Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Elektromexanik mashinalar davri



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/53
tarix02.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#137349
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
kompyuter taminoti

Elektromexanik mashinalar davri. 
Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo`l kuchi bilan harakatga 
keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalgam 
oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bo`la boshladi. Shuning uchun ham bunday 
mashinalar elelktromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik 
hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma 
(klavish) yordamida kiritiladi. Bunday mashinalardan Rossiyada Odner arifmometri 
kabi ishlaydigan o`nta tugmali “VK-1” mashinasi, keyinroq esa, barcha arifmetik 
amallarni bajarish uchun yetarli sonda tugmalari bo`lgan hisoblash mashinalari 
yaratildi. Shuni aytish kerakki bunday mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan 
takomillashtirilganligiga qaramay, unda mutaxassis laborant 8 soatlik ish kunida 
hammasi bo`lib, 2000 amal bajara olar edi. 
Elektron hisoblash mashinalar davri. 
Elektromexanik mashinalar ham o`z navbatida, XX asr fan va texnikasi 
taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni 
ko`p vaqt talab qilishi, ya’ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli 
yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug`ildi. Shu 
boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin 
yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila 
boshlandi. Shu maqsad yo`lida 1942-45 yillarda birinchi bo`lib AQShdagi 
Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo`lgan electron 
lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna( ba’zi 
manbalarda 70 tonna) o`girlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta 
elektron lampaga ega bo`lgan ulkan hisoblash mashinasi “ENIAK” deb nom oldi. 
1946 yili amerika olimi Djon Fon Neyman (1903-1957) shunday elektron 
hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu hil mashinalar 
hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal 
rivojlanishiga turtki bo`ldi. 
Keyinroq
, AQShda va Buyuk Britaniyada “ADVAK”, 


=-17-= 
“EDSAK”, “SEAK”, “BINAK”, “UNIVAK” va boshqa mashinalar yaratildi. 
Umuman, 1950 yilelektron hisoblash mashinalarining taraqqiyotining boshlanishi 
bo`ldi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin