GLOSARRIY Model (lotincha “modelus” -“nusxa, andoza, o‘lchov” ma’nolarini anglatadi) –
tabiiy fanlar yoki umuman fanda muayyan original-ob’yekt haqidagi ma’lumotlar
majmui sifatida yuzaga kelgan hosila-ob’yekt, moddiy qurilma, grafik, sxema,
umuman, bilish vositasi.
Tabiiy modellar – o‘rganilayotgan ob’yekt bilan bir turda bo‘ladigan va undan
faqat o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali bilan
farq qiladigan modellar.
Matematik modellar – prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi bilan farq
qiladigan, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo‘lgan modellar. Mantiqiy-matematik modellar –belgilardan iborat bo‘lgan, tafakkur jarayonini
o‘rganishda qo‘llanadigan mavhum modellar.
Kompyuter modellar –matematik, mantiqiy modellashtirish metodlariga
asoslanib kompyuterda algoritm va dasturlardan foydalangan holda yaratilgan
modellar.
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar: Model, original-ob’yekt, hosila- ob’yekt, moddiy qurilma, grafik, sxema, tabiiy modellar, matematik modellar, mantiqiy-matematik modellar, kompyuter modellar, modellashtirish. Muhokama uchun savollar. 1. Modellashtirish haqida tuchuncha.
2. Model haqida gapiring.
3. Modellarning tamoyillari.
4. Modellarning bosqichlari.
5. Modellashtirish ko‘rinishlari.
Topshiriqlar. 1-mashq. Quyidagi gaplarning modelini yarating. 1. Inson qo‘li bilan yaratilgan hech bir narsa mukammal emas (“Haqiqat
manzaralari”). 2.Mulohaza qilib qarasam, men qayerda va nima ish bilan mashg‘ul
bo‘lmay, hamisha Ollohning izmida va unga ibodatda ekanman (U.Hamdam).
2-mashq. Tanlanma matndan o‘xshatish badiiy vositasiga misollar toping. Tahlil natijalarini quyidagi jadvalga joylashtiring: