O‘zbek tilida morfemalar o‘zakka ketma-ket, biri orqasidan ikkinchisi qo‘shiladi. So‘zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani belgilab olishdan boshlanadi va ketma-ket tarzda o‘zak morfemani be
O‘zbek tilida morfemalar o‘zakka ketma-ket, biri orqasidan ikkinchisi qo‘shiladi. So‘zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani belgilab olishdan boshlanadi va ketma-ket tarzda o‘zak morfemani belgilash bilan tugallanadi.

O‘zak morfema so‘zda albatta ishtirok etadigan, leksik ma’noni beruvchi qismdir. O‘zak morfema yangi so‘z yasalishi uchun ham shakl yasalishi uchun ham asos bo‘la oladi. Masalan, mevali, mevasiz, sermeva kabi tarkibli so‘zlarda meva so‘z yasalishi uchun asos bo‘lsa; mevani, mevamiz, mevalar tarkibli so‘zlarda meva shakl yasalishi uchun asos bo‘ladi.

O‘zak morfema so‘zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy qism bo‘lganligi uchun asosiy morfema, affikslar shu o‘zak bilan birgalikda, shu orqali qo‘llanganligi uchun ergash morfema yoki yordamchi morfema terminlari bilan ham ataladi.
O‘zak morfema ifoda etilishiga ko‘ra so‘zga o‘xshaydi, ular ma’no jihatidan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Lekin o‘zakni so‘zning tarkibiga kiruvchi morfema sifatida so‘z bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Masalan, boshliq, mevazor, ishchi, ishla so‘zlaridagi bosh-, meva-, ish o’zak morfemalar alohida olingan bosh, meva, ish so‘zlariga aynan teng emas. Garchi ular fonetik jihatdan teng kelsa ham. Buni biz o‘zaklarning ma’no doirasi bilan so‘zlarning ma’no doiralari teng kelmaganligidan ko‘rishimiz mumkin. O‘zakning ma’nosi shu so‘z tarkibi uchun aniq, cheklangan bo‘ladi. Uning ma’nosi shu so‘z tarkibi (yasalish tarkibi) doirasida belgilanadi. So‘zning ma’nosi esa nutq, gap doirasida belgilanadi.