Muhokama uchun savollar 2.1.1.Shaxsi noaniq gapning tarifi va tavsifi.
2.2.1.Gaplarning shaxsi noaniqlik tushunchasi.
2.3.1.Shaxsi noaniq gaplarning bosh bo’lagi qanday so’zlar bilan ifodalanadi?
2.3-asosiy masala: Shaxsi umumlashgan gap. Darsning maqsadi: talabalarga shaxsi umumlashgan gapning logik-grammatik xususiyatlarini ochib berish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI : 2.3.1. Shaxsi umumlashgan gapni tariflaydi va tavsiflaydi.
2.3.2. Shaxsi umumlashgan gap bosh bo’lagining ifodalanishini bayon qiladi..
2.3 – asosiy masala bayoni. Umumshaxsga,hammaga qaratilgan ish-harakatni bildiruvchi bir bosh bo’lakli gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Masalan: Bir yoqadan bosh chiqarib ishlaylik. Avlodlarga ozod va obod Vatan qoldiraylik. Etti o’lchab bir kes. Suyanmang, xavfli.
Bunday gaplarning kesimi shaxsni aniq ko’rsatib tursa ham,bu shaxs mazmunan umumlashgan bo’ladi, chunki undan anglashilgan ish-harakat ko’pchilikka, barcha shaxslarga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun bu tip gaplarda barcha shaxslarga xos va taalluqli bo’lgan hayotiy xulosalar, uzoq asrlik tajribalar, umumiy qoidalar, umumlashgan mulohazalar, umumga qaratilgan chaqiriqlar, chorlovlar ifodalangan bo’ladi. Bu jihatdan, ayniqsa, maqollar xarakterlidir. Masalan: Bir kun burun sochsang, bir hafta burun o’rasan. Dehqon bo’lsang, shudgor qil. Avval o’yla, keyin so’yla. Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt. Misollardan ko’rinib turibdiki, bunday gaplarning kesimi har xil shakldagi fe’llar bilan ifodalangan, lekin ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:
Fe’lning ikkinchi shaxs birlik shaklidagi buyruq mayli shakli: Bugungi ishni ertaga qo’yma. Do’sting uchun zahar yut.
Aniqlik mayli shakli .
a)o’tgan zamon shakli –Tuya ko’rdingmi – Yo’q.
b)hozirgi -kelasi zamon shakli : Bersang-olasan, eksang-o’rasan.
v)kelasi zamon shakli: Xom bo’lsang pisharsan, bu shashtingdan tusharsan.
Shart-istak mayli shakli : Qalavini topsang, qor yonar.