12. “Qadimgilarga taqlid qilaman, to‘qimayman, qadimgilarga ishonaman va yaxshi ko‘raman”. Bu fikrni Qadimgi Xitoy mutafakkirlaridan... aytgan. A. Konfutsiy
B. Mo szi
S. Syun szi
D. Xan Fey szi
13. Konfutsiy talqinida oliy va quyi darajadagi bilim bu: A. tug‘ma g‘oyalar va insonning bevosita tajribasi natijasida vujudga kelgan bilimlar
B. tug‘ma g‘oyalar va taqlidiy bilimlar
S. tug‘ma g‘oyalar va kitobiy bilimlar
D. tug‘ma g‘oyalar va og‘zaki bilimlar
14. Konfutsiyning “nomlarni to‘g‘rilash” ta’limotiga ko‘ra... A. xodisalarni mavjud ta’rif va tushunchalarga moslashtirish kerak.
B. mavjud ta’rif va tushunchalarni xodisalarga moslashtirish kerak.
S. mavjud ta’rif va tushunchalarni o‘zgartirmaslik kerak
D. mavjud ta’rif va tushunchalar o‘zgarishi kerak.
15. Mo-szining ta’kidlashicha, quyidagilar inson bilishining predmetini tashkil etadi: A. O‘tmish ajdodlarning tarixiy tajribasi, dono hukmdorning ishlari, oddiy odamlarning taassurotlari va kuzatishlari, ko‘pchilik odamlar ko‘rgan yoki eshitgan narsalar, muhokama yuritish qobiliyati .
B. O‘tmish ajdodlarning tarixiy tajribasi va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar
S. Dono hukmdorning ishlari, mamlakatni boshqarish prinsiplari;
D. Muhokama yuritish qobiliyati.
16. Mo-szi bilish jarayonini tadqiq qilganda qanday savollarga javob izlagan? A. “bu nima”, “nima uchun bu shunday, boshqacha emas”.
B. “bu nima”, “qanday tuzilgan”.
S. “bu nima”, “nechta”, “qaerda”.
D. “bu nima”, “qachon”, “qaerda”.
17. Mo-szi ta’limotiga ko‘ra har qanday mulohaza uchta talabga mos kelishi shart. Bular: A. asosi bo‘lishi kerak, manbai bo‘lishi kerak, uni qo‘llash mumkin bo‘lishi kerak.
B. manbai bo‘lishi kerak, uni qo‘llash mumkin bo‘lishi kerak, ob’ektiv bo‘lishi kerak.
S. manbai bo‘lishi kerak va uni tekshirish imkoniyati bo‘lishi kerak, ob’ektiv bo‘lishi kerak.
D. asosi bo‘lishi kerak, ob’ektiv bo‘lishi kerak, uni qo‘llash mumkin bo‘lishi kerak.