Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

Hisoblash tilshunosligi – kompyuter tilshunosligiga nisbatan tor ma’noda 
qo‘llanilib, lisoniy ma’lumotlar banki tashkil etish, inson – mashina munosabatida 
psixolingvistik aspektlar kabi masalalari o‘rganadi. 
Kontrastiv tilshunoslik (qiyosiy tilshunoslik) – bir yoki bir necha tillarni 
o‘xshash va farqli tomonlarini qiyosiy o‘rganuvchi soha. 
Kompyuter tilshunoslik (mashina tilshunosligi) – kompyuterlashtirishning 
lisoniy aspektlarini ishlab chiquvchi tilshunoslik sohasi.
1
Ф.де Соссюр. Труды по языкознанию. М., Прогресс, 1977, с.144. 
2
Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. Тошкент, 2001, 120-бет. 



Korpus tilshunoslik – axborot-qidiruv tizimiga solingan matnlar to‘plami 
bo‘lgan korpus. Korpus inglizcha corpus - to‘plam so‘zining ko‘plik formasi corpora 
bo‘lib, o‘zgaruvchan hajmga ega, hamda turli maqsadlar uchun yig‘ilgan, to‘plangan 
matnlar ham turlicha bo‘lishi mumkin.
Matematik tilshunoslik – tabiiy tillarni matematik modelini ishlab chiqish. 
Matematik lingvistika umumiy lingvistikaning formal va aksiomatik nazariyalarini va 
aniq tillarning matematik modelini ishlab chiqishdan iborat.
Shunday qilib, KLning paydo bo‘lishi bilan tilshunoslik fanining ideal ob’ekti – 
til shakl va struktura sifatida o‘rganilib, formal shakllari yaratildi. Ma’lumki, har bir 
fanning taraqqiyoti, uning amaliy ahamiyati insoniyat ehtiyojini qay darajada 
qondirish bilan belgilanadi. Kishilik jamiyati rivojlanishi bilan KL fanning amaliy 
ahamiyatiga bo‘lgan ehtiyoji ortib boradi: ona tilini o‘qitish, o‘qitishni 
dasturlashtirish, mashina yordamida tahlillash, xorijiy tillarni o‘rganish, katta 
hajmdagi axborotlarni tez va qo‘lay topish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish, 
matnga qayta ishlov berish kabi masalalar. Ana shu masalalarni hal qilishda KL fani 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
KL fanning maqsadi tabiiy tillar (o‘zbek, rus, tojik, qirg‘iz)ning kompyuter 
modelllarini qurish, avtomatik axborot boshqaruv tizimining strukturasi va tarkibiy 
qismlari haqida bilimga ega bo‘lish, lingvistik ta’minot bazasini, lingvistik 
masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, 
loyihalashtirish metod va uslublarini, o‘rganishdir. 
Bu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni oldimizga qo‘yadi: 
- fan haqida tushunchaga ega bo‘lish; 
- zamonaviy axborot va avtomatik izlash tizimining tarkibi va strukturasini 
bilish;
- avtomatik axborot boshqaruv tizimiga lingvistik ta’minotni ishlab chiqish; 
- axborotni avtomatik indeksatsiya va referatlash metodlari haqida bilimga ega 
bo‘lish; 
- bilishning formal modellari haqida tasavvurga ega bo‘lish; 
- tabiiy tillar lingvistikasining formal va aksiomatik modellarini qurish; 
- aniq biror tillarning kompyuter modellarini ishlab chiqish; 
- kompyuter tarjimasi muammolarini hal etish; 
- kompyuter lug‘atlari tuzish; 
- tillarga o‘qitish; 
- bilimlarni tekshirish; 
- matnlarni turli jihatdan avtomatik tahrirlash; 
- mashina tarjimasi; 
- matnni statistik tahlil qilish. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin