammolarni hal qilishning ilmiy usul va vositalari, eksperiment natijalarini bir necha qayta ishlash metodlari, eksperiment natijaleini jadval va grafik ko’rinishda berish usullari, eksperimental psixologik tadqiqotni tayyorlash, uni o’tkazish, eksperiment natijalarini analiz qilish, ularni qo’llashga doir amaliy tavsiyalar berish bilan bayon qilingan. Bugungi kunda amaliy psixologik xizmat tizimining tobora keng rivoj topishi, psixodiagnostika va eksperimental psixologiya sohasida o’tkazilayotgan tadqiqotlar ko’lamining kengayishi, bu yo’nalishda kata hajmdagi ilmiy bilimning to’planib borayotganiga sabab bo’lmoqda. Bunday sharoitda talabalar mustaqil ta’limini oqilona tashkil etishni nazorat qilishning ahamiyati kata.

  1. O’quv fanininng maqsadi va vazifasi

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarni psixologning psixodiagnostik faoliyati va eksperiment tashkil etishning psixologik xususiyatlari haqidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish.
Fanni o’qitishning vazifasi – talabalarga psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning nazariy hamda amaliy asoslari bilan tanishtirish hamda ularda diagnostic tekshiruv, eksperimental tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
“Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Psixodiagnostik tadqiqot o’tkazish va psixodiagnostika qo’llaniladigan sohalar, eksperiment o’tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari, psixodiagnostik tekshiruv bosqichlari, psixodiagnostika va eksperiment o’tkazishning metodologik asoslari, bilish jarayonlari, intellect, qobiliyat, shaxs, shaxslararo munosabatlarning nazariy asoslari, psixodiagnostik metod va metodikalar to’g’risida bilimga;
- Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, maqsad, vazifalari, psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining rivojlanish tarixi, psixodiagnostik metodikalar va psixodiagnostik tekshiruvlarga qo’yiladigan talablar, ya’ni validlik, ishonchlilik, to’plam reprezentativligi, bilish jarayonlari, intellect, qobiliyatlar, shaxs, shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasiga oid metodikalar, shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasida qo’llaniladigan proyektiv metodikalar, ilmiy tadqiqotning umumumiy sxemasi, ilmiy tadqiqotni loyihalashtirish, ilmiy tadqiqotdagi o’zgaruvchilar va ularni tanlash, noan’anaviy tadqiqotlar va ularning o’ziga xos tomonlari, eksperiment natijalarini tahlil qilishga doir ko’nikma;
Psixologik tadqiqot o’tkazish, psixodiagnostik metodikalar va eksperimentning validligi hamda ishonchliligini tekshirish, psixodiagnostik metodikalarni tanlash, bilish jarayonlari, intellect, qobiliyat, shaxs, shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi va proektiv metodikalrni qo’llash, ilmiy tadqiqotni rejalashtirish, rasmiy va norasmiy manbalar bilan ishlash, guruhlararo va guruh ichida o’tkaziladigan eksperimentni loyihalashtirish, eksperiment natijalarining statistic tahlillarini amalga oshirish, korrelyatsion bog’lanishlarni aniqlash hamda shu asosida diagramma tuzish, eksperiment natijalrini tahlil qilish va ularning taqdimotini tashkil qilish malakasiga ega bo’lishi kerak.




  1. Yüklə 23,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin