Adabiyotlar:
1. Новиков П.С. Элементы математической логики. – М.: Наука. 1973.
2. Ёқубов Т., Каллибеков С. Математиқ мантиқ элементлари. – Тошкент:
Ўқитувчи. 1996. – 272 б.
3. Йўдошев Б. Математик ва компютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2007.
4. Йўдошев Б. Компютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2009.
5. Эшқобил Шукур. Она тилимиз “ҳужайралари” ёхуд сўз математикаси //
Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2006 йил 24 феврал, 8 (3837)-сон.
6. Тўраев Ҳ. Математик мантиқ ва дискрет математика. –Тошкент:
Ўқитувчи, 2003.-416 б.
9-MAVZU: O‘ZBEK TILIDA GAP BO‘LAKLARI VA GAP
QURILMALARINI FORMALLASHTIRISH USULLARI
Reja:
1. O‘zbek tilida gap bo‘laklarini formallashtirish haqida.
2. O‘zbek tilida gap qurilmalarini formallashtirish usullari.
44
3. O‘zbek tilida yoyiq va yig‘iq sodda gaplarni formallashtirish.
4. O‘zbek tilida murakkab sodda gap qurilmalarini formallashtirish.
Tafakkurning mantiqiy shaklini o‘rganishda semantik kategoriyalar muhim
ahamiyatga ega. Semantik kategoriyalar til ifodalarining sinflaridan iborat bo‘lib, ular
bir-biridan qanday obyektlarni aks ettirishi bilan farq qiladilar. Asosiy semantik
kategoriyalar qatoriga gap va uning tarkibida nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lgan
qismlari - deskriptiv va mantiqiy atamalar kiradi.
Gap hukmni, savolni va normani (buyruqni) ifoda qilishi mumkin. Hukmni ifoda
qiluvchi gap predmetga birorta belgining (xossa yoki munosabatning) xosligini
tasdiqlaydi va inkor qiladi. U darak gapdan iborat.
Gapda predmetlarni, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi
ifodalar deskriptiv atamalar deyiladi. Deskriptiv atamalar predmetlar, nomlar yoki
termalar (predmetlarni, predmetlar to‘plamini aks ettiruvchi ifodalar) va
predikatorlarga (predmetlarning xossalari va munosabatlarpni aks ettiruvchi ifodalar)
bo‘linadi. Predmetlarning nomlari ayrim so‘zlar va so‘z birikmalari bo‘lib, ular
moddiy (planeta, elektr toki) va ideal (sezgi, tafakkur) predmetlarni ifodalaydi.
Predmet nomi belgidan iborat bo‘lganligi uchun o‘z mazmuni va ma’nosiga ega.
Nomning mazmuni predmetni ifoda qiladi va mantiqda denotat deb ataladi. Nomning
ma’nosi esa predmetning muhim, umumiy belgilarini ifoda qiladi va konsept deb
ataladi. Masalan, «Aristotel», «Logika fanining asoschisi», «Topika» asarining
muallifi» kabi ifodalarning mazmuni bir xil, ya’ni bitta predmetni ifodalaydi, ma’nosi
esa turli xil, ya’ni fikr qilinayotgan obyektning har xil belgilarini qayd qiladi.
Shuningdek nomlar yakka («Toshkent shahri») yoki umumiy («shahar») bo‘lishi
mumkin. Bunda yakka nom bitta predmetni, umumiy nom esa predmetlar sinfini aks
ettiradi.
Predikatorlar gapda kesim o‘rnida kelib, o‘zi taalluqli bo‘lgan nomning
miqdoriga bog‘liq holda bir o‘rinli yoki ko‘p o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bunda
predmetning xossasini ifoda qiluvchi predikatorlar bir o‘rinli pedikatorlar, predmetlar
o‘rtasidagi munosabatlarni ifoda qiluvchi predikatorlar ko‘p o‘rinli pedikatorlar
hisoblanadi. Masalan, «O‘zbekiston Hamdo‘stlikdagi respublikadir» degan fikrda
«Hamdo‘st-likdagi respublikadir» degan predikator bir o‘rinli, «O‘zbekiston Turkiya
bilan nqtisodiy shartnoma tuzdi» degan fikrda «iqtisodiy shartnoma tuzdi»
predikatori ikki o‘rinli, «O‘zbekiston Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida joylashgan»
degan fikrda «oralig‘ida joylashgan» predikatori uch o‘rinlidir.
