Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


-MAVZU: «KOMPYUTER LINGVISTIKA» FANINING



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

1-MAVZU: «KOMPYUTER LINGVISTIKA» FANINING 
MAQSAD VA VAZIFALARI 
Reja: 
1. «Kompyuter lingvistikasi» fanining yuzaga kelishi va 
bosqichlari. 
2. «Kompyuter lingvistikasi» fanining predmeti va vazifalari. 
3. «Kompyuter lingvistikasi» fanining asosiy yo‘nalishlari 
XX asrgacha « Kompyuter lingvistika»si (KL) tarixi alohida muammo sifatida 
olimlar tomonidan maxsus o‘rganilmagan edi. Faqat strukturalizm vakillari 
ijodidagina fanni mavzu sifatida tahlil qilishga bir oz harakat qilingan. 1949 
yillardayoq tilshunoslikda matnlarni kompyuter yordamida qayta ishlash (xususan 
mashina tarjimasi muammolari) borasidagi muammolarni hal etish borasida ilk 
qadam qo‘yilgan edi. Ammo, KL “Kompyuter lingvistikasi” ilmiy yo‘nalish sifatida 
1960 yillarda yuzaga keladi. Kompyuter lingvistikasi atamasi rus tiliga ingliz tilidan 
«computational linguistics» so‘zidan kalkalab olingan. KL xarakterlovchi muhim 
muammolaridan biri qanday qilib kompyuter dasturlarini yaratishda lingvistik 
masalalarni hal qilish, tillarni kompyuter yordamida o‘qitish, insonning ishini yengil 
qilish maqsadida matnlarni tarjima qilish, tahrirlash masalalarining tushunish va 
tushuntirishdan iborat. Bu masalalarni hal qilishda kompyuterga dasturlar darkor. 
Zarur dasturlarni maxsus sun’iy tillar yordamida algoritmik tilda dasturchi yaratadi. 
Dastur uchun lingvistik ma’lumotlar bazasini tilshunoslar yaratib berishi lozim 
bo‘ladi. Shuning uchun ham, tilni kompyuter vositasida modellashtirish (qoliplash) 
bir tomondan, informatika va dasturlash nazariyasi fanining o‘rganish sohasi bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan to‘lasincha tilshunoslik fanining tekshirish ob’ekti sanaladi.
XX asrning o‘rtalarida kompyuterlarning yaratilishi kibernetik g‘oyalarning 
rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Bu g‘oyalar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda turli fan 
sohalarida yuzaga kela boshladi. Biologiya fani bilan bog‘liq bionika, psixologiya va 
lingvistikada – psixolingvistika, hisoblash texnikasi va lingvistika hisoblash 
lingvistikasi yuzaga keldi.
Ushbu fanning yuzaga kelishida ikki sabab mavjud edi: 
1) tilshunos tadqiqotchilarning fikricha, Kompyuter fanidagi aniqlik tilshunoslik 
fanida yetishmovchilikning kelib chiqishidir. Kompyuterning yaratilishi esa, 
tilshunoslarni quvontirdi, chunki kompyuterlar nafaqat tez ishlovchi arifmometr, 
balki matnlarni tez tahlil qiluvchi sistema edi. Ko‘p mehnat talab qilinadigan 
jarayonlar – matnlarni statistik tahlili, lug‘atlar tuzish, kortotekalar tuzish kabi 
muammolarni yengillashtirdi; 
2) kompyuter yaratilishi bilan tayyor bo‘lmagan foydalanuvchilarning 
muloqotida muammo paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilarni yaratishda tabiiy til asosiy 
vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘zaro ta’sirni tashkil etish uchun, avvalombor, tabiiy 
tilning o‘ziga xos xususiyatlari, qonunlari, insonlar o‘rtasidagi nutqiy jarayonni 
tushunish lozim bo‘ldi. An’anaviy tilshunoslik bu muammolarni o‘rganmaganligi 
sababli 70 yillar boshida kompyuter lingvistikasi fani shakllandi.



Jamiyat, taraqqiyot o‘zgarishi bilan fanning nomi ham o‘zgarib bordi: 
Kompyuter lingvistika, struktur lingvistika, hisoblash lingvistikasi, kompyuter 
lingvistikasi. 
KL fani XX asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan amaliy tilshunoslik asoslaridan 
kelib chiqqan va turli davrlarda turlicha nomlangan, tilning turli tomonlarini 
o‘rgangan. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin