Al-Xorazmiy nomli Urdu pedagogika fakulteti bt va sti yo’nalishi 203-guruh talabasi Abdirimova Shahnozaning ona tilidan tayyorlagan mustaqil ishi elektron varianti
Morfemika grammatikaning alohida bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o‘zaro munosabatini, turlarini o‘rganadi.

Morfema – so‘zning ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin turadigan semantik–morfologik birlik bo‘lib, so‘zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema so‘zning qayta bo‘linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham, grammatik ma’noni ham anglatadi. Masalan, Mehnatkashlarimizning so‘zi mehnat-, -kash, -lar, -imiz, -ning qismlaridan tarkib topgan.
Leksik ma’no anglatish yoki anglatmasligiga ko’ra morfemalar
Masalan, uzumzor, mevali, bog‘bon, ishchi, ishla, ishdan, borgan, bordi, bolalar so‘zlarining uzum, meva, bog‘, ish, bor, bola qismlari o‘zak morfemalar, -zor, -li, -bon, -chi, -la, -dan, -gan, -di, -lar qismlari affiksal morfema hisoblanadi.

So‘z morfemalarini aniqlash uchun ularning hozirgi tilimizda xoh leksik, xoh grammatik ma’no anglata olishi hisobga olinadi. Ajratilmoqchi bo‘lgan qism hozirgi tilda ma’no anglatmasa, boshqa so‘zlar tarkibida ham kela olmasa, uni morfema deb bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, ma’noli qismlarning chegarasini turli so‘z tarkiblarini qiyoslash asosida aniqlanadi.
. Masalan,ishchilarso‘zining ish+chi+lar kabi morfemalarga ajratishga asos shuki, o‘zak deb olingan ish so‘zi o‘z ma’nosida qatnashgan, keyingi so‘zning yasalishi uchun asos bo‘lib turibdi, turli so‘zlar tarkibida kela oladi: ishga, ishchan, ishli, ishsiz, ishla kabi; -chi, affiksal morfema bo‘lib boshqa so‘zlar tarkibida ham gulchi, xizmatchi, traktorchi kabi shaxs oti yasab kela oladi; -lar, ham morfema sifatida turli so‘zlar tarkibida ko‘plik ma’nosini ifodalab kela oladi: kitoblar, bolalar, binolar kabi.