Mantiqiy atamalar (mantiqiy konstantalar) doimiy mantiqiy qiymatga ega bo‘lib,
gapda deskriptiv atamalarni bog‘lashda ishlatiladi. Ular o‘zbek tilida «va», «ham»,
«hamda», «yoki», «yoxud», «barcha», «hyech bir», «ba’zi», «emas» kabi so‘zlar
orqali ifodalanadi va turli xil (oddiy va murakkab) hukmlar, mulohazalarni hosil
qiluvchi elementlar hisoblanadi. Masalan, «hyech bir tovar qiymatsiz emas» degan
fikrda «hyech bir», «emas» mantiqiy atamalar bo‘lib, ularsiz deskriptiv atamalarni
«tovar», «qiymat» so‘zlarini bog‘lab bo‘lmaydi.
Mantiqning formallashgan tilini yaratishda semantik kategoriyalar aniq
ta’riflanishi va tavsiflanishi kerak. Bunga semantik kategoriyalarni aniq simvollarda
aks ettirish orqali erishish mumkni. Ana shu simvollar mantiqning formallashgan
45
tilining alifbosini tashkil etadi. Mantiq ikkita til - predikatlar mantig‘i tili va hukmlar
(mulohazalar) mantig‘i tili mavjud.
Hukmlar (mulohazalar) mantig‘i hukmlarning ichki tuzilishini o‘rganishdan
chetlashib, ularning o‘zaro mantiqiy aloqasini hisobga olgan holda muhokama qilish
jarayonini analiz qiladigan formallashgan mantiqiy tizimdir. Hukmlar mantig‘i tili
alifboni, ifodalar ta’riflarini va ularning talqin qilinishini o‘z ichiga oladi. Xususan bu
til alifbosi quyidagilardan tashkil topgan.
1. r, q r ... propozisional o‘zgaruvchilar, ya’ni hukmlar uchun simvollar.
2.
-kon’yunksiya belgisi; u o‘zbektilidagi «va», «ham», «hamda» kabi
bog‘lovchilarga to‘g‘ri keladi. Masalan, «Doklad tugadi (R) va uning muhokamasi
boshlandi» (Q) degan hukmni R Q shaklida ifoda qilish mumkin.
3. V-diz’yunksiya belgisi; u o‘zbek tilida «yo», «yoki», «yoxud» kabi so‘zlarga
to‘g‘ri keladi. Masalan «Elektr toki yo o‘zgaruvchan (R) yo o‘zgarmas bo‘ladi» (Q)
degan hukm R V Q shaklida yoziladi.
4.
implikasiya belgisi; unga o‘zbek tilida «Agar... bo‘lsa,-... bo‘ladi», degan
ifoda to‘g‘ri keladi. Masalan, «Agar talaba mustaqil ishlasa (R), o‘quv materiallarini
yaxshi o‘zlashtiradi (Q)» degan hukm R
Q shaklida yoziladi.
5. ↔ ekvivalentlik belgisi; unga o‘zbek tilida «Faqat va faqat shundaki...» degan
ibora to‘g‘ri keladi. Masalan, «Faqat juft sonlargina (R) 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi (Q)
degan hukm R↔Q tarzida yoziladi.
6. - - inkor qilish belgisi. Masalan «Ahmedov Anvar talabadir (R)» degan hukm
inkor qilinganda «Ahmedov Anvar talaba emas» R hukmiga aylanadi, ya’ni R
o‘zining inkori bo‘lgan R ga o‘zgaradi.
Predikatlar mantig‘i - muhokama jarayonini hukmlarning ichki tuzilishini
hisobga olgan holda o‘rganuvchi formallashgan mantiqiy tizimdir. Predikatlar
mantig‘i alifbosi hukmlar mantig‘i alifbosiga yangi simvollar qo‘shish orqali hosil
qilinadi. Ular quyidagilar:
1. a, v, s…; - predmet nomlarini ifodalovchi simvollar, ular konstantalar deb
ham ataladi.
2. x, u, z ...;- predmetlarning umumiy nomlarini bildiruvchi simvollar.
3. R
1
, Q
1
, R
1
, ... R
2
, Q
2
, R
2
... R
n
, Q
n
,
n
R- predikatorlar uchun simvollar; bunda 1
- bir o‘rinli predikatorni, 2 - ikki o‘rinli predikatorni, n-n o‘rinli predikatorlarni
bildiradi.
4. Hukmning miqdorini bildiruvchi simvollar: - umumiylik kvantori; unga
o‘zbek tilida «barcha», «har bir», «hyech bir» kabi so‘zlar to‘g‘ri keladi. Masalan,
«Barcha fuqarolar mehnat qilish huquqiga ega» degan hukm xR (x) ko‘rinishida
yoziladi.
