263
Anvar uch haftagacha xatmi qur’on kechlari Muham-
mad Rajabbek uyiga kelib turar edi. Oxirg‘i xatmi qur’on
kechi Muhammad Rajabbek Anvardan ahvol so‘radi:
– Domlangiz salomatmi?
– Shukur.
– O‘qushingiz yaxshimi?
– Birmuncha.
– Domlaning uyida turasiz?
– Taqsir.
– Siqilmaysizmi?
– Yo‘q.
– Ilmi hisob o‘qug‘aningiz bormi?
– Yo‘q, taqsir.
– Domlangiz ilmi hisobni bilurmikin?
– Bilmaslar deb o‘ylayman.
– Agar men bir domla ta’yin qilsam, hisob o‘quysizmi?
–
Ustozim ruxsat bersalar, albatta, o‘quyman.
– Xub... bo‘lmasa erta kechka domlangiz shu yerga ke-
lib, menga uchrashsin.
– Xub, taqsir.
Ertasi kuni maxdum keldi, Muhammad Rajabbek max-
dum bilan so‘zlashib, Anvarni o‘rda xizmatiga olish fi k-
rida bo‘lganlig‘ini, buning uchun arabcha, forsiycha-
dan yana ham chuqurroq ma’lumot olishi lozimligini va
hisob o‘rganishi kerakligini aytdi. Maxdum Muhammad
Rajabbek ning Anvarga munchalik marhamati uchun bi-
roz shoshib qolsa ham, lekin bu mehribonchiliq sababiga
yaxshi tushunganligi jihatdan, avvalo, bekning yatimpar-
varligini, so‘ngra, Anvarning zako va iste’dodini maxtadi.
Anvarni odam qilish yo‘lida chekkan o‘z mashaqqatlari-
ni hikoyat yo‘sunida so‘zlab chiqg‘ach, bu kunlarda eh-
timomi tom
1
birlan Anvarga fors va arabiydan dars berib
1
Ehtimomi tom – butun diqqat bilan.
264
turg‘anini va alhol ham Anvar forsiycha tazkira va tahrirlar
yoza olishini bayon qilib, necha xil uzrlar ichida o‘zining
ilmi hisobdan bahrasizligini bildirdi, ya’ni Anvar ning ilmi
hisob o‘rganishi uchun boshqa muallim kerak bo‘lur, dedi.
Muhammad Rajabbek bu to‘g‘rig‘a o‘zi domla top moqchi
bo‘lib maxdumga ruxsat berdi.
Dostları ilə paylaş: