Sodda affikslar mustaqil morfema bo‘la oladi. Masalan, ishlashdi – ish+la+sh+di, lug‘atchilik – lug‘at+chi+lik, misgarlik – mis+gar+lik kabi. - Sodda affikslar mustaqil morfema bo‘la oladi. Masalan, ishlashdi – ish+la+sh+di, lug‘atchilik – lug‘at+chi+lik, misgarlik – mis+gar+lik kabi.
-
- Qo‘shma affikslar yaxlit holda bitta affiksal morfema sanaladi. Masalan, kosibchilik – kosib+chilik, odamgarchilik – odam+garchilik, yordamlash – yordam+lash kabi.
- So‘zning leksik va grammatik ma’nolarini ifodalashiga ko‘ra qo‘shimchalar 2 turga bo‘linadi:
- So‘z yasovchi qo‘shimchalar
- Shakl yasovchi qo’shimchalar
So‘z yasovchi qo‘shimchalar yangi leksik ma’noli so‘z hosil qiladigan qo‘shimchalardir. Masalan, ishla, ishchi, ishchan, ishli, ishsiz kabi so‘zlarda ish o‘zagidan –la, -chi, -chan, -li, -siz so‘z yasovchi qo‘shimchalari yordamida ot, sifat, fe’l turkumlariga oid yangi so‘zlar yasalgan. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘ziga xos xususiyatlari qo‘llanmaning “So‘z yasalishi” bobida batafsil o‘rganiladi. - So‘z yasovchi qo‘shimchalar yangi leksik ma’noli so‘z hosil qiladigan qo‘shimchalardir. Masalan, ishla, ishchi, ishchan, ishli, ishsiz kabi so‘zlarda ish o‘zagidan –la, -chi, -chan, -li, -siz so‘z yasovchi qo‘shimchalari yordamida ot, sifat, fe’l turkumlariga oid yangi so‘zlar yasalgan. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘ziga xos xususiyatlari qo‘llanmaning “So‘z yasalishi” bobida batafsil o‘rganiladi.
- Shakl yasovchi qo‘shimchalar yangi so‘z yasamaydigan, so‘zlarning grammatik formalarini shakllantiradigan va turli grammatik ma’nolarni anglatadigan qo‘shimchalardir. Masalan, talabalarimizning so‘zida –lar, -imiz, -ning qo‘shimchalari, kelmading so‘zida –ma, -di, -ng qo‘shimchalari qatnashgan bo‘lib, ulardagi –lar ko‘plik ma’nosini, -imiz I-shaxs ko‘plik ma’nosini, -ning qaratqich kelishigi ma’nosini, -ma fe’lning inkor ma’nosini, -di fe’lning o‘tgan zamon ma’nosini, -ng fe’lning shaxs-son (II-shaxs) ma’nosini ifodalaydi.
E’tiboringiz uchun rahmat - E’tiboringiz uchun rahmat
Dostları ilə paylaş: |