Alimentar distrofiya [lot. alimentarius – ovqatga aloqador], shish kasalligi – yolchib ovqatlanmaslik natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi, ozib ketish, darmonsizlik, teri osti yogʻ qavati (kletchatkasi)ning shishishi, assit, ichki aʼzolar va toʻqimalar faoliyatining buzilishi bilan kechadi.
Organizmda oqsil yetishmasligi, shuningdek, boshqa noqulay omillar (sovuq, jismoniy va ruhiy tanglik) alimentar distrofiyani keltirib chiqaradi.
Alimentar distrofiya
Organizmda oqsil yetishmasligi, shuningdek, boshqa noqulay omillar (sovuq, jismoniy va ruhiy tanglik) alimentar distrofiyani keltirib chiqaradi.
Davosi: quvvat beruvchi va yengil hazm boʻladigan ovqatlar, vitaminlar buyuriladi. Bemor ovqatni oz-ozdan, sutkada 6-7-marta, boʻlib-boʻlib isteʼmol qilishi lozim. Ogʻirroq hollarda oʻrinda yotib davolanish, glyukoza va qon kuyish tavsiya qilinadi.
Oqsil yetishmovchiligi
1. Doimiy ochlik xissi.
Uglevodlar va yog'lar oqsildek energiya bera olmaydi.
2. Soch va tirnoqlarning noziklashishi va to'kilishi.
Ular keratindan tashkil topgan. Keratin esa oqsildan.
3. Jaroxatning juda sekin bitishi.
Oqsil organizmning asosiy qurilish materiali!
4. Tez-tez infeksion kasalliklarga chalinish.
Immun tizim elementlari oqsillardir! Oqsilsiz lizotsim va interferon ishlab chiqarilishi susayib ketadi.
Oqsil yetishmovchiligi
5. Tanadagi shishlar.
Organizmda suv-tuz balansi buziladi, natijada to'qimalarda suv yig'iladi. (Qovoqdagi shishlar, kunni ikkinchi yarmida oyoq kiyimning siqishi)
6. Tana vaznining kamayishi.
Mushaklar oqsillardan tashkil topgan. Oqsil yetishmasligi mushaklardagi oqsillarning safarbar bo'lishiga, bu esa, mushaklar atrofiyasiga olib keladi. Tez charchoq, xolsizlik belgilari kuchayadi.
7. Yomon/tushkun kayfiyat.
Oqsil neyromediator serotonin ishlab chiqarilishida asosiy modda hisoblanadi. Kayfiyatning yaxshi bo'lishi, stressga chidamlilik aynan serotoninga bog'liq.