1468-yil Abusa’id Eron uchun jangda halok bo‘lgach, taxtni 1469-yilHusayn Boyqaro egallab, do‘sti Navoiyni Hirotga chaqirib, muhrdor qilib tayinlaydi.
1471-yil Oqquyunlilar saroyida (G‘arbiy Eron) Navoiyning ikkinchi devoni muxlislari tomonidan tuziladi.
1469-1472-yillarda Navoiy muhrdor lavozimida xizmat qiladi.
1472-1476-yillarda Navoiy amir (vazir) vazifasini bajaradi, “amirul-kabir”, “amirul-muqarrab” kabi unvonlar oladi.
1476-yil Navoiy saroydan rasman iste’fo beradi, lekin sulton uchun eng yaqin inson bo‘lib qolaveradi.
1472-1476 yillarda Navoiy amir (vazir) vazifasini bajaradi, “amiru-l-kabir”, “amiru-l-muqarrab” kabi unvonlar oladi
1487-1488- yillarda Navoiy Astrobodda hokimlik qiladi.
1489-yil Navoiy Hirotga qaytadi, uning ukasi Darveshali Balxda isyon ko‘taradi, sulton Navoiyni olib Balxga jo‘naydi, sulh tuziladi. Saroyda siyosiy kurashlar avj oladi. Shu asnoda shahzoda Mo‘min Mirzo qatl etiladi.
1499-yil Navoiy bu hodisadan qattiq ta’sirlanib, ko‘pdan buyon niyat qilgani – hajga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Ammo shu payt Husayn Boyqaroning o‘g‘li Abulmuhsin Marvda isyon ko‘taradi, Sulton isyonni bostirishga borganda shahzoda faqat Navoiy o‘rtaga tushsa, sulh tuzishini aytadi. Navoiy yo‘ldan noiloj ortga qaytadi va ota-bolani yarashtiradi.