- mavjudlik kvantori; unga o‘zbek tilida «ba’zi», «ayrim» kabi so‘zlar to‘g‘ri
keladi. Masalan, «Ba’zi kishilar kooperativlarda ishlaydi» degan hukm xR(x)
ko‘rinishida yoziladi.
Hukmlar mantig‘i va predikatlar mantig‘i natural xulosa chiqarish tizimi yoki
aksiomatik tizim sifatida qurilishi mumkin.
Sodda gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm] dir, gapning markazi kesimdir.
[WPm] ning tarkibiy qismlari: [W] - atov birligiga va [Pm] – N, M,T, Plarga teng.
46
N, M,T, P lar gapni shakllantiruvchi grammatik vositalardir. [P] –ega, [T] – o‘rin-
payt xoli, [N] –tarz holi, [M] ravish xoli yordamida murakkablashadi.
Gapning grammatik markazi [WPm]. [A], [M], [X] murakkablashtiruvchi
bo‘laklar bilan kengayadi.
Kesim -[Pm]
Ega – [E]
Aniqlovchi – [A]
To‘ldiruvchi – [T]
Hol –[H]
Sintaksis so‘z shakllarining bog‘lanish qoidalarini, tarkibida bu qoidalar
ro‘yobga chiqadigan bir butunlikni gapni o‘rganadi. Leksik birliklarning
kombinatsiyasi ma’lum bir qonun qoida va modellar orqali amalga oshadi. Sintaktik
modellar til sathida mavhum model sifatida qabul qilingan. Ularning leksika bilan
to‘ldirilishi, cheksiz rang-baranglik nutqqa taalluqlidir. Matnni avtomatik tahlil
qilishda asosiy murakkablik sintaksis va semantika
o‘rtasidagi aloqada
shartlangandir. Sintaktik jihatdan ekvivalent jumlalarni tahlil qilish uchun maxsus
izohli-kombinator lug‘at yaratilishi kerakki, unda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish ham
sintaktik, ham semantik axborot mujassam bo‘lishi kerak. Masalan: «kishi miltiqdan
o‘q otdi» fe’l-predikat «otmoq»ning to‘ldiruvchisi «miltiqdan», «oynadan» - o‘rin
holi «otmoq» predikatidan biror qurol bilan harakat bajarilayotganligi anglashiladi.
Demak, «qurol» sinfiga taalluqli, ikkinchi tomondan «qurol» sinfiga «miltiq»,
«topponcha», «yoy», «rogatka» va hokazolar ham kiradi. Formal sintaktik tahlilda
jumladagi so‘zlarning o‘zaro munosabatidan sintaktik «daraxt» yuzaga keladi.
Bir so‘z shakli bir necha grammatik shaklga ega bo‘lishi mumkin. Shuning
uchun sintaktik «daraxt»ni hosil qilishda, iloji boricha, so‘z shaklining o‘zaro
bog‘lanishi mumkin bo‘lgan so‘z shakllarining barcha variantlarini keltirish kerak.
Maksimal darajada jumlalarning o‘rami keltirilsa, tahlil natijalari shunchalik aniq,
to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan: «Horg‘in Ahmad va Toshmat dam olishga o‘tirishdi»
jumlasining o‘ramini keltirsak:
(horg‘in
Ahmad+Toshmat)) ~ > (dam olishga ← o‘tirishdi);
(horg‘in
Ahmad) va (Toshmat ~ > dam olishga ← o‘tirishdi));
((horg‘in
Ahmad)+(Toshmat ← dam olishga)) o‘tirishdi;
((horg‘in)
(Ahmad+Toshmat) ~> (dam olishga ← o‘tirishdi) va hokazo.
Qavs alomati (
)– so‘z shakllarining tahlil jarayonida navbatdagi bosqichga
o‘tishi.
Qo‘shuv alomati (+) - teng huquqli so‘z shakllari.
To‘g‘ri chiziq alomati (-) - ega-kesimning bog‘lanishi mumkinligi.
To‘lqinli chiziq alomati (~) - o‘ramdagi ism va fe’l guruhiga kiruvchi so‘z
shakllarining o‘zaro munosabati.
