Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


– masala Aniqlovchi va uning turlari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə67/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

1 – masala Aniqlovchi va uning turlari.
Darsning maqsadi: aniqlovchining ma’no-vazifasi, turlari, ko’rinishlari to’g’risida tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1.Aniqlovchi va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha beradi.
1.2.Aniqlovchi va uning turlari, ko’rinishlarini izohlab beradi.
1.3.Aniqlovchining turlarini ko’rsatib beradi.
1.4.Aniqlovchining gapdagi o’rnini belgilab beradi.
1.5.Aniqlovchining to’ldiruvchi va holdan keskin farqlanishini asoslab beradi
1 - masala bayoni:
Gapdagi biror bo’lakning belgisini yoki bir predmetning boshqasiga qarashliligini bildirgan bo’lak aniqlovchi deyiladi. Masalan: Yalang’och daraxtlar mayda yulduzchalar bilan yongan qorga ajib chiroyli ko’lkalar tashlaydi. Navoiyning ko’z o’ngida Xirot gavdalandi.
Aniqlovchilar ikki xil bo’ladi. 1. Sifatlovchi aniqlovchi. 2. Qaratqich - aniqlovchi.
Sifatlovchi - aniqlovchi qanday? qaysi? qancha? nechanchi? necha? qaerdagi? qachongi? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi aniqlovchidir.
Sifatlovchi aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi:
1.Sifat, son, olmosh, sifatdosh bilan: Biz serjun va serunum qo’ylarni ko’paytirayotirmiz. Ko’k - yuvilgan, artilgan shisha.
2.Ot bilan: Nigora bu yilgi yig’im-terim mavsumida oltin soat oldi.
3. Ibora bilan: Uning xushomadlar oldida og’zining tanobi qochadigan odati bor edi.
4.Ajralmas birikma bilan: Bozordan ikki tavaqali darvoza oldik.
5.Sifatdosh oborot bilan: Oyqiz ko’zni qamashtirgudek chaqnagan cho’qqiga tikilganicha ich-ichidan quvondi.
Qaratqich -aniqlovchi
Qaratqich aniqlovchi kimning? nimaning? qaerning? so’roqlariga javob bo’luvchi aniqlovchidir.
Qaratqich tomonidan aniqlangan bo’lak qaralmish deb yuritiladi: qaratqich qaralmish bilan moslashuv yo’li bilan birikadi. Behunarning hunari yalqovlikdir.
Qaratqich-aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi:
1.Ot, olmosh bilan: Ko’zning oltin barglari suv yuzida suzar edi. Uning qalbi qiynoqda qoldi.
2.Otlashgan so’zlar bilan: Yaxshining sharofati, yomonning kasofati. Olmoqning bermog’i bor.
3. Ibora bilan: Betga aytganning zahri yo’q.
4.Ajralmas birikma bilan: Qish faslining zavqi ham bo’lakcha bo’ladi.
Qaratqich aniqlovchi -ning qo’shimchasisiz ham qo’llanadi: Jamoamiz a’zolari yangi yilni munosib kutib olishdi.
Izohlovchi:
Izohlovchi aniqlovchining bir turi bo’lib, u predmet yoki shaxsni boshqacha nom berish yo’li bilan aniqlaydi.
Izohlovchilar ko’pincha ot orqali ifodalanishi bilan aniqlovchining boshqa turlaridan farqlanadi.
Izohlovchi izohlagan bo’lak izohlanmish deyiladi. Izohlovchi va izohlanmish turdosh va atoqli ot bilan ifodalansa, odatda, atoqli ot izohlanmish, turdosh ot esa izohlovchi bo’ladi: Traktorchi Salim er haydayapti.
Izohlovchi va izohlanmish umumiy va konkret ma’noni bildiruvchi otlardan iborat bo’lsa, konkret ma’noli so’z izohlovchi, umumiy ma’noli so’z - ot esa izohlanmish bo’ladi, yozuvda ularning orasiga chiziqcha qo’yiladi: mexanik - haydovchi, sinovchi-uchuvchi kabi.
Kitob, gazeta, jurnal, korxona, jamoa, tashkilot, muassasalarning nomlari izohlovchi bo’lib keladi va qo’shtirnoq ichiga olib yoziladi. «O’zbekiston» jamoasi, «Umid» romani, «Yosh kuch» jurnali kabi. Bunday izohlovchilar kishi nomlari bilan ifodalansa, qo’shtirnoq ichiga olinmay, odatda, nomidagi, nomli so’zlari bilan qo’shib yoziladi: Mannon Uyg’ur nomidagi san’at bilim yurtida o’qiyman.
O’xshatish ma’noli izohlovchi bilan izohlanmish orasiga chiziqcha qo’yiladi: Ona-Vatan, ona-yurt kabi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin