Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar
Muhokama uchun savollar: 2.1.1.Sintaktik aloqa nima? 2.2.1. Sintaktik aloqani ifodalovchi vositalarga nimalar kiradi? 3-savol: Sintaktik aloqaning turlari. Darsning maqsadi: talabalarda sintaktik aloqa turlari to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish. Identiv o’Quv maQsadi: Sintaktik aloqa turlarini sanaydi. Sintaktik aloqa turlarini izohlaydi. Berilgan sintaktik birlik qismlari qaysi sintaktik aloqa turi asosida bog’langanini aytib beradi. Sintaktik aloqa turlari farqini izohlaydi. Sintaktik aloqa qanday birliklar hosil qilishiga ko’ra dastlab ikkiga bo’linadi. A) predikativ aloqa; B) nopredikativ aloqa. PREDIKATIV ALOQA Ega va kesim orasidagi sintaktik aloqa predikativ aloqadir. Demak, predikativ aloqa natijasida ikki sostavli gap hosil bo’ladi : Havo sovuq. Suvlar muzlagan. Men hayronman. Siz kiring. NOPREDIKATIV ALOQA Aniqlovchi-aniqlanmish, to’ldiruvchi va to’ldirilmish orasidagi hamda hol va hollanmish orasidagi aloqa nopredikativ aloqadir. Demak, nopredikativ aloqada fikr ifodalovchi kommunikativ birlik emas, balki tushuncha ifodalovchi nominativ birlik – so’z birikmasi hosil bo’ladi. Masalan: Katak daftar, paxtani termoq: daryoda so’zmoq kabi. Nopredikativ aloqa barcha turdagi so’z birikmasi komponentlarining o’zaro aloqasini o’z ichiga oladi, shuningdek, uyushiq bo’laklar orasidagi sintaktik aloqa ham nopredikativ aloqa doirasiga kiradi. Uyushiq bo’laklar so’z birikmasiga nisbatan olib so’z tizmalari deb ham yuritiladi. Sintaktik birliklar komponentlarining sintaktik mavqei bir xil bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Shunga ko’ra, sintaktik aloqa ikkiga bo’linadi : 1) teng aloqa, 2) tobe aloqa. TENG ALOQA O’zaro bir xil sintaktik vaziyat – mavqedagi, bir xil sintaktik shakldagi, bir xil so’roqqa javob bo’lgan bo’laklar, qismlar aloqasi teng aloqa deyiladi. Sodda gapdagi uyushiq bo’laklar, bog’langan qo’shma gap qismlari va bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari, bir xil tipli ergash gaplar o’zaro teng aloqada bog’langan. Masalan : Ega va kesim sodda gapning grammatik asosi, predikativ qo’shilmadir. Soy shuvillab oqar va uning muzdek shamoli o’tlarni silkitar edi. Agar traktor berilsa,erlar traktor bilan haydalsa, birinchidan, mehnat unumi ortadi, ikkinchidan, hosil mo’l bo’ladi . Yüklə 0,82 Mb. Dostları ilə paylaş: |