Jumlaning sintaktik daraxtidan qaysi modelning to‘g‘riligini aniqlashda, so‘z
shakllarining o‘zaro bog‘lanishidagi mantiq va mazmunga e’tibor berish lozim. 1-
variant. Bir cho‘qqili «daraxt», ya’ni fe’l guruhi mavjud, (dam olishga o‘tirishdi),
to‘g‘ri tahlil qilinadigan o‘ram. 2-variant. To‘liq emas, chunki sintaktik aloqalar
to‘g‘ri tasvirlanmagan. 3-variant. Noto‘g‘ri, fe’l guruhi va teng huquqli ismlar
47
(Ahmad, Toshmat) ajratilgan. Shunday murakkab gaplar minglab variantlarga ega
bo‘lishi mumkin. Ammo amaliyotda ularning sonini kamaytirishga harakat qilinadi.
Jumlalar tahlilida sintaktik omonimiyaning uchrashi, semantika va
pragmatikani ham jalb qiladi. So‘zlar o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanish, fe’l-
predikatning tavsiflashdagi tushunchalar sintaktik «daraxt»ning hosil bo‘lishida
aniqlikni ta’minlaydi. Sintaktik-semantik aloqalar vaziyatning mantiqiy sxemasini
shakllantiradi. Bu holatda ham fe’l shakllarining modeli haqidagi lug‘at zarur bo‘ladi.
Bunday lug‘atda har bir fe’l-predikat qanday so‘z o‘zgartuvchi affikslar, forma hosil
qiluvchi affikslar bilan aloqaga kirish va boshqarish mumkinligi haqidagi axborot
berilishi kerak. Bundan tashqari, har bir modelga ularning semantik xususiyati haqida
ham axborot berilishi kerak, masalan, maqsad, o‘rin, qurol vositasi, sabab va hokazo.
Tilshunoslikda 30 yaqin semantik xususiyatlari ajratilgan. Sintaktik tahlilning
ishonchli bo‘lishi uchun semantik axborotning ahamiyati katta. Fe’l-predikatning
semantik va o‘zining xususiyatlariga xos bog‘liqlik darajasi modellashtirilsa,
quyidagicha yoziladi: «ijaraga olmoq» fe’l-predikat
Agens:
Kim?
Patsiens:
Nima?
Benefaktiv:
Kimda?
Vaqt:
Nechada?
Bahosi:
Qancha?
Hol:
Ikromov
kvartira
Hakimov
-
ming
dollar
Moskva
tashkilot
Ombor
binolari
-
Uch yil
-
Sementni
saqlash
Bunday tasvir faktografik izlash sistemasida masalani hal etadi. «X bilan
munosabatga kirayotgan barcha shaxslarni toping» deb komanda beriladi. Unda
barcha X bilan bog‘liq munosabatlar aniqlanadi. SQL (dasturning nomi) tilida
ma’lumotlar bazasidan so‘rov berilishi quyidagicha tasvirlanadi. SELECT Agens
FROM Ijaraga olmoq WHERE Obstoyatelstvo = «Moskva» AND Benefaktiv IN
(SELECT Agens FROM savdo qilmoq WHERE Patsiens = «yog‘») SQL dasturining
ma’lumotlar bazasida standart so‘rovlar yuqoridagidek shakllanadi. Axborotni izlash
sistemasida fe’l ism tablitsasining nomini aniqlasa, so‘roq olmoshlari (kim? nima?
qancha? kabilar) qaysi tablitsadan axborotni izlash lozimligini ko‘rsatib beradi.
Lug‘at modeli va semantik to‘r ularning o‘rtasidagi differentsional aloqalar sintez
jarayonini engillashtiradi. Bundan tashqari, jumlalarning tartibi, matnning
kommunikativ strukturasini bilish – tema va remaning ierarxiyasi kabi masalalar ham
sintez jarayoniga aniqlik kiritadi. Jumlaning sintaktik tahlilida tema-rema tahlili ham
amalga oshadi: ega tarkibidagi tushunchalar temani namoyon qiladi; fe’l
tushunchalari – remalar, keyingi jumlalarda tema vazifasida qo‘llanishi mumkin; hol
– tema va rema o‘ramidan ochib hodisalarni tasvirlaydi.
Predekatlar mantig‘ida gaplar, birikmalar formallashtiriladi. Lekin gap va
birikma so‘dan tashkil topganligi uchun har qanday formallashtirish avvalo
so‘zlarni to‘g‘ri formallashtirishdan boshlanadi.
Zavq bilan kuldi
ergashayapti hokim so‘z
1
2
48
Uyga keldi.
1)
Uyga u zavq bilan kulib kildi.
Dostları ilə paylaş: |