sosiy adabiyotlar 1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. (darslik) MOLIYa- IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81.633.1 U-6793(10ta)
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (o’quv qo’llanma) TDPU, -Toshkent, 2009-yil. 81.663.1137 921993(60 ta)
3. M.Hamrayev. Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami. Nizomiy nomidagi TDPU, T., 2019-yil.(60 ta)
4. М.Кенжаева, О.Курбонова. Она тили укитиш методикаси. Молияиктисод, Тошкент-2021.s
AMALIY MASHG`ULOT-5
Mavzu: So‘z birikmasi va uning tuzilishi
Topshiriq. Quyidagi so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, gap tuzing. O‘zbekiston, buyuk, kelajak, davlat. Gap tuzish uchun nimalar qilganingizni ayting.
Topshiriq Yaxshi, kitob o‘qi. Yaxshi kitob o‘qi.
Yuqoridagi jumlalar bir-biridan nimasi bilan farq qilayotganini ayting.
Tinish belgisining fikrni to‘g‘ri ifodalashdagi ahamiyatini tushuntiring.
Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun so‘zlarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bir-biriga bog‘lab, gap tuzamiz. So‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi, gap va uning turlarini o‘rgatadigan tilshunoslik bo‘limiga sintaksis, tinish belgilari va ularni yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatuvchi tilshunoslik bo‘limiga esa punktuatsiya deyiladi.
Topshiriq 1. Gulzor, gul, ter.
2. Gulzordan gul teraman.
Birinchi qatordagi uchta so‘z bilan ikkinchi qatordagi so‘zlar nimasi bilan farq qilishini ayting.
Topshiriq Vatanni sevish to‘g‘risida maqol ayting. Tarkibida nechta so‘z borligini aniqlang.
Siz yangi bir ertakni eshitdingiz. Uni o‘rtoqlaringizga aytib bermoqchisiz. Ana shunda nima qilasiz? O‘zbek tilining qonun-qoidalari asosida so‘zlarni qo‘shib hosil qilingan gaplardan foydalanasiz. Demak,nutqimiz gaplardan iborat bo‘ladi.
Masalan: 1. Baliqchi chol oltin baliq ushlab olibdi. 2. Sevinibdi.
Bularning har ikkisi gap, lekin birinchisi bir necha so‘zdan, ikkinchisi esa faqat bitta so‘zdan tashkil topgan. Ularning har ikkisi uchun muhim narsa kesimlarning mavjudligi, tugallangan ohang bilan aytilishi va fikr ifodalashidir. Ana shu belgisi bilan gap so‘z va so‘z birikmasidan farq qiladi.