Algoritmik tillar va dasturlash



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə5/9
tarix06.07.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#128477
1   2   3   4   5   6   7   8   9
sarvinoz.kurs ishi. (4)

1.3. C# dasturlash tili
C# ning kelib chiqishi 2000-yillarga borib taqaladi. O‘sha yillarda Microsoft ushbu dasturlash tilini o‘zlari uchun yaratshdi. Dastlab C#, JavaScript bilan raqobatlashayotgan Java tillariga javob sifatida, ya’ni Microsoftning talabiga Java javob bera olamgani tufayli Microsoft Visual Studio 2002 bilan birglikda ishlab chiqilgan til edi. C# va Java ham dastlabki davrlardan tan olinishi uchun raqobatlashayotgan edi. Darhaqiqat, bu ikkisi bir biridan ancha ko‘chirmachiliklar qildi, toki C# boshqa yo‘nalishga o‘tmaguniga qadar. Shundan so‘ng C# kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standart sifatida tasdiqlandi va umumiy til infrastrukturasi bilan ishlatiladi.
C# ning juda ko‘p versiyalari mavjud, ularning barchasi dasturiy ta’minotga yanada ko‘proq yangilanishlar kiritdi.
1-versiya oddiy, ko‘p maqsadli umumiy dasturlash tili sifatida ishlab chiqarilgan.
2-versiya 2005-yilda ishlab chiqarilgan. Bir vaqtning o‘zida ma’lumotlarning katta qismini ko‘rib chiqishga imkon beruvchi iteratorlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘z ichiga oldi.
3-versiya 2007-yilda ishlab chiqilgan. Yangi iboralar (kodlar) yaratildi; Aynan ushbu versiyasidan boshlab C# Java tiliga qaraganda trendda yuqori o‘rinlarni egallay boshladi.
4-versiya 2010-yilda ishlab chiqildi. Mutaxassislar Interlop turlarini va dinamik kalit so‘zlari yaratdi va boshqa tillarda bo‘lmagan nafislikni berdi.
5-versiya 2012-yilda ishlab chiqilgan. Asinkronizatsiyalash imkoniyati paydo bo‘ldi.
6-versiya 2013-yilda ishlab chiqarilgan. Yangi filtrlar va initsializatorni taqdim etdi Kod yozish avvalgidan ham osonlashdi.
7-versiya 2017-yilda ishlab chiqarilgan. Yangidan yangi imkoniyatlar, xususan .NET Core va operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.
C# tilida nimalar qilsa bo‘ladi, to‘liq ma’lumot bering?!
Mobil dasturlar
O‘yinlar (kompyuter/mobil)
Desktop dasturlar
Ma’lumotlar bazasi uchun dasturlar
Veb dasturlar
Veb servislar
VR - Virtual Reality uchun dasturlar
Veb saytlar
Nimada boshlashim mumkin?
Birinchi qiladigan vazifamiz kod yozish uchun muhit yuklab olish va uni o‘rnatish hisoblanadi. Chunki muhitsiz siz hech narsa qila olmaysiz. Bizga kerak bo‘lgan muhit esa Visual Studio 2019 nomli editor.
Uni bu yerdan topasiz:
Windows: https://visualstudio.microsoft.com/vs/preview/
Mac:https://docs.microsoft.com/en-us/visualstudio/releasenotes/vs2019-mac-relnotes
Barcha dasturlash tillarida eng ahamiyatli o‘rinlardan birida turadigan, hamda ko‘pchilikka ilk dasturlashni boshlash chog‘larida muammo bo‘lishga ulgurgan, ushbu mavzu to‘g‘risida yaqin daqiqalar ichida tushunmovchiliklarga barham beramiz. Kitobiy gaplardan boshlaganimga e’tibor bermasligingizni so‘rayman, kompyuter qarshisida ko‘p o‘tirishning oqibati shunaqa bo‘larkan. Hop endi mavzuga qaytamiz. O‘zgaruvchi - bu turli xil ko‘rinishdagi ma’lumotlarni o‘zida saqlab turuvchi va dastur ishlash davomida qiymati o‘zgarib boradigan konteyndir. Tushunish qiyin bo‘lganduraa? Kayfiyatni cho‘ktirmaymiz. Keling berilgan iboraga, hayotiy misol orqali o‘xshatish berib ko‘ramiz: Tasavvur qiling sizning uyingizda omborxona bor. Tabiiyki u yerda , kundalik yumushlaringizda foydalanadigan ishchi qurollar (ketmon, lapatka...) va oyingiz tayyorlagan kampot-u qiyomlar saqlanadi. Kampot shirin bo‘lganidan yozning jazirama issig‘ida zo‘r ketadi va ombor ham asta-sekinlik bilan bo‘shashni boshlaydi. Lekin omborga kirib, uni ochmaguningizgacha qishin – yozin turaveradi. O‘zgaruvchilar ham bir ombor hisoblanadi. Ular ham o‘zida ma’lum bir toifaga oid qiymatlarni saqlab boradi.
O‘zgaruvchilarni e’lon qilish. O‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun birinchi navbatda uning qaysi toifaga tegishliligi, uning nomi hamda unga beriladigan qiymatlarni aytib qo‘yish talab etiladi.
Tip o‘zgaruvchi_nomi = qiymati
Tip deyilganda – int , string , double kabilar nazarda tutildi
Quyida bir necha toifaga mansub bo‘lgan o‘zgaruvchilarni e’lon qilishni ko‘rishimiz mumkin: string toifasiga mansub o‘zida “Mening Dasturim” satrni saqlab turuvchi project o‘zgaruvchisini e’lon qilish:
using System;
namespace MyProgram{
static void Main(string[] args){
string project = “Mening Dasturim”;
Console.WriteLine(project);
}
}
Natija: Mening dasturim
int tipiga oid x o‘zgaruvchisini e’lon qilish va unga 5 qiymatini o‘zlashtirish
using System;
namespace MyProgram
{
static void Main(string[] args){
int x = 5;
Console.WriteLine(x);
}
}
Natija: 5
Eslatma: Agarda o‘zgaruvchiga yangi qiymat o‘zlashtirilsa, uning eski qiymati yo‘qolib o‘rniga yangi qiymat saqlanadi.
namespace MyProgram{
static void Main(string[] args){
int x= 5;
x = 20; // x dagi qiymat endi 20
Console.WriteLine(x);
}
}
O‘zgaruvchilarni qurishda ingliz alifbosidagi harflar, raqamlar hamda tag chiziqdan foydalanishimiz mumkin (m.u., myVariable, _myVariable).z
Eslatma: O‘zgaruvchilarni nomlashda tushunarli va eslab qolish osonroq bo‘lgan nomlardan foydalanish tavsiya etiladi.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin