Morfologiyaning formal (shakliy) qolipi. Tabiiy tillarni qayta ishlov berishda,
ya’ni kompyuter sistemasi uchun lingvistik ta’min tashkil etishda formal mexanizm
ishlab chiqiladi.
Tabiiy tillarni qayta ishlov berishda formal lingvistik til yaratiladi. Hozirgi
kunda ANT va PATR kabi formal mexanizmlar qo‘llanmoqda. Bunday
mexanizmlarni yaratishda Vinograd, Gazdar, Krulee, Xomskiyning xizmatlari
alohida o‘rin tutadi.
Lingvistik ta’minning formal mexanizmi grammatik, sintaktik, semantik,
paradigmatik bilimlarni qamrab olishi zarur.
Formal grammatik sistemalarning bir necha turlari mavjud bo‘lib, keng
qo‘llanilmoqda. Jumladan, LIFER, LINGOL, DIAGRAM va boshqalar. Ushbu
grammatik sistemalar ma’lumotlar bazasidan talab etilgan so‘z shakli va atamalarni
tanlab olib matnni tahlil qiladi. Masalan, PAKTUS (PRS Adaptive Knowed gebased
Text Understanding System) sistemasi grammatik formalizmning grafik
ko‘rinishidan tarkib topgan bo‘lib, unda ingliz tilining grammatikasi va lug‘at (11000
so‘z shakli) mavjud. Bundan tashqari, ushbu sistema bilan ispan tili sintaksisining
tahlili ham amalga oshiriladi. Bu sistema, asosan, ilmiy uslublarga xos matnlarni
tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Sistemalarning ishlashi uchun formal
grammatikalar yaratiladi.
Morfologiyaning shakliy qolipi so‘zning tuzilishi, so‘zning o‘zgarish qoidalari,
grammatik ma’noning ifodalanish usullari, so‘z yasalish usullarini o‘zida aks etadi.
Axborotni mashina yordamida qayta ishlov berish jarayonida asosan so‘zning
ma’nosini ochishga yordam beruvchi morfologik modelning o‘rni alohida ahamiyat
kasb etadi.
Formal girammatika yoki formallashtirish nazaryasiga ko‘ra tilning har
bir elementi qoliplarga, sxemalarga yoki modellarga ega. Bu modellarni aniqlash
maxsus belgilar bilan ifodalash ifodalavchi grammatika deyiladi. Bu grammatikaning
qoliplari ikkinchi bir tilda aniqlanadi, tushiniladi, bunga aniqlovchi grammatika
deyiladi.
Formal grammatika til birliklarini matematik yo‘l bilan formallashtirish
usullarini aniqlash bilan shug‘ulanuvchi sohadir.
39
Kompyutyer lingvistikasida so‘z turmuklarni formallashtirishda shartli ravishda
quyidagi simvollardan foydalanadi:
so‘z turkumlari
kod
tizimi
misollar
formallashtirish