270
9. Asardagi:
«Anvarning o‘qushdan bo‘shag‘an kezlari
gullar ichida shu kapalaklar orasida kechar edi» tasvi-
riga tayanib, Anvar tabiatini izohlang.
10. Solih maxdumning Anvarga munosabati ifodasiga taya-
nib, uning shaxsiyati haqida fi kr bildiring.
11. Maxdumning Anvar bilan Ra’no o‘rtasidagi
munosabatga
yondashuvini baholang.
12. Asarda maxdumning
«og‘zining tanobi uzoq sayohatni
ixtiyor qilg‘an» tarzidagi holati tasviri nimani anglatadi?
13. Nigor oyimning maxdumga qarshi yo‘l tutishi sababini
sharh lang.
* * *
Tug‘ma qobiliyati va teran aqli tufayli Anvar saroyda
mirzaboshilik martabasiga erishadi. Anvarning mirzaboshi
darajasiga erishganini ko‘ra olmagan mulla Abdurahmon,
Shahodat mufti va Kalonshoh mirzo kabi kimsalar An-
var bilan xonning orasini buzish uchun yigitning suyuklisi
Ra’noning go‘zalligi ta’rifi ni hukmdorga yetkazadilar va
xotinboz xon qizni so‘ratib, maxdumga odam yuboradi. An-
var va Ra’no bu zo‘ravonlikka toqat qilib o‘tirmay, ota uyi-
dan qochib, yashirinishadi. Xon Anvarlarning qochishida
uning do‘sti Sultonalini aybdor sanab, o‘limga hukm qila-
di. Roman voqealari rivojida Anvarning akasi Qobil, uning
buxorolik do‘stlari: Sharif, Rahim hamda qo‘qonlik Safar
bo‘zchi kabilar faol ishtirok etishadi.
Dostları ilə paylaş: